Assalomu alaykum buxorolik userlar va ushbu postni o`qiyotgan boshqa viloyat userlari.
Bugun (13-sentyabr) soat 15 dan 16 ga qadar Buxorolik userlar o`rtasida online suhbat bo`lib o`tdi. Suhbatda Ulugbek_uz, AbdurRoman, Azza binti Baxrom, Muslimaa, Robiya va kamina Mr.Twisterlar ishtirok etdik.
Suhbatimizdan asosiy maqsadimiz Buxoroda o`tkaziladigan Xayrli tadbir rejasini tuzishdan iborat edi.
Suhbat bizga nafaqat reja tuzish imkonini berdi, balki bir-birimiz bilan yanada yaqiroq gaplashish, siz bilan bir yurt tuprog`ida yashab, bir yurt suvidan chanqoq qondirib va bir yurt havosidan birga nafas olayotgan mo`min va mo`mina vatandoshlaringiz borligini his qilish imkonini berdi.
Alloh buyukdir, Alloh yagona. Duo qilaylik, toki har bir musulmon inson borki Alloh yo`lidan ozmasin, Alloh o`zidan bizni uzoqlashtirmasin, o`zidan begona qilmasin. Amin.