forum.ziyouz.comni bir qop bodroga o'xshataman, hajmi katta, ichidagilar juda yengil va to'yimli emas, hamda ancha vaqtni ham oladi. Bodroqlarni sekin asta yong'oqqa almashtirish mumkin. Bu esa har bir userga bog'liq. Ya'ni bu yerga masalan, yangi mavzu qo'yayotganlar odamlar hayoti va oxirati uchun foydali bo'lgan qisqa va serma'no narsalarni qo'yishi (duch kelgan safsatalarni emas) lozim. Fikr bildiruvchilar esa jiddiy va foydali fikri bo'lsagina qisqa holda bayon etishi kerak bo'ladi. Shundagina vaqt ham zavol bo'lmaydi, odam nimanidur olib o'rganib ketadi va hokazo. Maqsad "To'ldirish" emas, "Foydali Bo'lish" bo'lishi kerak.
Hmmm haqiqat biroz achchiqrog' -uu lekin forum ohirgi paytlarda avvalgi ZIYO emas :3 Hozir ilgargi vaqtlardagidek ilm makoni emas :2 Yengil postlar ,ma'nosiz fikr bildirishlar kop. Islom bo'limida fatvo va hukm berish mujtahidni ishi lekin forumni kuzatgan odam hamma o'zini mujtahid hisoblaydimi deb o'ylanib qoladi :2 :2
Assalomu alaykum!
Men bu mavzuga anchadan buyon javob bermay yurgan edim. Sababi yaqinda a'zo bo'lib, Forum menga bergan yoki men Forumga bergan(!) narsalarni sanash qiyin edi!
Lekin bugun shu mavzuga javob berishga ahd qildim. Chunki bugun Ziyouz.com Forumiga a'zo bo'lganimga 77 kun bo'ldi.
Menga Forum quyidagilarni berdi:
1. "Dunyoda har bir daqiqani ilm olish, ziyo izlash uchun saflash lozim. Bekorchidan xudo bezor! Qilayotgan har bir ishing kimgadir foyda keltirsin. O'shanda sen ham foyda olasan" degan aqidani o'rgandim
2. 77 kunlik a'zolik muddatim davomida 77 dan ortiq do'stlar orttirdim. Ham vertual, ham real.
3. O'zim o'rganmagan, bilmagan, eshitmagan, ko'rmagan, o'qimagan....xullas bilimim ancha oshdi. Ilm o'rgandim!
4. Ahloq-odob, islom, iymon, tarbiya kabi masalalarda oqsoq joylarimni to'ldirdim. Gapimni har doim "Assalomu alaykum" so'zi bilan boshlaydigan bo'ldim.
5. Turli xil: dolzarb, muammoviy, qiziqarli, zarur - mavzular bo'yicha fikr almashdim. Qolganlarning ham fikri qanaqaligini, boshqa insonlarning dunyoqarishini o'rgandim. Buning asosi yana ilmga(!) borib taqaladi.
6. Hayotiy tajribali birodarlarimizning hayot falsafasi bilan yo'g'rilgan fikrlar ummonida suzdim va o'z yo'nalishimni saodat sohili tomon o'zgartirdim. Qirg'oqqa qachon yetaman: bu yolg'iz Allohga ayon.
7. Moderatorlik "mansab"iga ega bo'ldim. :7
Forumning barcha a'zolariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Administratordan tortib Newbie larga: hamma-hammaga!
Alloh o'ylagan barcha ezgu niyatlaringizni ijobat qilsin!
Hurmat bilan....
Mehmon 16:12:15 А егистрируетсс на форуме.
Har gal shu yozuvni ko'rganimda forum mehmonidan a'zosiga aylanayotgan forumdoshlarim uchun xursand bo'laman. Sababi, ushbu forumga a'zo bo'lib ular faqat foyda olishadi.
Forum.ziyouz.com saytiga xush kelibsizlar, aziz forumdoshlar!
