Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 484575 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 ... 114 B


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:08:23

4-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar meros taqsimida qarindoshlar, yetim va miskinlar hozir bo‘lsalar, ularga ham merosdan nasiba beringizlar!»

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Agar meros taqsimida qarindoshlar, yetim va miskinlar...» degan oyat hukm oyatlaridan bo‘lib, mansux (bekor qilingan) ermasdur».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:09:15

5-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh sizlarga bola-chaqalaringiz (merosi) haqida hukm qilurki...»

Jobir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Men Banu Salama qabilasi manzilida betob yotganimda Janob Rasululloh Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu birlan birga piyoda meni ko‘rgani keldilar. Ul zot kelganlarida men behush erdim. Bir idishda suv so‘rab, tahorat qildilar, keyin menga sepdilar. Men o‘zimga keldim-da, Janob Rasulullohdan: «Molimni ne qilmog‘imni buyurasiz?» — deb so‘radim. Shunda Olloh taoloning «Olloh sizlarga bola-chaqalaringiz (merosi) haqida hukm qilurki...» degan oyati nozil bo‘ldi».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:09:28

6-bob. Olloh taoloning qavli: «Xotinlaringiz qoldirgan merosning yarmi sizlarga tegadi...»

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning payg‘ambar bo‘lmoqlaridan muqaddam qiz bolalarga, xoh ular katta bo‘lsinlar va xoh norasida bo‘lsinlar, meros berilmas erdi. Ug‘il bolalarga ham, agar ular balog‘atga yetgan bo‘lsalar, meros taqsim qilinmas erdi. Olloh taolo bu qoidani bekor qilib, o‘zi xohlagancha miqdorda meros farz qildi: o‘g‘il bolaning xissasi ikki qizning hissasiga teng. Ota-onaning har biriga oltidan bir hissa, agar farzandlari bo‘lmasa, uchdan bir hissa. Marhumning xotiniga sakkizdan bir hissa, agar o‘rtada farzand bo‘lmasa, to‘rtdan bir hissa. Marhumaning eriga, agar farzand bo‘lmasa, merosning yarmi, agar farzand bo‘lsa, to‘rtdan bir hissa (tegadi)».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:09:46

7-bob. Olloh taoloning qavli: «... xotinlarni zo‘rlik ila meros qilib olmoqlaringiz sizlarga halol ermas va bergan narsalaringizdan ba’zisini olmoq uchun ularni majburan olib qolmangizlar!»

(Islomdan avvalgi davrda vafot qilgan kishining ayolini erining qarindoshlari majburan o‘zlariga xotin qilib olar erdilar. Islom kelgandan so‘ng ayollarga zulm bo‘lgan bu odat man’ etildi)

Ibn Abbos rivoyat qiladilir: «Oyatdagi «Lo ga’zuluhun-na» iborasi «Ularni majburan olib qolmangizlar» deganidir «Huuban» so‘zi ersa «gunoh» demakdur «Ta’uuluu» so‘zi «xohlaysizlar» ma’nosida, «nahlatun» so‘zi— «mahr» dur».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:09:56

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Ollohning «Ey mo‘minlar, xotinlarni zo‘rlik ila meros qilib olmoqlaringiz sizlarga halol ermas va bergan narsalaringizdan ba’zisini olmoq uchun ularni majburan olib qolmangizlar!» degan oyati karimasi shul haqda nozil bo‘lganki, islomdan ilgari oilada erkak kiti o‘lsa, uning qarindoshlari undan qolgan meros qatorida xotiniga ham zgalik qilishar erdi. Xohlashsa, uni o‘zlaridan biriga nikohlab qo‘yishar, xoxlashsa, birovga erga berib yuborishar yoki erga bermay olib qolishar erdi. Erning qarindoshlari marhumning xotiniga uning ota-onasadan ham ko‘proq haqli erdilar. Olloh taolo mazkur oyatni nozil qilib, ayollarni zulmdan xalos etdi»

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:10:16

8-bob. Olloh taoloning qavli: «Har bir inson uchun ota-ona va qarindoshlar qoldirib ketgan merosga merosxo‘rlar ta’yin qilib qo‘ydik

Oyatdagi «mavoliy» so‘zi «merosxo‘rlar» ma’nosida, «Sizlar ahdu paymon qilgan kishilar» deyishdan murod, «qasam ichib do‘st bo‘lganlar»dur Amakivachcha, ozod qilingan qul, ozod qiluvchi quldor, podsho, shari’at o‘rgaguvchi ustoz ham «mavlo» deyiladi.

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Ollohning «Har bir inson uchun mavoliy ta’yin qilib qo‘ydik» degan qavlidagi «mavoliy» so‘zi merosxurlardir «bizlar ahdu paymon qilgan kishilar» degan qavli ersa muhojirlarni anglatadi. Muhojirlar Madinaga kelganda Rasulul-loh ularni ansorlar birlan ahdu paymonli birodar qilib qo‘ygan erdilar. Mana shu ahdga binoan, muhojir marhum ansor birodariga merosxo‘r bo‘lar erdi. Mazkur oyat nozil bo‘lgach, muhojirlar birlan ansorlarning o‘zaro merosxo‘rligi bekor qilindi, endi ular vasiyatga binoan o‘z nasibalarini oladirgan bo‘ldilar».

