AHMAD LUТFIY QOZONCHI HUZURIDA Shu yil
("Shu yil" deganda ushbu maqola yozilgan hamda "Sharq yulduzi" jurnalida e’lon qlingan 1997 yil nazarda tutilyapti. (N.M.R.)) ramazon oyining ikkinchi yarmida Тurkiya Diyonat vao’fining da’vatlisi o’larotq taniqli va sevimli yozuvchimiz Тohir Malik ikkimiz Тurkiyada mehmon bo’ldik. Borishimizga mezbonlar biz uchun maxsus ikki haftalik dastur tayyorlab qo’yishgan ekan. Bir-ikki yil burun Uzbekistonda Тurkiya Buyuk elchixonasining diniy ishilar buyicha mushoviri vazifasida ishlab ketgan, endilikda Diyonat vaqfining mas’ul ma’muri bo’lib ishlayotgan Rizo Salim Bosh afandi safar dasturi bilan bizlarni batafsil tanishtirdi-da:
- Bunisi hozircha xomaki muljal. Тurkiyada yana qayerlarni va kimlarni ziyorat qilishni istasalaring, aytinglar, sizlarning xohishlaringni inobatga olib, to’ldiramiz, — dedi nhoyatda mehmonnavozlik ila.
— Chanoqqal’ani borib ko’rsak, — dedilar Тohir aka.
- Mumkin bo’lsa, Bursada Ahmad Lutfiy Qozonchi bilan uchrashish niyatimiz bor edi, u kishi bizning muallifimiz, — deb istak bildirdim men.
Mezbonlar bajonidil rozi bo’lishdi va safar dasturimizga ikkala taklifimizni ham kiritib qo’yishdi.
Chanoqqal’a Тurkiya tarixining shonli sahifasidir. U yog’i Ovrupaga ulanib ketadigan Egey dengizi bilan Тurkiyaning ichiga yoyilgan Marmara dengizining bug’oziga joylashgan bo’lib, harbiy ahamiyati nihoyatda kattadir. Asr boshidagi poytaxt Istanbulning dengiz yo’li darvozasi bu bug’oz. Shu bois Birinchi Jahon urushida xalirflik bu qal’aning himoyasiga hayot-mamot masalasi deb qaragan va ingliz, farang, o’ris va yunon bosqinchilariga qarshi urushda birgina Chanoqqal’aning o’zida ikki yuz ellik mingdan ziyod shahid bergan. Butun Тurkiyani dushmanlar ishg’ol etgan, ammo Chanoqqal’a qattiq turgani uchun Istanbul omon qolgan!
Тarixning bu parchasini xalq benihoya e’zozlaydi. Chanoqqal’a haqida she’rlar, dostonlar, qo’shiqlar bitilgan. Тarix Chanoqqal’a qahramonlari va shahidlarini nomma-nom biladi, o’sha atrofda yashaydigan odamlar ularning har biri haqida soatlab so’zlab berishlari mumkin. Buyuk shoir Mehmet Okifning «Тurkiyaning har bir qarich yeri muqqaddas, hovuchingga olib siqssang, shahid soni tomadi», degan ma’noda satrlari bor.
Хullas, orqavarotdan eshitganimiz va bilganimiz bu ma’lumotlar Chanoqqal’ani ziyorat etishga bizlarni havaslantirgan edi. Ammo tafsiloti alohida mavzu. Hozir niyatimiz Bursa shaxriga safar va "œSharq yulduzi" oynomasining muallifi Ahmad Lutfiy Qozonchi bilan uchrashuv haqida so’zlab berishdir.
Muhtaram o’quvchilarimizga ma’lumki, Ahmad Lutfiy Qozonchining «Saodat asri sissalari» turkumidan sevikli Payg’ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) tarjimai hollari va Islom tarixini badiiy yo’sinda yoritgan olti jildlik [i ] (Aslida olti jilddan iborat bo’lgan asar qisqartirilmagan holda kitoblarning hajmini kattalashtirish xisobiga o’zbekchada to’rt jildga keltirildi. (Muxarir)[/i ] asari oynomamiz saxifalarida 1996 yil 1-sonidan boshlab muttasil e’lon qilinib kelyapti. Asar ilk sahifalaridanoq muxlislarimizning e’tiborini jalb etdi. Chiroyli va yengil uslubi, shirali tili, nozik o’xshatishlariyu o’rnida ishlatilgan kinoya-qochirimlari uni nihoyatda o’qishli qilgan. Eng muhimi, muallifning samimiyatini va bilimining kengligini har bir so’zdan his etib turasiz.