Forum.ziyouz.com - meni ilm olish sari yetakladi. Yangi do'stlar orttirdim. Oxirgi paytda boshqa forumlarga kirishda kamnamo bo'lib qolganman. Forum.ziyouz.com meni o'ziga ohanrabo singari jalb etgan.
Ziyouz men uch hech narsa...
Ayni paytda hamma narsa... :)
Ziyouz men uch hech narsa...
Ayni paytda hamma narsa... :)
"Muqaddas zamin" filmidan ko'chirma bo'ptiyu-a? : )
(http://ziyouz.com/images/stories/cards/zamin.jpg)
foum.ziyouz.com----waqtimni o'girlaydi,forummaniyaga yo'liqtirdi, yomon ko'raman (jahlichiqqansmaylik qayerdaydi?)
Inson yuragini SEVGI atalmish shirin dard uning umri davomida atigi bir marotaba butunlay egallab oladi.
Forum menga nima berdi?
Forum menga nima berdi?Inson yuragini SEVGI atalmish shirin dard uning umri davomida atigi bir marotaba butunlay egallab oladi.
Mening yuragimni shu tarzda butunlay egallab ketgan Sevgi menga aytmoqchi bo'lgan gaplarini mana shu forumda sochib ketgan edi. O'sha gaplarni bittalab terib chiqib, keyin bu forumdan chiqib ketgan ekanman bir vaqtlar...
Shu tarafdan ham ushbu forumning men uchun qadri katta.
:as:
Bu forum menga juda ko'p narsa berdi. Alhamdulilah.
Dunyoqarashim kengaydi, turli xil odamlarni fe'llari bilan tanishdim. Gohida lol qoldim, gohida hayron. Gohida asabim buzildi, gohida xursand bo'ldim.
Ko'plab ilmlarni olishga, ayblarimni bilishga, o'zimni isloh qilishga, tafakkurga o'rgatdi bu forum.
Endi esa bu forum bilan xayrlashish vaqti yetdi, menimcha.
Abdulaziz, Shoir,Imlaah, Diydor, Saltanat,Salmon Forsiy! Sizlardan Alloh rozi bo'lsin. Sizlardan juda ko'p narsa o'rgandim. Ba'zan xato qilgan bo'lsam, ko'ngillaringizga og'ir botadigan gap qilgan bo'lsam uzr so'rayman. Rozi bo'lasizlar degan umiddaman. Qiyomatga qoladigan hisob kitoblarimiz oramizda yo'q deb bilaman.
Muhammad Sohib,Kapalak,ChehMik, Y_u_r_i_s_t,Chustiy,Jamshidjon,lolo,Muhseena. Agar bilib bilmay, (gunohkor va xatokor bandaman) sizlarga ozor bergan bo'lsam, sizlardan uzr so'rayman. Rozi bo'linglar. Buni evaziga Alloh sizlarni Jannat bilan mukofatlasin.
Va boshqa hamma forumdoshlardan ham yaxshi yomon gaplarim uchun uzr so'rayman. Barcha gapirgan gaplari uchun rozi bo'linglar.
Alloh barcha forum ahliga ikki dunyo baxtini, saodatini,haqiqiy taqvoni, xolislikni nasib qilsin!!!
Qilayotgan har bir ishingiz faqat va faqat Alloh roziligiga erishtiradigan maqbul amallardan bo'lsin!!!
Haq gapni ayta oladigan, birodarini haqqini himoya qila oladigan ilm, amal va taqvo nasib qilsin!!! Amiyn.
Barchangiz Allohni panohida bo'linglar. Uylanmagan va turmushga chiqmagan muslim va muslimalarga Alloh haqiqiy ISLOMiy oilani beyi va bekasi bo'lishlikni, oilalik bo'lganlarga esa tinchlik totuvlik nasib etsin. Barchangizga Alloh taolo solih va soliha, Dini Islomga Xolislik bilan xizmat qiluvchi insonlarga ota-ona bo'lishlik baxtini nasib qilsin!!! Amiyn.
