Hurmatli forumdoshlar, kunlar sovib qolgani boismi, yoki vaqtni tig'izligi sababmi koptok tepishga unchalik vaqt bo'lmayapti chog'i.. Endi yaxshigina yo'lga qo'yilgandi koptok tepishlar.
Hullas, bir taklif bor, bunda koptok tepishni hush ko'rmaydiganlayam ishtirok etishimi mumkin, yoki boshqa viloyatdagilar ham yoki chet eldagilar ham..
Forumdoshlar aro, shahmat yoki shashka o'tkazilishini nima deysizlar? Aslida bunday turnir boshqa porumlada tez tez o'tkazilib turiladi..
Albatta, shaxmat doskasini choyhonaga ko'tarib kelish shartmas, qiziquvchi va hohlovchilar, mail.rudami, agentdami, yahoodami hullas mana shunday onlineda o'ynash mumkin bo'lgan sitelarda o'zaro shahmat o'ynashlari mumkin... Ha, deb conferenceda off top qivurmasdan
Kimda qanday taklif va e'tirozlar bor?