forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Darsxona => Dizayn => Mavzu boshlandi: esCape 01 Sentyabr 2007, 09:57:10

Nom: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: esCape 01 Sentyabr 2007, 09:57:10
Мехрибон ва рахимли оллох номи билан бошладим !
Ассалому алайкум ва рахматуллох.

Ким Фотошопни билади ? агар биладиган булселар биргаликда урганамиза. билмаселар бирга урганамиза. Фотошоп хакида кулимдан келганича ёрдам бераман.
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: AbdulAziz 02 Sentyabr 2007, 07:58:00
Va alaykum assalom!
Judayam xayrli ishni boshlabsiz.
Inshaalloh, ko'pchilikka foyda bo'ladi, degan umiddaman.
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Usmon 05 Noyabr 2007, 16:43:39
Sizlarga maslahatim, ushbu saytdagi ma'lumotlarni olib, Photoshop bo'yicha ancha yaxshi mutaxassisga aylanishingiz mumkin: photoshop.demiart.ru.
Nom: Photoshopda zarhal harflar
Yuborildi: Usmon 16 Yanvar 2008, 20:12:53
Assalomu alaykum!
Photoshopni birga o'rganish niyatida bo'lgan forumdoshlar uchun bu darsda qanday qilib Photoshop dasturida zarhal harflar bilan yozish beriladi. Boshladik bo'masa....

P.S. Darslarning ba'zilari photoshop.demiart.ru saytidan olingan

Zarhal harflar bilan yozish
Avval biror so'z terib oling. Iloji boricha yo'g'li (жирный) harflar bilan yozishga harakat qiling. Terilgan matn ustida ishlash uchun uni oldin rastrga aylantirib olish zarur. Matn sloyini tanlang va pop-up (sichqoncha o'ngtugmasi bosilganda ochiladigan) menudan Rasterize Layer (Растрировать слой) bo'limini tanlaymiz. Matn rastrga aylandi.
Endi matnni belgilab olish kerak. Ctrl tugmasini bosib turgan holda shu sloy ustida sichqoncha chap tugmasini bosing.
Belgilangan sohani maska shaklida alohida kanalda saqlang. Buning uchun Channels (Каналы) palitrasidagi oq doirali tugmani bosih yoki menuning Select • Save Selection (Выделение • Сохранить выделение) bo'limini tanlash kerak.
Hosil qilingan kanalni faollashtirish va Gaussian Blur (Размытие по Гауссу) filtri yordamida (Filtr menusining Blur (Размытие) qismida), 2-3 piksel radius bilan yuvish kerak.
RGB-kanalga qaytib Layers (Слои) palitrasini oching. Matn sloyi aktivligiga ishonch hosil qilganingizdan so'ng Filter • Render • Lighting Effects
(Фильтр • Освещение • Эффекты свет)
buyrug'ini bajaring. Texture Channel (Текстура канала) bo'limida yuvilgan matnli kanalni tanlab oling.
Qolgan parametrlarni quyidagiga yaqin qiling:
Light type (Источник) — Spotlight (Прожектор),
Intensity (Яркость) — 35,
Focus (Фокус) — 69,
Gloss (Фактура) — 0,
Material (Материал) — 69,
Exposure (Выдержка) — 0,
Ambience (Среда) — 8, ikkala rang ham oq bo'lsin.

Harflarga metall ko'rinishini berish uchun esa ton egri chiziq (кривые)laridan foydalanish lozim.
Buning uchun Images/Adjustments/Curves (Изображение/Настройки/Кривые)ni tanlang. Hosil bo'lgan oynadagi egri chiziqni shunday joylashtiringki, u oynani to'liq egallagan holda "W" ko'rinishini olsin. Faqat ikki pastki qismi va yuqorida o'rtada joylashgan qismi oyna chetidan biroz uzoqda bo'lsin.
Taxminan quyidagi ko'rinishga keltiring (Chiziqdgi har bir nuqtaga e'tibor bering):
(http://img.uz/images/462872Curves for GoldLetter.jpg)
Endi esa matnni tillaga aylantiramiz. Buning uchun Image •Adjustments • Hue/Saturation (Изображение • Настройки • Тон/Насыщенность) buyrug'idan yoki "Ctrl+U" tugmalaridan foydalanamiz. Hosil bo'lgan oynada Colorize (Тонирование) ga "qushcha" (ptichka  :D) qo'ying. Parametrlarni esa quyidagicha o'rnating:
Hue/Тон: 41
Saturation/Насыщенность: 100
Lightness/Яркость: 0