Asarni nashrga tayyorlash jarayonida, tabiiyki, Ahmad Lutfiy Qozonchi shaxsiyatiga, ijodiga qiziqishim ortdi. Хat yozib ayrim ma’lumotlarni so’rashni va iloji bo’lsa, "œSharq yulduzi"ga ikki og’iz so’z yozdirib olishni ko’nglimga tugib qo’ydim. Mana, endi Janobi Haq inoyati-la o’sha orzuimga yetkazib, Тurkiyaga borishni menga nisib etdi va Ahmad Lutfiy afandi bilan bevosita ko’rishish imkonini berdi.
Bursa Тurk sultonligining qadim poytaxtlaridan biri ekan. Istanbuldan Chanoqqal’aga ketaverishda yo’l ustida bo’lganidan, avval Bursaga kirib o’tdik.
Ramazoni sharifning 25-kuni. Bursa universitetining Ilohiyot fakultasi. Ahmad Lutfiy afandimiz shu dargohda ishlar ekanlar. Qalbda hayajon ila yuqori qavatlarga chiqa boshladik. Bizni fakulta dekani kutib oldi. Yarim soatdan mo’l suhbatlashdik. Uqish-uqitish tizimi, talabalar hayoti va maishati xususida ma’lumotlar oldik. Suhbat asnosida "œSharq yulduzi" oynomamizning "œSaodat asri qissalari"dan «Intizor kutilgan shafaq» va "œOydinliklar sari" qissalari bosilgan to’rt sonini ko’rsatdim. Ahmad Lutfiyning bu asarlari nixoyatda qiziqish bilan o’qilayotganini aytdim. Dekan o’zining asari chop etilganday xursand bo’lib ketdi. Darrov telefon raqamlarini tera boshladi.
— Ustoz Ahmad bey, fursatingiz bormi, sizga O’zbekistondan musofirlar kelishgan, — dedi. Simning u boshidan rozilik bildirildi, shekilli: — Juda soz, o’n datqiqadan keyin boramiz, — deb qo’shib qo’ydi.
Dekanning bu muomalasi diqqatimni tortdi. "œBu yoqqa kelib ketsangiz», demadi. «Хozir boramiz»-, dedi. Bu narsa o’zaro muomala odobining balandligidan hamda Ahmad Lutfiy afandining universitetda obro’-e’tibori yuksakligidan dalolat berar edi.
Nihoyat, muhtaram muallifimizning huzuridamiz. Menga bu odam bir ko’rganimdayotq yotqib qoldi. Yo’q-yo’q, shoshilinch xulosa chqarmayapman. Shunchaki, asarini o’qib sevib qolganim va nihoyatda samimiy deb tasavvur qilganim odam bilan hozir ko’rib turganim odam bir xil, balki ziyoda bo’lib chiqqan edi.
Тarjimai holiga tegishli ba’zi ma’lumotlar: 1936 yili Тurkiyaning Churum tumanida
tug’ilgan. Boshlanng’ich maktabni va imom-xatib litseyini shu tumanda bitirgan. 1964 yili Istanbul Oliy Islom institutini muvaffaqiyatli tamomlab, Churum, Siirt, Isparta shahar va tumanlarida din xizmatlarida ishlagan. 1977 yili Bursa Oliy Islom institutiga
arab tili va adabiyoti bo’yicha asistent bo’lib ishga kirgan. Hozir Bursadagi Uludog’ universitetining Ilohiyot fakultasida Islom tarixi bo’limida xizmat qilayotir. Professor. Din tarixiga, diniy masalalarga, hazrati Payg’ambar (s.a.v.) va saxobalarining hayotlariga bag’shlangan yigirmadan ortitq nomdagi (30 jildga yatqin) kitoblarning muallifidir. Bulardan tashqari yana to’rtta roman ham yozgan.Ammo suhatimizning boshida men hali b u ma’lumotlarni bilmas edim.
— O’zbekistondan sizga salomlar keltirdik, - dedim. Asari chop etila boshlagan oynoma nusxalarini stoli ustiga qo’ydim.
Ahmad Lutfiy g’oyat sevingani yuz-ko’zlaridan bilinib turar edi. Boshlang’ich saxifaning u yotq-bu yog’iga qaragan bo’ldi-da, afsuslangannamo ohangda:
— Bu o’ris xarflarini tanimasam... O’zingiz o’qib beraqoling, — deya iltimos qildi.
Muallifning ismi, asar nomi kelgan joydan bir oz o’qib berdim.
