O'zim duhovkada tayyorlagan oddiy non.Hamiriga:1kosa iliq sut,tuz,drojja,1ta tuhumni oqi,sarig'i(ustiga surish uchun,un
2kosacha unga+drojja(1 ch.q.)+tuz+tuhum oqi solib ustidan 1 kosacha iliq sut quyilib o'rtacha yumshoqlikda hamir qoriladi.Agar un kamlik qilsa yana qo'shish mumkin.
Keyin hamir usti kleyonka bilan o'rab,yana qalinroq biror narsaga o'rab qo'yiladi.2-3 soatdan keyin hamir yaxshi ko'pchiganidan so'ng hoxlagan usulingizda yasab,ustiga tuhum sarig'i surib,pishirasiz.
Man buni elektr gazli duhovkada pishirdim.Avval 400*ga quydim va faqat ustini qizdiradigan holatga quydim,hamir ishib,sal qizaradigan holga kelgandan keyin 300*ga qo'yib,faqat pastini qizdiradigan holatga qo'ydim.5 min.lardan keyin(tagi ham qizargach)yana usti qizdiradigan holga qo'ydimda qizartirguncha turdi.
Judayam shirin va yumshoq chiqdi.Va rosa tez pishdi.
Eslatma:nonni qo'lda yasadim.hech qanday tahtali juva ishlatmadim.