Natijani yanda yaxshilash uchun esa Layer • Layer Style • Drop Shadow
(Слой • Стиль слоя • Внешняя тен)
bo'limini tanlab matnga soya beramiz.
Bunda parametrlarni quyidagicha o'rnatganingiz ma'qul:
Blend mode: Multiply
Opacity: 50
Angle: 120 gradus
Distance: 4
Spread: 0
Size: 4
Noise: 0

Agar tasvir uncha tiniq bo'lmasa Brightness/Contrast (Яркость/Контрастность) bo'limidan biroz to'g'rilab yuborishingiz mumkin. Bo'ldi, agar zarhal harfga ozgina o'xshagan bo'lsa  ;D

Mana bu namuna fayli, sizdayam shunga o'xshash manzara paydo bo'lsa kerak:
(http://img.uz/images/282003ZiyouzGolden.jpg)
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Murod_bek 17 Yanvar 2008, 20:47:15
Rahmat Usmon!
Alloh ilmingizni ziyoda qilsin...
Nom: Photoshopda chiroyli Yurakcha
Yuborildi: Usmon 18 Yanvar 2008, 21:45:01
Chiroyli Yurakcha

Yangi dokument (Ctrl+N), hajmi 800x600. Oq fon.
Ellipse-tool (Type tool asbobining tagida joylashgan)ni tanlaymiz va Shiftni bosib turib aylana chizib olamiz. Mana bunday:

(http://img.uz/images/3885951-dumaloq.gif)

Convert Point tool... ni tanlaymiz (uni qidirib butun xonani aylanib yurganizi hech kim ko'rib qolmasin yana :), Ellipse-toolning chap tomonida joylashgan).
Endi skrinshotga qarab, xuddi shu rasmni takrorlashga harakat qilib ko'ring...
Maslahat: Direct Selection Tool va Path Selection Tool....(bitta yuqorida) dan foydalaning. Ozgina harakatlardan so'ng sizda Yurak paydo bo'ladi.

(http://img.uz/images/3862072-yurak.gif)

Tasvir ustida "vektor" bilan ishlash uchun mo'ljallangan xohlagan asbobibgizda (masalan Convert Point tool) sichqoncha o'ng tugmasini bosing va Make Selection bo'limidan Feather Radius=0 ni tanlang
Endi Layer > Rasterize > Layerni tanlang.
Ctrl+J — sloydan yana bir nusxa olamiz.
Eng ustki sloyga o'tamiz.
Color-Swatches-Styles panellarini ko'rgan bo'lsangiz kerak. Styles panelini ochamiz va Blue Glass (ko'k to'rtburchak tugma) knopkasini topib, bosamiz.
Ko'rib turganingizdek, bu stilni biroz o'zgartirishga to'g'ri keladi. f harfchasi ustida ikki marta bosing (Layers palitrasida sloydan o'ngroqda). ... Color Overlay bo'limiga kirib, qizil rangni o'rnating... Inner Glow ga kirib Opacity ni 30% ga tushiramiz (kechki bozor :)). Bevel and Emboss ga kirib Shading bo'limini biroz o'zgartiramiz:
Angle=150
Altitude=64
Qaltirab, qaltirab ОК ni bosamiz.... ;D

(http://img.uz/images/3954953-tayyor yurak.jpg)

