Assalomu Alaykum.
Bugun boshqa Islomiy o'lkalar qatori bizda - O'zbekistonda ham turli xil qabrlarga borib, ziyorat qilish, ulardan madad so'rash, farzand tilash, ularga atab qurbonliklar qilish va hattoki sig'inishga o'xshash holatlar ko'payib ketgan. Har bir viloyatda bu kabi joylar istagancha topiladi.
Biz bu qabrlarda yotgan kishilar avliyo, olim va fozil kishilar bo'lganini inkor etmaymiz. Lekin ularning jonsiz madadiga sig'inishga o'xshash amallar shari'atimizda qat'iy ma'n etilgan, ya'ni harom amallardir.
Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi:
"Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan besh kun oldin shunday degan edilar: "Diqqatli bo'ling, sizdan avvalgilar payg'ambarlarining qabrlarini masjid qilib olishardi. Ehtiyot bo'ling, qabrlarni masjid qilib olmang. Sizga bunaday qilishni ma'n qilaman". (Yusuf Qarzoviy, "Tavhidning haqiqati". 54-bet.)
Hurmatli forumdoshlar mana shunday dinimiz uchun zararli bid'at va shirk amallarning oldini olish va bugun avj olganlariga barham berish uchun nimalar qilish kerak deb o'ylaysiz?