A'zo bo'lganimdan buyon faqat kuzataman. Alloh davomli qilsin aancha tinch forum ekan.
Ziyouz yahshi forum ko'z tegmasin ayni yoshlarga mos...
Lekin bir narsani aytib o'tishni hohlardim... yani forumdoshlardan bitta iltimos! agar biron bir shahsni gapi(posti) yoqmadimi unga qarata kinoyali gap qilmasdan to'ri yuziga aytselar... haligandaqa moderator qani,Abdulaziz aka ko'rinmay qoldi degan gaplardi qilmasdan. azizlar yosh bola emasmiz! fikirlashda,gapirishda sal bo'lsa ham tetik fikir qilelik. bu forum bu yo narsa bu yerdagi narsa uchun asab buzarlik qilish arzimedi! ko'pchilik chetdan ham kirishadi bazilar ishdan keyin bir hordiq olay deb kiradi hazl-huzl qilishadi...v.h. hamma gapni o'zilarga to'ri qabul qivomelar ... mayli mani to'ri chunaslar degan umidtaman.
boshqa forumlardan ustunlik tomoni opqochar userlar deyarli yo'q.
Boshqa forumga kirsangiz, mavzu qolib, user tanqid qilinadi.
Asosiysi, "betayin" lardan toza :)
Ziyouz yahshi forum ko'z tegmasin ayni yoshlarga mos...
Lekin bir narsani aytib o'tishni hohlardim... yani forumdoshlardan bitta iltimos! agar biron bir shahsni gapi(posti) yoqmadimi unga qarata kinoyali gap qilmasdan to'ri yuziga aytselar... haligandaqa moderator qani,Abdulaziz aka ko'rinmay qoldi degan gaplardi qilmasdan. azizlar yosh bola emasmiz! fikirlashda,gapirishda sal bo'lsa ham tetik fikir qilelik. bu forum bu yo narsa bu yerdagi narsa uchun asab buzarlik qilish arzimedi! ko'pchilik chetdan ham kirishadi bazilar ishdan keyin bir hordiq olay deb kiradi hazl-huzl qilishadi...v.h. hamma gapni o'zilarga to'ri qabul qivomelar ... mayli mani to'ri chunaslar degan umidtaman.
shu institutda adabiy tilda yozishni o'rgatishsa zo'r bo'larmidi deymanda :)
Fikrlarizga qo'shilaman.
Assalamu alaykum!
ChehMik, Muhibb menimcha ketish ma'nosida gapirmadilar a? Shunchaki o'zlarining forum va forum a'zolariga munosabatlarini bildirdilar...
Hurmatli Muhibb, Alloh Sizdan ham rozi bo'lsin, niyatlaringizdan ham afzalini bersin!
OFF.: forumdoshlarga yana bir xushxabarni yetkazib, savob olay a? ;)
Y_U_R_I_S_T bugun imtihonlarini yakunlab, institutni imtiyozli tugatibdilar. Alloh martabalarini bundan ham ziyoda qilsin!
Forum mana shunday ilmli, bilimli insonlar bilan xursandchiliklarida sherik bo'lish imkonini berdi..
Alhamdulillah! :)
Assalamu alaykum!
ChehMik, Muhibb menimcha ketish ma'nosida gapirmadilar a? Shunchaki o'zlarining forum va forum a'zolariga munosabatlarini bildirdilar...
Hurmatli Muhibb, Alloh Sizdan ham rozi bo'lsin, niyatlaringizdan ham afzalini bersin!
OFF.: forumdoshlarga yana bir xushxabarni yetkazib, savob olay a? ;)
Y_U_R_I_S_T bugun imtihonlarini yakunlab, institutni imtiyozli tugatibdilar. Alloh martabalarini bundan ham ziyoda qilsin!
Forum mana shunday ilmli, bilimli insonlar bilan xursandchiliklarida sherik bo'lish imkonini berdi..
