Bismillohir rohmanir rohiym!
Taklif:Xalqimiz orasida otang bozor, onang bozor, och bo'lsang bozorga bor...degan gaplar bor.
Surai Baqaradagi ALLOH taoloning: "Sizlarga savdo sotiq halol qilindi" mazmunidagi oyatga;
Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning o'zlari bir vaqtlar savdo ahllaridan bo'lganligiga;
Sahobalardan bir qanchalari; tobeinlar va salafi solihlarni ko'pchiligi halol tijorat bilan shug'ullanganligiga;
Respublikamizning:
-Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish;
-Iqtisodning siyosatdan ustunligi tamoyillariga muofiq, Darsxona bo'limidagi Iqtisod saboqlari kichik bo'limini kattaroq qilib, Tadbirkorlar deb nomlab katta bo'limlar safiga qo'shsak.
Maqsad: Zamona zayli bilanmi yoxud sharoit shuni taqazo qildimi, hamma o'zini bozorga "ura" boshladi.
O'qituvchi ham bozorda, o'quvchi ham bozorda;
O'g'ri ham bozorda to'g'ri ham bozorda...
- Bizga hamma ishda o'rnak bo'ladigan zot, Nabiy s.a.v.: "Qaysi ishni o'zini egalari qilmasa, o'sha ishni qiyomatini kutaveringlar" degan mazmundagi hadislariga binoan, bugungi kunimizda tijorat ishlari o'z egalari qo'lidami?
Pulni qaerda olib qaerga sarflash kerak?
Shariatimiz savdoga qanday qaraydi?
Dinimiz tijoratda qanday yo'llarni ko'rsatadi?
Halol tijorat nima?
Hamda Davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga ochilgan keng imkoniyatlardan tadbirkorlarimiz to'g'ri foydalana olayaptimi?
Qonunchiligimizda noqonuniy savdolarga nimalar kiradi?
Qonun tadbirkorlarga qanday cheklovlar o'rnatgan?
Yosh tadbirkorlarga qanday maslahatlar zarur? va shu kabi bir qator savollar yuzasidan fikr almashinish maqsadida...
Shu bilan birga shar'iy va dunyoviy tijorat qandayligi haqida fikr almashsak maqsadga muofiq bo'lar edi.
ALLOHim barchamizni to'g'ri yo'ldan adashtirmasin!