Mazkur hadisni Abu Usoma Idrisdan, Idris ersa Talhadan eshitgan erkanlar

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:10:37

9- bob Olloh taoloning qavli: «Albatta, Olloh zarracha ham zulm qilmaydi»

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalomning zamonlarida sahobalar «Ey Ollohning rasuli, qiyomat kuni Ollohni ko‘ramizmi?» — deb so‘rashdi. Payg‘ambar alayhissalom «Ha albatta ko‘rasizlar. Aytinglarchi, kunduzi buluqiz osmondagi quyoshga qarab zarar ko‘rurmisizlar?»— dedilar. Sahobalar «Yo‘q»,— deyishdi. Rasululloh «Buluqiz osmondagi o‘n to‘rt kunlik oyga boqib zarar ko‘rurmisizlar?»—dedilar. Sahobalar «Yo‘q»—deb javob berishdi. Payg‘ambar alayhissalom bunday deb aytdilar: «Xuddi shunday qiyomat kuni ham sizlar quyosh va oyga boqib zarar ko‘rmaganingizdek, Ollohning jamolini ko‘rib zarar ko‘rmaysizlar. Qiyomat kuni bo‘lganda muazzin azon aytadi. Har bir ummat o‘zi ibodat qilgan narsaga ergashadi. Ollohga ibodat qilmay, sanam va butlarga sig‘inganlarning barchasi do‘zaxga tashla-nadilar, mahsharda faqat Olloh taoloning o‘zigagina ibodat qilib, amali solihlar qilgan va qilolmagan kishilar birlan ahli kitoblargina qoladilar. Yahudiylar chaqirilib ulardan «Kimga ibodat qilardingizlar?»—deb so‘raladi. Ular: «Biz Ollohning o‘g‘li Uzayrga ibodat qilar erdik» — deb javob beradilar. Ularga: «Yo5:46 lg‘on aytyapsizlar, Ollohning xotini ham, o‘g‘li ham bo‘lmagan»,— deyiladi. Keyin «Nimani xohlaysizlar?»—deb so‘raladi. Ular «Ey rabbimiz, biz tashnamiz, bizga, suv bergin!»—deyishadi. Ularga: «Tilagingiz bajariladi»,— deyilgay. So‘ng, ular do‘zax oldida jamlanadi. Undagi olov harorati bamisoli sarobdek Yahudiylar bir-birlarini itarib, surishib do‘zaxga qulaydilar. Keyin, nasarolar chaqiriladi. Ulardan «Nimaga ibodat qilardingiz?» — deb so‘raladi Ular: «Ollohning o‘g‘li Masihga ibodat qilardik»,— deydilar. Ularga «Yolg‘on aytyapsizlar, Ollohning xotini va bolasi bo‘lgan ermas»— deb javob beriladi Keyin «Nima xohlaysizlar?» — deb so‘raladi Ular suv so‘raydilar, suv ichishgach, do‘zaxga qulaydilar. So‘ng, Olloh taolo mahsharda tanho qolgan solih va gunohkor musulmon bandalarining qoshiga tanib olarli qiyofada kelib «Hamma ummat o‘zi sig‘ingan narsasiga ergashib ketdi, sizlar nimani kutib turibsizlar?»— deydi. Musulmonlar «Bizlar, dushmanla-ring bo‘lmish axli kitoblardan seni deb yuz o‘girgan erdik, endi nechun ularga ergashaylik? Biz o‘zimiz ibodat qilgan rabbimizni kutyagshiz»,— deydilar. Olloh taolo «Men rabbingizman!» —deydi. Musulmonlar: «Biz Ollohga hech kimni sherik qilmaymiz!» — deb ikki yoki uch bor aytadilar»

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:11:02

10-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, biz har bir ummatdan guvoh chaqirgan paytimizda va sizni ularga guvoh qilganimizda (u ummatlarning) holi ne kechgay?!»

Al-Muxtol» va «al-xitol» bir ma’noda bo‘lib, «takabbur va maqtanchoq» deganidur. «Natmisu vujuhan» — «Bir qancha yuzni teskari qilib qo‘ygaymiz» degan ma’noda sa’iyr» ersa, «o‘t otash» deganidur.

Amr ibn Murra bunday deydilar: «Menga Janob Rasululloh «Qiroat qil!» deb buyurdilar. Men «Yo Rasulalloh, Qur’on sizga nozil bo‘lgan-ku men sizga qiroat qilib ; berayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh «Uni o‘zimdan boshqa odamdan eshitishni yaxshi ko‘raman!» — dedilar. Men «Niso» surasini o‘qiy boshladim va uning «Ey Muhammad, biz har bir ummatdan guvoh chaqirgan paytimizda va sizni ularga guvox, qilganimizda (u ummatlarning) holi ne kechadi degan joyiga kelganimda, Janob Rasululloh «To‘xta!» deb buyurdilar. Men to‘xtab qarasam, ul zotning ikki ko‘zlaridan yosh quyilayotir».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:11:17

11-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar kasal bo‘lsangiz yo safarda bo‘lsangiz yoki  hojatdan qaytgandan yohud ayol birlan yaqinlik qilgandan so‘ng, suv topolmasangiz, toza tuproqqa tayammum qilingiz!»

Jobir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Kofirlarning xukm surab murojaag qiladirgan shaytonlaridan biri Juhaynada va yana biri Aslamda erdi hamda har bir mahallada bittadan folbin bo‘lib, ularga shayton kelib xabar yetkazib turar erdi».

Umar raziyallohu anhu «Al-Jibt» — «sehr» va «at-tog‘ut» — «shayton»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:11:25

Ikrima «Al-Jibt» habash tilida «shayton» va «tog‘ut» — «folbin»,— deydilar.

Oisha raziyallohu anho «Asmoning marjoni yo‘qoldi Payg‘ambar alayhissalom uni topib kelish uchun bir necha kishini yubordilar. Ular yo‘ldaligida namoz vaqti bo‘lib qoldi, tahorat olay, desalar, suv yo‘q erdi, tahoraqiz namoz o‘qiyverdilar. Shunda, Olloh taolo «Tayammum» oyatini nozil qildi»,— deydilar

Qayd etilgan