1197. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.)ning uylariga kirdim, Ul zot to'qilgan bir karavot ustida edilar. Boshlari ostida esa, xurmo po'stlog'i bilan to'ldirilgan yostiq bor edi. Karavot bilan badanlari orasida birgina kuylaklari bor edi xolos. Hz. Umar (r.a.) u yerga kirib yig'ladilar. Rasu-lulloh (s.a.v.): "Nega yig'layapsan, ey Umar?" - deb so'radilar. Umar (r.a.): "Nega yig'lamayin, yo Rasulalloh, Xudo haqi, siz Allohga Qaysaru Kisrolardan hurmatliroq bo'lganingiz holda, ular dunyo huzur-halovotlari ichra yashamoqdalar. Siz esa ko'rib turganim-day hayot kechirmoqtsasiz", dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Umar, sen bu dunyo ularniki, oxirat bizniki bo'lishini istamaysanmi?" - dedilar. Umar (r.a.): "Albatta istayman, ey, Allohning Rasuli" - dedi. Ul zot: "Shuning uchun shunday" - dedilar.