Hikmatlar durdonasi  ( 94233 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 25 B


Munira xonim  01 Mart 2009, 09:37:31

"Ba'zi birovlarning quloqlari Haq so'zni eshitishga kelganda igna teshigi kabi torayib,fosiq soz'lar uchun esa katta darvoza kabi ochilib ketarkan".

Tohir Malik.

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Mart 2009, 09:39:11

"Alloh taolo xuddi rizqlarni taqsimlagani kabi muhabbatini ham taqsimlagan. Bularning barchasi Allohdandir.Bas, sizlar hasaddan saqlaninglar.Zero,uning davosi yo'qdir".

Fuzayl ibn Iyoz.

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Mart 2009, 09:43:01

"Kim Allohdan qo'rqsa,Alloh barchani undan qo'rqadigan qilib qo'yadi. Kim Allohdan qo'rqmasa,Alloh uni hamma narsadan qo'rqadigan qilib qo'yadi".

Umar ibn Abdulaziz.

Qayd etilgan


Muhseena  03 Mart 2009, 16:41:04

Kimki qanoatni o'ziga kasb qilgan bo'lsa,bilki,qanoat uni boy qiladi.Oltin-kumush bilan zeb-u ziynatlarni boylik deb bilma,balki,haqiqiy boylik qanoat oltinlaridir.Qanoat oltini hech qachon yo'qolmaydi.Ana shu oltinni qo'lga kiritib,shu orqali boyishga harakat qil.Qanoat mulkidagi saroydan joy olishni mo'ljallagan odam yaxshilarning yaxshisidir.Kimki Alloh taoloning bergan ehsonidan hursand bo'lsa,bu dunyoda ham,u dunyoda ham baxtli bo'ladi.Qanoat qilgan kishining joyi izzat taxtidir.
                                           Alisher Navoiy.

Qayd etilgan


Hadija  03 Mart 2009, 17:54:46

 :as:

O'limni haqligini bila turib kulgan odamga, dunyoni o'tkinchiligini bila turib unga rag'bat qilgan odamga, hammasi qadarga bog'liqligini bila turib o'tgan ishga g'am chekkan kishiga, ohiratda hisob-kitob muqarrarligini bila turib mol to'plagan kishiga, do'zahni bila turib gunoh qilgan kishiga, Allohni haqligini bila turib boshqa kishilarni nomini zikr qilgan kishiga, jannatni bila turib dunyodan rohatlangan kishiga va shaytonni dushmanligini bila turib unga itoat qilgan kishiga ajablanaman va achinaman.
Usmon ibn Affon r.a.


"O'limdan keyin boshqa ma'ruzaning keragi yo'q!"
Hasan Basriy...


Sizlar xohlagancha ilm o‘rganaveringlar. Allohga qasamki, amal qilmaguningizcha Alloh sizlarga uning uchun ajr bermaydi. Ahmoqlar himmati rivoyat qilish, ulamolar himmati rioya qilishdir.
Hasan Basriy


Qayd etilgan


Hadija  03 Mart 2009, 18:01:50

Hushu'siz o'qilgan namozda, bekorchi so'zlardan tiyilmay tutilgan ro'zada, tafakkursiz o'qilgan qiroatda, parhezsiz ilmda, ehson qilinmagan molda, bir-birini himoya qilinmagan birodarchilikda, doimiy bo'lgan ne'matda, ihlossiz qilingan duoda hech qanday yahshilik hayr yo'qdir.
Ali ibn Abu Tolib r.a.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Mart 2009, 19:50:23

Assalamu alaykum.
"Muhtojga bir tanga qarz berish ming tangani sadaqa qilishdan yaxshiroqdir".

Abdulloh ibn Muborak.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Mart 2009, 19:51:58

"Bir millatda ishonchli kishilar kamaysa,dinini sotib dunyo yig'adiganlar ko'paysa, u millat orasida FITNA bolalaydi".

Abdulloh ibn Mas'ud.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Mart 2009, 19:52:59

"Harom yeydigan kishini tana a'zolari xohlasa-xohlamasa gunohga boraveradi. halol yeydigan odamniki toatga".

Abdulloh Tustariy.

Qayd etilgan


Hadija  05 Mart 2009, 19:32:47


Аафсимиз бизларни ёмон нарсаларга буюради. Биз унга қулоқ солдикми, тамом, нафсимиз қулига айландик. Ҳақнинг қули смас, нафсимизнинг қули бслдик. Аллоҳ барчамизни шу қулликдан асрасин.

* * *

Муҳаббатсиз қалб — тош қалбдир. Тангрим тош қалбларга зинҳор назар солмас. Шунга ксра қалбимиз уйини Аллоҳга бслган ишқимиз билан тузатмоғимиз жоиз. Инсон вайрона қалбини фақат муҳаббат билангина обод стмоғи мумкин.

* * *

Шоирлар аёллар ҳақида ксп гапиришади. «Аёл — баҳор», «Аёл — севги» каби гапларни ксп сшитамиз. Лекин нима учундир ҳеч ким «Аёл — ИАСОА» демайди. Аима, аёл — инсон смасми? Аки бу таъбир қофисга схши тушмасмикин?

* * *

Байрам тамошаларида қизлар беқасам чопонни чапаничасига кийиб олиб, рақсга тушишади. Биз бу манзарани тез-тез ксриб, ксникиб қолганмиз. Лекин хорижликлар бу тамошаларни ксриб, «Ўзбекларнинг чопон кийишга лаёқатли, белида белбоғи бор йигитлари қолмабди-да, а?» дейишмасмикин?

* * *

Ксп билмоқлик ва билимини ксз-ксз қилиб кибрланмаслик — маънавий юксакликдир. Кам билмоқлик ва сзни билимдон қилиб ксрсатмоқлик — хасталикдир. Бу хасталикни англасаккина ундан қутула олмоғимиз мумкин.

* * *

Масъудликка ксникмайлик ва маҳлиё бслмайлик, чунки у сткинчидир, боқий смасдир. «Ким масъуддир — ундан ажралмоқликни сргансин, ким бахтлидир — қайғурмоқликни сргансин», деган сканлар.

* * *
Tohir Malik "Iymonlashuv umidi"dan, parcha...

Qayd etilgan