Alhamdulillah! :)
Muhib rostanam ketishga ishora qilgan :) shunga "vidolashuv" habarini qoldirganlar :D
Bekorga, "qari o'laman deb, yosh ketaman deb qo'rqitadi" deyishmagan ekan :p
Ho' eshon qaqqa ketvos? ::)
(http://i644.photobucket.com/albums/uu163/Abdulloh90/ZiyoUZ/DSC_0073.jpg)AbdulAziz: Hech kimga bermayman seni, ZiyoUZ!!!
:as:
Forum.ziyouz.com..
Bilganlar uchun xazina. Bilmaganlar uchun esa haqiqiy afsona..
Men uchun esa... Umrimning goh mahzun, goh quvonchli damlari o'tgan maskan..
Juda ko'p dindosh birodarlarni bergan muqaddas go'sha..
Hayotimning ajralmas bo'lagiga aylangan daqiqalar...
Uning ta'rifi yo'q.. Bori ham So'zlarga sig'maydi..
U menga nimalar berdi? Juda ko'p bebaho narsalarni..
Eng asosiysi, aynan shu forumda men Uni tanidim, Uning haqiqatini angladim... U bilan rozlashdim, Unga mehr qo'ydim... O'ziga shukr..!
Qadrli forumim, 4 yoshga qadam qo'ygan qizalog'ing Senga chuqur ehtiromini bildiradi. Hamisha bor va suyukli bo'laver.. Bag'ringda o'tkazgan kunlarimga rozi bo'l...
Seni sevib qoluvchi Robiya
Ochig'i,blogimni saqlab qoliwni ilojisi buganda,nikimni uchirtirardim...
Forum borgan sari detsadlawib ketvotti man uchun...
Ha MAn ham Bu Mavzuni O'qiB Chiqib O'ylanib Qoldim,Haqiqatdan Ham Shu Paytgacha Forumda NIma Qildim Degan Savol HAyolimga Keldi...LEkiN Aynan Mana Shu ForuM Orqali MAn Chuqur O'ylashni O'rgandim,Aynan Shu ForuM Tufayli ajoyib Mo'min Brodarlarni Topdim,Aynan Shu Forum Sabab Maslahatgo'y Opalar hamda singillar Topdim..UzMuslimning gaplariga qo'shilaman. Men ham o'ylab gapirishni kechroq va ozroq bo'lsada o'rgandim.
Hurmatli Abdulaziz oka bu forumda ishtirokim sababini etkandim.Va ketish oldidan forumiz haqide tasavvurlarimmi aniq yozishni niyat qigandim.Avvalo rahmat oka bu kungi o'zbe jamiyatiga bir oyna shaklide bu forummi yuritvotkanizchun.Forum chindanam manga ustoz tariflagan jamiyatti ko'rishimga sabab bo'ldi.Chindanam bizzi halqimiz ajdodla asrab avaylagan sharaf va shonni yoqotib borvotkanga o'hshidi.Bu fikrga yanayam ishonishimga sabab faqat bu forummas Ziyouz saytide ba'zi jurnalistalani jamiyatti bu kungi holati haqide maqolalariyam hususan sizziyam bazi maqolalariz bu kungi jamiyatte insonlani o'rnidan tolu qoniqmasliyizzi bildiribdi. Hullas doktor etkallaride bizzi halqimizda o'rganishlini istashlidan ko'ra bilsa bilmasa o'rgatishliyga harisli illati kuchayibdikan.Hayotta kotta yoshlilarimiz yo ilmlili davo qivotkan oka opalarimiz hali hayotta muomala munozarada yetarli tajribaga ega bomagan yoshla minan tillashishli yo fikri yoqmadimi deme "u odobsiz o'nglanmedigan mahluq "sifatida ko'rib muomala qilishshi o'rganibdila. Tori man fikrlarimda bazi forumchi opa okala etkallaride qattuli qildim tan olaman.Amo man boshlab fikr