Haqiqiy yakkaxudolik, har doimgiday, realizmni taqozo etadi. Erkaklar, biologik nuqtai nazardan, ayollari ko‘p bo‘lishini istaydigan qilib yaratilgan, keskin gen injeneriyasi ishlarini amalga oshirgan taqdirimizda ham ular shu holicha qolaveradi. Zamonaviy G'arb jamiyatida bo‘lgani kabi, agar erkak kishi bir vaqtning o‘zida ikki xotinli bo‘lsa, ulardan biri qonuniy huquqlardan va ijtimoiy maqomidan mahrum bo‘lib qolaveradi. Yoki shariatda bo‘lgani kabi, erkak ularning ikkalasini ham qonuniy xotin sifatida tan olishi mumkin. Musulmonlar G'arbda murosaga asoslangan, ruxsat etilgan va hatto jangarilarcha himoya qilinadigan erkakning erkak va ayolning ayol bilan bilan bo‘ladigan bunday munosabatlariga oid kelishuvlarni bema'ni deb biladi: murosaviy ménage a trois[192] hozirgacha g‘ayriaxloqiy deb qaraladi. Bu viktorian etikasining so‘nggi sarqitimi? Aslida, zamonaviy G'arb qonunchiligi uchun ménage a trois juda maqbul holdir, negaki, uning a'zolari «gunoh» bilan yashab, nikoh qurishni xayollariga ham keltirmaydi. Bunday vaziyatning bema'niligi izoh ham talab etmaydi.
Shariatning ushbu mavzumizga yorqin misol tariqasida eslashimiz mumkin bo‘lgan, musulmon jamiyatlari mutlaqo esidan chiqarib yubormagan boshqa jihatlari ham bor. Qonun joriy etuvchi egam ikkala jins mansub olamlar yo‘llarining o‘zaro kesishuvini ba'zan ayollar, ba'zan esa erkaklar huquqlari sifatida belgilab qo‘ygan; haqiqiy musulmon jamiyatlari aksariyat hollarda ilgarigi xususiyatlarga e'tibor bermaydi. Ko‘pincha huquqshunoslar matnlarni turlicha talqin qiladi. Masalan, kundalik uy ishlari ichki do‘stona munosabatlarning bir jihati sifatida namoyon bo‘ladi, ammo bu holni faqat ayollar makoniga xos deyish qiyin, chunki bular ayrim mazhablar, jumladan, shofiiya mazhabi tomonidan ayoldan ko‘ra erkakning vazifasi deb qaraladi. Oyishadan Rasulullohning vafotlaridan so‘ng, ul zot uyda salotdan bo‘sh vaqtlarida nima bilan mashg‘ul bo‘lar edi, deb so‘ralganida, u: «Ul zot oilasiga xizmat qilar edi: uyni supirar va kiyimlarni tikar edi», deb javob bergan[193]. Shofiiya mazhabi faqihlari shunga asoslanib, ayollarning uy ishlarini bajarmasliklariga oid huquqini himoya qiladi. Masalan, 14-asrda yashab o‘tgan suriyalik faqih Ibn an-Naqib: "Ayolning vazifasiga non yopish, un tortish, ovqat pishirish, yuvish yoki boshqa ishlarni bajarib eriga xizmat qilish kirmaydi, chunki nikoh shartnomasiga ko‘ra, u eriga faqat o‘zining jinsiy ehtiyojini qondirish uchun ruxsat berishi qayd etilgan, uning boshqa qiladigan majburiyati yo‘q"[194], deb aytadi.