"Navbatdagi xushxabar! Navbatdagi to'y! Navbatdagi forumdoshlar juftligi!" mavzusidan:
Ular kimligiga qiziqayapsizmi? Ismini bilmoqchimisiz? Bu forumdoshlarimiz
T.YUsupov va
G_U_l_i!
Mana shu joylarini yoza turib, Forumdagi "bolaligimiz", "o'tmishimiz" esga tushib ketdi. Zab davrlar edida. Esingizdami, rosa shunaqa skritiy qilib yozish urf bo'lgandi. Sariq, oq, kulrang ranglarda...
Mahdiyah, esingizdami, bir marta sizni rosa tushurganman. Turmush o'rtog'ingiz Muhammad Amin haqida bitta sirni bilaman, eshiting deb uzuuuuun bo'sh joy qoldirgandim. Aniq ishonamanki, siz o'sha joyda yashirilgan matn bor deb mishka bilan qoraytirib ko'rgansiz
Forumni biroz titib chiqdim, unaqa jiddiy urushlar ham yo'q. Hammayoq sokin. Hamma bir-biriga mehribon, hamma bir-birini fikrini hurmat qilgan, hamma bir-biriga sizniki to'g'ri deydi. Shuyam ishmi endi?
Ha, aylantirib solmaysanmi birontasini tanqidiy fikrlar bilan. Tongacha tortishmaysizlarmi biror mavzu yuzasidan? Kechquruni bilan uxlamay, qaniy u nima javob berdiykin deb har 1 minutda obnovit qilib, telefondan bo'lsa ham uzundan uzun qarshi postlar yozib tunni bedor o'tkazmaysizlarmi? Hamma ishini, o'qishini tashlab sizlarning janjalingizni miriqib o'qimaydimi? Qani, endi qanaqa javob yozarkin, qaniy, keyingi seriyasi qanaqa bo'larkin deb intiqlik bilan kutmaydimi?
Bir kun oldin urushib-urushib, ertasi kuni yana hech narsa ko'rmagandek, apoq-chapoq bo'lib ketavermaysizlarmi hammani hayron qoldirib?
Qani u oldingi davrlar? Forumdan "ro'za tutishlar" qilgandik
Zo'r chiquvdiya?
ChekPuk, Musannif Adham, Mahdiyah, Be'maniQizcha, Arbuzchi, Munira honimlar bilan qanaqa to'polonlar bo'luvdiya?
AbdulAziz aka postlarimizni o'chirib, ban berib bezor bo'lardilar
Kapalak opa, o'rtamizga tushib, yarashtiraman deb halak bo'lardilar
O'zi o'ylab qarasam, faqat ishkal qilganakanmizda-a? Bir tayinli foydamiz tegmaganakan forumga. Tovba, yana g'ururlanib, maqtanib eslashimni qaranglar... Jinnini bir qilig'i ortiq deyishadiku.
Yosh va yangi a'zolarga, ukalarim, singillarimga nasihat! (ho, xuddi 80 ga kirgan cholday gapirishimnichi
)
Forumni gullab-yashnating! Faqat va faqat foydali, birovlar o'qisa bahra oladigan, o'zi uchun biron yangi narsa o'rganadigan postlar qoldiring! 1 oy, 1 yil, 2 yildan keyin Forumga kirganingizda afsuslanadigan, bekor shu postni yozibman deya pushaymon bo'ladigan postlar qoldirmaslikka harakat qiling! Bunaqa postlardan uzoqroq yuring! Vaqtingizni qadrlang!
Birovlarni ko'nglini og'ritishdan tiyiling. Men haqiqatni gapirayapman deb o'ylamang sira, qattiq adashasiz! Chunki hammani o'z haqiqati bor. Asl haqiqat faqat O'zigagina ma'lum!
Biz qilgan xatolarni takrorlamang. Forumda postlaringiz sonini ko'paytirishga, yulduzchalaringizni oshirishga harakat qilmang. Men forumda shunday insonlarni bilamanki, ularning bor-yo'g'i 42 ta posti mening 4200 ta postimdan foydaliroq va afzalroq! Songa emas, sifatga e'tibor berish kerak ekan.
Mullani aytganini qilu, qilganini qilma deydi. Meni ham aytganlarim hisob, qilganlarim emas.
Bir gap kelganda aytib qo'yay dedimda. Yana forumga qachon kiraman Xudo biladi. Xushxabarlar bo'lib qolsa, kirishim mumkin. Ilohim, forumdoshlarimiz hayotida faqat va faqat xushxabarlar bo'laversin, toki men tez-tez forumga kirib turay.
Bizni unutmang... Ko'z yoshlaringizni arting, ko'z yoshlarga toqatim yo'q
Cheksiz hurmat va samimiyat bilan,
Y_U_R_I_S_T.