Haq taolo irodasining asari avval Arshda paydo bo‘lur. Andin o‘zga joylarga yetar. Chunonchi, badanning vujudida jismi latifdurkim, ruhi hayvoniy ot qo‘ydiq, dilning tomirlaridin bu asarni dimog‘iga yetkurur. Munga o‘xshash Haq taolo irodasining asarini Arshdin Kursiga yetkuradurg‘on javhari latiflar bordurkim, ani farishta atarlar. Va ruhlar ham derlar. Va ruhul quddus ham atarlar. Chunonchi, bandaning irodasi asari dildin dimog‘ga yetarkim, dimog‘ dilning xazinadoridur. Munga o‘xshash, Haq subhonahu va taoloning iroda sifatining asari Arshdin Kursiga yetarkim, Kursi quyida, Arshning ostidadur. Chunonchi, badanning qilur fe’lining suvrati dimog‘ xazinasining avvalgi tabaqasida paydo bo‘lur. Andin keyin xorijda suvratg‘a kelur. Munga o‘xshash ham nimarsaki olamda mavjud bo‘lib, andin keyin ul nimarsa olam ichida mavjud bo‘lur. Chunonchi, dimog‘dagi quvvati latif paylarni junbushg‘a keltirur. Munga o‘xshash, Haq taoloning Arshu Kursiga muakkal farishtalari bordurkim, osmok va sitoralarni (yulduzlarni) junbushga keltirur. Va dimog‘dagi quvvatni, pay va tomirlar vositasi birla barmoqlarni harakatga keltirgandek, farishta muakkal kavokib (yulduzlar) vositasi va soat robitasi (aloqa) birla olami sifliy chahor tab’ anosirni (to‘rt unsur - suv, tuproq, o‘t, havo) harakatga keltirur. Ya’ni harorat, rutubat (ho‘llik) va yubusat (quruqlik) va burudat (sovuqlik)dur.
Chunonchi, qalam siyohni parokanda qilur va jam’ qilur, toki «Bismilloh» suvrati qog‘ozda naqsh bog‘lagay. Munga o‘xshash farishtai muakkallar harorat va burudat, anosiri arba’ani (to‘rt unsurni) harakatga keltirur. Qog‘oz siyoxni qabul qilg‘onga o‘xshash, ansori arba’aning rutubati shaklni qabul qilgusidur. Yubusat, ya’ni qurug‘luq ul shaklni saqlag‘uvchmdur. Charoki, agar rutubat bo‘lmasa shakl paydo bo‘lmas. Ag‘ar yubusat bo‘lmasa shakl to‘xtamas. Chunonchi, qalam barmoqlar madadidin harakatga kelib, o‘z ishini tamom aylab, «Bismilloh» suvrati xazinai xayoldagi naqshga muvofiq hislar yordami birla qog‘ozda suvrat bog‘ladi. Munga o‘xshash anosiri arba’adin harorat va burudat harakatga kelib, faryshtai muakkallar yordami birla jonzot, o‘simlik, balki tamomiy mavjudot suvrati Lavhul mahfuzdagi suvratga muvofiq jahon maydonida jilvaga kelur. Chunonchi, bandaning qilur ishlari avval dilda paydo bo‘lur. Odam kori dilni orasta qilsa, badan mamlakati tadbirini xo‘bluq birla qilur. Munga o‘xshash, hazrati Haq taolo Arshni xalq qilug‘uvchi va Arshga g‘olibdurkim, hamma qudrati komilasi birla Arshni barpo aylab, olam mamlakati tadbirini qilg‘uvchidur.
Summastavo ala-l-Arshi yudabbirul-amra. (Yunus, 3).
Ya’ni, hazrati Haq taolo Arshga g‘olibdur. Hamma olam mamlakatining tadbirini qilg‘uvchidur. Bilg‘ilki, bu mazkur bo‘lg‘on hammasi haqiqatdurkim, ahli haqiqatga kashfi zohir birla ma’lum bo‘libdur.