GULXAYRINING XOSIYATI
Gulxayri - gulxayridoshlar oilasiga mansub ko'p yillik o'simlik.Tibbiyotda gulxayrining ikki turi:
Dorivor gulxayri va Arman gulxayrisi ishlatiladi. G'arbiy Sibir, Kavkaz, O'rta Osiyo va Qozog'iston
to'qayzorlarida, suv bo'ylarida va boshqa nam erlarda o'sadi.
Tibbiyotda ildizi ishlatiladi. Uning tarkibida ko'p miqdorda shilliq moddalar, kraxmal, pektin va boshqa moddalar bor. Ildizining preparatlari (kukuni, damlamasi, quruq ekstrakti, sharbati) va mukaltin balg'am ko'chiruvchi, yumshatuvchi, qoplab oluvchi va yallig'lanishga qarshi vosita sifatida
nafas olish yo'llari shamollashi hamda me'da-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Gulxayri badandagi chipqon, har xil yaralarni pishiradi hamda yorilishini tezlashtiradi, yot moddalar
harakatini to'xtatadi, badanning boshqa joylaridan chiqishi, bo'g'im va tomirlarga ta'sir qilishiga yo'l
qo'ymaydi. Gulining shifobaxshligi unchalik zo'r bo'lmasa-da, urug'i, poyasi, bargi juda foydali bo'lib, ko'p dardlarni daf etadi.
Gulxayrini suvda qaynatib, shu suv bilan bosh yuvilsa, sochni ipakdek mayin qiladi. Agar shu suvni vanna yoki tog'oraga solib o'tirilsa, orqa teshik va yo'g'on ichakdagi shishlarni davolashda yordam
beradi. Ulug' hakim Abu Ali ibn Sino hazratlar gulxayrining xosiyatlari haqida shunday deydilar:
"Yumshatish- pishirish, bo'shashtirish va shimdirish xususiyatlari bor, urug' va ildizlari quvvatda uning o'zidan kuchliroq, quritishi ko'proq va o'zi latifroq. U ayniqsa o'rdak yog'i bilan qo'shib ishlatilsa, bo'g'imlardagi og'riqni bosadi, uni qo'yib bog'lansa,quloq bezlaridagi shishlarga foyda beradi. Ildizining qaynatmasi ichilganda siyishdagi achishishlar hamda ichaklarning achishishlariga foyda qiladi".
Xalq tabobatida gulxayri ildizidan tayyorlangan damlama me'da va
o'n ikki barmoq ichak yarasi kasalligida qo'llaniladi. Damlama tayyorlash uchun gulxayri ildizidan
4choyqoshiq maydalab idishga solinadi, ustiga
2 stakan qaynatib suvitiligan suv quyiladi, 8 soatga
olib qo'yiladi. Suzib olinganch,kuniga
3-4 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.
Qovuqdagi og'riqni qoldirish uchun ham gulxayri damlamasidan foydalanish mumkin. Buning uchun
o'simlikning maydalangan gullari,barglari yoki shoxlaridan bir osh qoshiq solinadi,
2 soat damlab
qo'yiladi. Dokadan suzilib, ozgina shakar qo'shiladi-da, kuniga
3-4 mahal 1-2 oshqoshiqdan ichiladi.
NAZOKAT tayyorladi.
Manba