bildirganimda birovvi shahsiyatiga o'tmadim toki mani shahiyatimga o'tishmaguncha.Oka sherla yozarkans deme sheriyatti yahshi chunas dib o'yliman.Amo na adabiyotka hurmatan va na forum admini o'laro "Aytishuv" mavzuside tutruqsiz "asarlani" na o'chirmagan va na qarshi gap etmagans .Faqat Mas'ud oka bir marta ogoh qibdila.Ken man yozdim kimgadir qattu teygan bolishi mumkin amo sheriyat yo adabiyotka bunde munosabatka befarq bo'lishli minlab baytla joylanvotkan forumda juda hayratlanarli va achinarli.Forumga kirishtan oldin forumiz haqida umuman bilmastim domlammi o'zbela haqide fikrlaridan ken man halqimizzi bu kungi holati ayni qaysi o'zbecha forumda anu his qilinadi dib sovol berganimda o'rtolarim va bazi okala sizzi forumizzi tavsiya qilishkanichun kirdim.10 soattan kop vohtim forummi avvali va hozirini o'rganishli minan o'tti.Qopol bosayam qoldirgan postlarimda haqiqat bor dib o'yliman.Bizzi halqimizda yosh bolalaga kottalani oldida gapirmi o'tirishli singdiriladi.Masalan ota yo ona biror ishta notog'ri harakat yo qaror qivotkanini ko'rgan bola bu hatoni etishi keremas.Huddiki ota onani hatosini etishli ulaga osiy bolishli dib qabul qilinadi.Oilada boshlangan bu uslub jamiyattayam shakllanadi va natijada o'svotkan yoshla man qatori bolala fikrlashtan uzolashib tayyorho'rliga odatlanib boradi.Balki jamiyatti bugungi ahvoliyam shu sababtan achinarlidir.Yosh bolamisan haq bosenam gapirma kottalaga malol kelishi mumkin.Huddi shu tizim forumizdayam hukmron ekan.Islom bo'limida juda go'zal maqola va kitobla qo'yilganakan.Amo kuzatib chiqsez hozirgi qatnashchilani juda kamligisi kirib foydalanarkan.Forumchila asosan oldi qochdi mavzulada "band" ekalla . Bu holat huddi hozirgi jamiyatte yoshlani kitob o'qishliydan ko'ra tvda serilla korishli yo kom ga bog'lanib voht otkazishiga o'hshidi..Balki shu sababdir viktorina sabab forumga kirib qogan ilmli marifatli "Muallim" okaga o'hshagan insonla forumdan uzoqlashgandurla. Forumga yengi kegan ishtirokchiga "eskilani" munosabati alohida mavzuyakan. Yani yo bizga qulo sob jimgina biz kabi serial kor yo bor serilal tugaguncha ko'chada o'ynab tur devotkan ba'zi o'zbe ota onalaga o'hshidi.(achinarlisi serialla dovomli yomg'irdan kengi qo'ziqorinde ko'payib yotgani) Man serildan ko'ra kitobbi afzalro bilaman kitob o'qimochiman digan bolaga ensa qotirib qaragande munosabat eskilaga yoqmidigan fikr egasiga albatta bo'larkan.Hulosam shuki bu forumda uzoqro yashashi va manfaat olishshi istagan inson faqat kitoblani o'qibgina biror narsaga erishadi.Huddiki hozirgi yoshla ajdodlarimiz qoldigan ma'naviy meros minan maqtanib yurganimizde.Afsus shuniyam bosa istovchila bu jamiyatta judayam kamayib borvotkani rost ekan.Endi gap bundoq bo'pti dust janoblari.
