Bir nechta savolim bor edi.
"Xalqaro jurnalistika fakulteti qaldirg'ochlari" - nega bu bo'lim alohida bo'lim? Boshqa fakultetlarni mensimaslikmi yoki boshqa sabab bormi?
Bu forum ishtirokchilar asosan Toshkentliklarmi? fikrlashlari bir biriga juda yaqin ekan. Yana savollar bor edi, lekin keyin so'rayman.
1. Ko'rib turganingizdek, "Xalqaro jurnalistika fakulteti qaldirg'ochlari" maxsus bo'limda. Agar boshqa fakultetlardan ham 10-15 ta talaba da'vogar bo'lib, mana shunday bo'lim ochib berishni taklif qilishsa, bajonidil qabul qilamiz.
2. Asosan Toshkentliklar emas. Yurtimizning barcha go'shalaridan foydalanuvchilar mavjud. Shuningdek, taqdir taqozosi bilan ayni paytda xorijda yashayotgan yurtdoshlarimiz ham ko'p tashrif buyurishadi.