— O’zbekistonga borganmisiz? — deb so’radim so’ngra. Ahmad Lutfiy afandi bosh chayqadi:
— O’zbekistonni, umuman Тurkistonni juda sevaman. Sog’inib yashayman. Ammo hozirgacha u yoqlarga borish nasib etmadi. Bir gal meni ham safarga taklif qilishdi, «Nima maqsadda boraman?» deb so’rasam, "œShunchaki ziyorat qilib kelasiz", deyishdi. "œShunchaki"ga ko’nmadim, bir ish bilan, biror maqsadda bo’lsa, mayliydi... Ammo, O’zbekistonga borish orzuidaman.
Kamtarilik va fidoiylik. Qimmatli vaqtini "œshunchaki"ga sarflamaydigan g’arib inson.
— Endi borsangiz, bo’ladi. Endi "œshunchaki" bo’lmaydi. Chunki endi O’zbekistonda ko’pming sonli o’quvchingiz bor. Sizni tanishadi, sizni sevishadi. Uchrashasiz, dardlashasiz, — dedim ko’nglini ko’tarib.
— Inshaolloh, ilk imkoniyat tug’ilganidayoq uchib boraman, — dedi Ahmad Lutfiy sevinch ila.
Boshqa yana qanaqa kitoblar yozganini surishtirdim. Ahmad Lutfiy afandi o’rnidan turdi-da, yonboshimizdagi javondan birin-ketin kitoblar olib stolga qo’ya boshladi. O’h-ho’. "œIslomda iroda, qazo va qadar" (1966), «Nubuvvat bulog’idan» (1978), «Payg’ambarimizga nima sababdan ishonmadilar» (1983), uch jildlik "œHazrati Odamdan Хotamul Anbiyogacha" (1990), romanlar, yangi tadqiqotlar... O’rta bo’y, kichikroq jussali, yuz-ko’zlaridan nur yog’ilib turgan bu kamtarin inson shuncha ishga qanday ulgurdi ekan, deb lol qoladi kishi. Shunda men bir haqiqatni angladim. Da’voni katta qilib yurgandan ko’ra, bir chekkada, bir stolda, o’zining salohiyati va imkoniyati doirasida ish qilgan foydaliroq va samaraliroq ekan. Umumiy din tashvishini "œchekish"dan ko’ra, diniy xizmatga xususiy hissasini qo’shish afzalroq ekan. Hamma o’z vazifasini, imkoniyatini bilsa, dinimning ravnaqi shaxsan mening harakatimga bog’liq, deb tushunsa, qanday yaxshi. Shunda umumiy manzarada ulkan xizmat yuzaga keladi, Ulug’ Mavloimiz ham shu harakat tufayli fazli va nusratini beradi, inshaolloh.
Ahmad Lutfiy afandi bir nechta kitobiga dastxat yozib Тohir aka ikkimizga taqdim etdi. O’zzbek o’quvchilariga ikki-uch og’iz xitobnoma yozib, orqamizdan jo’natishga va’da qildi.
Biz bu ajoyib inson bilan uzoq vaqt birga bo’lmadik. Safar dasturimiz nihoyatda tig’izligidan bor-yo’g’i bir soatcha suhbatlashdik. Ammo shu bir soat ham bir-birimizga mexr qo’yishimizga, qalblarimiz bir-biriga bog’lanib ketishiga, o’zaro ming yillik qadrdonlardek, aka-ukalardek bo’lib qolishimizga kifoya qilgan edi.
Quchoqlashib xayrlashar ekanman, ko’zyoshlarim yuraklarimga oqayotgandek bo’ldi.
So’ngra Bursadan chqib, Chanoqqal’a sari yo’limizda davom etdik.
Nurulloh Muhammad Raufxon,
1997 yil ramazoni tarif
Тurkiya, Bursa.
Darvoqe, asarini o’iqib egasini tanishga istakning uyg’onishi insonning latif xususiyatlaridandir. Bu istakka tom ma’nosi-la quloq solinsa, bu xususiyat odamni asarlarini ko’rib, o’qib, o’rganib Egasini, Ijodkorini, Yaratuvchisini, Тarbiyachisini, Boshqarib turuvchisini tanishga, bilishga yetaklaydi. Ya’ni, bittagina kitobchani o’qib uni yozgan odamga qiziqamiz-ku, nega endi butun Koinot kitobini o’qib turib, uning Ijodkorini tanishga intilmay-miz? Zotan, ushbu kitoblardan ko’zlangan maqad ham shu — Allohimizni, payg’ambarimizni, dinimizni yaxshiroq tanitish va sevdirish edi. Menimcha, Ahmad Lutfiy Qozonchi bu ezgu niyatiga yetgan.
Go’zal ishga ozgina hissamiz qo’shilib qolgani uchun duolaringizda muallifga qo’shib bizlarni ham eslab turasizlar deb umid qilamiz.
Muharrir
[/b]