Endi mani shahsim haqida qiziqqan barchaga hurmatli forumchila qoldirgan fikrlarimga ko'ra amallarimmi tarozuga somen.Zero tanamda jonim borakan hatodan holiymasman.Yoshim sila malomat qivotkande yo talashvotkanilade holatka arzimidi.Hali g'or bolaman buni tan olaman amo o'zbekona tarzda kim nma disa sizziki maqul dibamas.Bola vohtimizdan fikrimizzi erkin etishimizga qo'yib berilgan sharoitta o'skamman. Oka opala iltimos forumdami boshqa joydami erkinro sizikidan boshqacharo fikrlidigan odammi ezg'ilashka shoshilmen. Bitta tilda hama o'z shevasida gapirgande hamani gapirish uslubiyam ovoz ohangiyam farqliliyini unutmela iltimos siladan.
Oka iltimos ketkan vohtim haqqi sizga yoqsa yoqmasa fikrlarimmi o'chirmen. Omadizzi bersin.
menda g`alati kasallik belgilari paydo bo`lgan:
internetga kirishim bilan(aslida boshqa ish bilan kirsam ham)o`z-o`zimdan forumga kirib ketyapman:))
Omin Aytganiz kelsin. :amn:menda g`alati kasallik belgilari paydo bo`lgan:
internetga kirishim bilan(aslida boshqa ish bilan kirsam ham)o`z-o`zimdan forumga kirib ketyapman:))
man ham shu kasallikka chalinib qoldim shu kunlada:))
Bu kasallikning nomi - Ziyo "kasalligi" deyiladi :)
Alomatlar: kirgan odam borki chiqib ketolmaydi, ketganlayam qaytib keluradi, xech bo'lmaganda bir ko'z tashab qo'ymasa tinch uxlolmaydi.
Sabablari hali to'liq aniqlanmagan...
nojo'ya ta'sirlari sezilmagan
tak chto, "Kasalligimiz" davomli bo'lsin! ;)
Анави ижтимоий т(қ)армоқ (однокласник, мой мир, твиттер, фейсбук, вконтакте, всетут в.х.к.)ларда сз тақдирини топганлар хақида сшитиб турибмиз, зиёузда хам шундай воқеалар бслганми? Форумдошлар оила қургани холатлар бслганми?
menda g`alati kasallik belgilari paydo bo`lgan:
internetga kirishim bilan(aslida boshqa ish bilan kirsam ham)o`z-o`zimdan forumga kirib ketyapman:))
menda g`alati kasallik belgilari paydo bo`lgan:
internetga kirishim bilan(aslida boshqa ish bilan kirsam ham)o`z-o`zimdan forumga kirib ketyapman:))
Юкумли касалликлар руйхатига киритаверинг. Манда бу нарса хронический буп колган. Кетдим десамам, бошим айланиб кеп колувураман :D
gaplariz to'ri, bu forumning ko'pchilikka foydasi tegmoqda. Chunki: Bu forumning menga ziyoni tegdi degan postni o'qimadim, ko'rmadim. Hudo hohlasa bunday bo'lmaydi ham.
internetga kirdizmi albatta ziyouz.com ga kiring bir nimali bo'p ketasiz... bu narsa sinalgan marhamat.. sevdim seni ziyouz.com
Xush kelibsiz! Xikmatillo. Forum sizga manfaatli bo'ladi, inshaalloraxmat insho Allox aytganiz kesin :)
nima bergan bosa oshaniyam ovoldi zdachisigaSabr qilib turingchi, yana berib qolar. ))
:asl3:
Ba'zilar- forum hech narsa, desa yig'lagim keladi-da...
Men shu forumdagi opa-singillarim, aka-ukalarimni duoalarini duolari sabab Hijobga kirdim, ilgariyam o'ylab yurardim, lekin hech o'zimda kuch topa olmasdim...
Alloh sizlardan rozi bo'lsin...
