Umumiy bo'lim > Ro'za

"Muborak Oy tuhfasi" dasturi

(1/23) > >>

AbdulAziz:
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Sizni muborak ayyom - Ramazoni sharif bilan chin qalbimizdan qutlashga ijozat bergaysiz.
Ushbu mohi sharif qalbingizni iymon va Alloh muhabbati bilan to'ldirsin!
Qilajak ibodatlaringiz, duolaringiz Yaratgan huzurida maqbul bo'lsin!
Ayyom muborak!

Muborak Oy tuhfasi dasturi Ramazon oyida Siz azizlar uchun ozgina bo'lsa ham ilm ulashish uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Dastur ushbu qismlardan iborat:
- Muborak oy oyati
- Muborak oy hadisi
- Muborak oy hikmati
- Muborak oy hikoyati.

Dasturning texnik ta'minoti birodarimiz Ehsonbek tomonidan ishlab chiqarildi. Dasturdan bevosita www.ziyouz.com ning bosh sahifasida bahramand bo'lishingiz mumkin.
Shuningdek, Muborak oy tuhfasi e-mail orqali ham sizga yuboriladi. Agar boshqa birodarlaringiz ham ushbu dasturdan bahramand bo'lishlarini hohlasangiz, ularning e-maillarini bizga yo'llashingiz mumkin.

Allohim qilayotgan ibodatlaringizni o'z dargohida qabul qilsin! Duoda bizni ham eslasangiz judayam xursand bo'lardik.
Wassalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Doniyor:
Assalomu alaykum Davron aka!
Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Bugungi 1-kun tuhfasini o'qib juda xursand bo'ldik.
Mana shu yerga ham joylab borsangiz yaxshi bho'lardi.

AbdulAziz:
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning birinchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Muborak kun OyatiAlloh go'zal So'zni, (oyatlari balog'atda) bir-biriga o'xshagan, (hukmlari) takror-takror keluvchi bir Kitob qilib nozil qildiki, undan (o'g'ilganda) Parvardigoridan qo'rqadigan zotlarning terilari titrab ketar, so'ngra terilari va dillari Allohning zikriga yumshar (moyil bo'lur). Mana shu (Kitob) Allohning hidoyatidirki, unga O'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun biror hidoyat qiluvchi bo'lmas.
(Zumar surasi, 23-oyat)
 
Muborak kun HadisiSizlarga muborak ramazon oyi keldi. Alloh uning ro'zasini sizlarga farz qildi Bu oyda jannat darvozalari ochilib, jahannam darvozalari yopiladi, shaytonlar zanjirband qilinadi Bu oyda bir kecha borki, u ming oydan yaxshiroqdir. Kim u kechaning yaxshiligidan mahrum qolsa, (ko'p narsadan) mahrum bo'libdi.
 
Muborak kun HikmatiSen jannatga ketsang-u azob farishtalari bola-chaqangni jahannam o'tiga otsalar, yuraging bardosh beradimi? Mahmud As'ad Jo'shon
 
Muborak kun HikoyatiRivoyat qilinishicha, bani Isroillik bir ayol Muso alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey Allohning elchisi, men ulkan gunoh qilib qo'yib, so'ng bu gunohimdan Alloh taologa tavba qildim. Allohdan tavbamni qabul qilib, gunohimni mag'firat etishini so'rab duo qiling», dedi. Muso alayhissalom undan: «Nima gunoh qilding?» deb so'ragan edi, u: «Ey Allohning payg'ambari, men zino qilib, bola tug'dim-da, so'ng uni o'ldirdim», dedi. Shunda Muso unga: «Chiq bu yerdan, ey fojira! Yana kafosating tufayli osmondan olov tushib, bizni yondirib yubormasin», dedi. Ayol payg'ambar huzuridan qalbi o'ksigan holda chiqib ketdi. Jabroil alayhissalom tushib: «Ey Muso, Alloh taolo: «Nima uchun tavba qilgan ayolni qaytarib yubording? Undan ko'ra yomonroq kimsa borligini bilmaysanmi?» deyapti», dedi. Muso alayhissalom: «Ey Jabroil, undan ham yomonroq kimsa kim?» deb so'ragan edi, «Namozni qasddan tark etgan kishi», deb javob berdi.

ORIF:
Assalomu Alaykum!!!

ALLOH sizdan rozi bo`lsin, o`z jamoliga sizni va barcha chin mo`minlarni muyassar aylasin...

_Otabek_:
Mana buni chinakam tuhfa desa bo'ladi, baraka topingizlar, Ollohning o'zi sizlari yorlaqasin. 

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version