Parhezga berilib ketib miyani oziqlantirishni unutib qo’ymang. Bazi moddalar miya uchun zarur. Masalan:toyinmagan yog’ kislotasi miyani uchdan bir qismini tashkil qilib, qon aylanishini vamikrosirkulasiya jarayonini boshqaradi. U etishmaganda hotira pasayadi . Manbalari: o’simlik yog’I, hamma baliq turlari. Glusidlar-bu miyani energiya manbayi. Uni non, kartoshka , makaron mahsulotlari shakarqamishning jigarrang qandidan olamiz. Konfet, pishiriqlar, oq qanddagi glusiddan ehtiyot bo’lish kerak,ortig’i giperglikemiyaga olib keladi. Bu esa o’z navbatida hotirani pasayishiga olib keladi. Proteinlar—bu hayvonlardan olinadigan oqsil bo’lib tarkibida hujayralarimiz o’zi sintez qilmaydigan (ishlab chiqarmaydigan) aminakislotalar bor. Ularni biz yog’siz mol va tovuq go’shtlaridan olishimiz mumkin. O’simlik proteinlarini guruch , soya, qizil loviyadan olishimiz mumkin. B guruhidagi darmondorilar —eslab qolish qobiliyatini kuchaytirishda asosiy o’rin tutadi. B2 hujayra va neru tolalari bog’ xosil qiladi. Ularni pishloq, no’xat, grechka , yong’oqni hamma hillaridan olishimiz mumkin. Miyani faoliyati uchun mikroelementlardan ayniqsa temir, magniy elementlari kerak bo’lib ular yashil olma, bolg`ar qalampirida , mayiz, turshakda istimol qiling Ko'rib turganingizdek ozish uchun ko'p narsadan vos kechip bo'lmaydi. Eng asosiysi yoshishga kerak bo'lgan kaloriyalarni hisoblab osiqlanish, ko'plab suv ichishni unitmang. Shuni unutmangki inson gavdasini to'la yoki ozg'in bo'lishi genofondga bog'liq. U odamga irsiyatdan o'tadi bog'cha va maktab yoshidagi bolalarga ozdiruvchi parhez tutish mumkin emas.