Eskilarni eslab o'sha damlarni sog'indim: mutaallimah, Imlaah, saltanat, Muslima.bgm, Muni xonim (ko'p ko'rishib gaplashib tursakda forumdagi o'rnilari bilinadi albatta), Munavvara, Hadija, Muzayyana, lolo, Robiya, Muslima, Muhseena, G_u_l_i, siddiqa, Zamiraxon, Afifaxon, Kumushbibi, Feruzabegim, Maknuna, Laylo, mis_shoira, Rukhiya, Shahina, Nodi, Fatima, Odila, Odina, Afifa, Nozli, Mahzunabonu, Muslima_subh, BelleQizcha, Kapalak, Salmoni Forsiy, ZUBAYR, shoir, Musannif Adham, Y_U_R_I_S_T, AbdurRohman, ChehMik, Titan_UZ, Mr.Twister, Huseyn, Abdulhafiz, Ziyovuddin, Foniy, UzMuslim, Habib, Abu Muso, Abu Muslim, Muhammad Amin, Muhammadiy, UmmatY-MuhammadY, Abdusalom, ЖАМШИДЖОА, IXLOS, Umar ibn Abdulaziz, Chusty, Abdul_Malik, Murod_bek, Doniyor, Jalol Ahmad, Margilanets, MSJON, Ikboljohn, Shoxjahon12, Muhyiddin, Hanafiy, gayrat17, Gareeb, Мухаммад Сохиб, muhibb, Muhyiddin, JaviK, Muallim, Usmon, Ulug'bek75, Shokir63, Hassan, registan.....................
Mahdiyah (http://forum.ziyouz.com/index.php?action=profile;u=31)
Assalamu alaykum.forum.ziyouz.com - 2006-2009 ayni qizigan, qiziqarli postlarga to'la, mulohazalarga boy davr edi.Oxirgi payt eski postlarni, "eskilarni" postlarini ko'p o'qiman.Ayniqsa 2008 yil 2009 yillardagilarni.O'zim ham kunimni shu forum bn o'tkazardim o'sha paytlar. Lekin har bir narsani avji bo'lganidek tushishi ham bo'larkan.Lekin InshaAlloh bu tushish yanagi bundanda foydali, qiziqarli AVJ olishga sabab bo'lsin.Eskilarni eslab o'sha damlarni sog'indim: mutaallimah, Imlaah, saltanat, Muslima.bgm, Muni xonim (ko'p ko'rishib gaplashib tursakda forumdagi o'rnilari bilinadi albatta), Munavvara, Hadija, Muzayyana, lolo, Robiya, Muslima, Muhseena, G_u_l_i, siddiqa, Zamiraxon, Afifaxon, Kumushbibi, Feruzabegim, Maknuna, Laylo, mis_shoira, Rukhiya, Shahina, Nodi, Fatima, Odila, Odina, Afifa, Nozli, Mahzunabonu, Muslima_subh, BelleQizcha, Kapalak, Salmoni Forsiy, ZUBAYR, shoir, Musannif Adham, Y_U_R_I_S_T, AbdurRohman, ChehMik, Titan_UZ, Mr.Twister, Huseyn, Abdulhafiz, Ziyovuddin, Foniy, UzMuslim, Habib, Abu Muso, Abu Muslim, Muhammad Amin, Muhammadiy, UmmatY-MuhammadY, Abdusalom, ЖАМШИДЖОА, IXLOS, Umar ibn Abdulaziz, Chusty, Abdul_Malik, Murod_bek, Doniyor, Jalol Ahmad, Margilanets, MSJON, Ikboljohn, Shoxjahon12, Muhyiddin, Hanafiy, gayrat17, Gareeb, Мухаммад Сохиб, muhibb, Muhyiddin, JaviK, Muallim, Usmon, Ulug'bek75, Shokir63, Hassan, registan..................... Bu userlarning ayrimlari hali hamon forumga ora-chorada kirib 1-2 post qldirishadi lekin aksariyati oilali bo'lib, kimdur bola chaqa tashvishi bilan, yana kimdur o'qish, ish bilan, yana kimdur boshqa sabab bo'lib forumdan yiroqlashdi...Vaqti kelib farzandlarimiz shu forumga kirishar... shu forumda foydali postlar qoldirishar... balkiO'shanda man palonchini o'g'li bo'laman man palonchini qizmiman deyishar Hammasini vaqt ko'rsatadi...