Sal-pal o'xshadimi?
Endi o'rtadagi sloyga o'tib undagi yurakka Filter > Blur > Gaussian Blur ni qo'llab biroz (4-5 piksel) yuvib yuboramiz. Ana bo'ldi.... yurakchamiz ham tayyor bo'ldi.
Agar bundanda chiroyli ko'rinish olsin desangiz.....
Bunda Eye Candy 4000 paketidagi Chrome filtri yordam berishi mumkin.
Eng ustki sloydan nusxa olamiz. Endi bizda 4 sloy bor. Eng yuqoridagi sloyda Layer > Layer style > Clear Layer Style operatsiyasini bajaramiz.
Endi Filtr > Eye Candy4000 > CHROME > Reflection map = Brick Wall. Bewel Width ga 1.35 qiymatini qo'ying. ОК.
Bu sloyga Color Dodge stilini qo'llaymiz va Fill ga 80% qiymatini beramiz (Fill ga, Opacity ga emas!).
Yurakchamiz Tayyor bo'ldi ;D

(http://img.uz/images/4903984-chrome_yurak.jpg)
Nom: Photoshopda Shaffof shar
Yuborildi: Usmon 22 Yanvar 2008, 15:04:04
Bu darsda shaffof shar chizamiz. Asosiysi har bir amalni eslab qolishmas, balki har bir amalni qo'llaganda nima bo'layotganiga e'tibor berish. Boshladik...

Dars 5 qismga bo'linadi:

* Asosiy aylana sohasini chizib olish (1 va 2 bosqich)
* Gradiyentlar bilan bo'yash va sloylarga stillar qo'llash (3 - 6 bosqichlar)
* Shu'la qo'shish (7 bosqich)
* Soya qo'shish (8 bosqich)
* Tasvirning shisha orti akslantirilishi (9 bosqich)

1-bosqich. Tayyorgarlik

Eng quyida oxirgi natija bor. O'sha tasvir foniga o'xshash biror rasmni oling va uni

Photoshopda oching.Yangi sloy qo'shing. Buning uchun Ctrl+Alt+Shift+N yoki Create a new layer tugmasini bosing. Elliptical Marquee asbobi yordamida aylana (aylana chiqishi uchun Shiftni bosib ushlab turing) belgilab oling, u quyidagiga o'xshash soha va hajmda bo'lsin:

(http://img.uz/images/9862651.jpg)

2-bosqich. Baza rangi bilan belgilangan sohani bo'yab olish

Oldingi plan rangida sichqoncha chap tugmasini bosamiz.
Hosil bo'lgan Rang oynasida (Color Picker) D6D3C0 rangini belgilab olamiz (# belgili oynacha yonida).
Paint Bucket asbobini tanlaymiz va belgilangan sohani shu rangga bo'yaymiz (yoki Alt+BackSpace).

3-bosqich. Sloy stillari

Sloylar panelida Add a Layer Style tugmasini bosamiz, hosil bo'lgan ro'yxatdan Inner Shadowni belgilaymiz, va quyidagi parametrlarni o'rnatamiz: (e'tibor bering, soya rangi sifatida oq rangni olish lozim):

Blend Mode: Linear Dodge; Rang - oq
Opacity: 42%
Angle: -54
Use Global Lights: On
Distance: 16
Choke: 0
Size: 29
Noise: 0


Quyidagi ko'rinish hosil bo'lishi lozim

(http://img.uz/images/8560222.jpg)

4-bosqich. Gradiyentlar bilan bo'yash

Yangi sloy qo'shing — Create a new layer. Bitta pastki sloy bilan guruhlang: Ctrl+G. Fon rangini 65645F qilib belgilang. Endi joriy oldingi va ortki (fon) planlari rangini ishlatib gradiyent hosil qilamiz. Gradient Tool (Paint Bucket Toolning tagida) asbobini tanlaymiz.
Optsiyalarda (yuqoridagi panel) chiziqli gradiyent (линейнс‹й градиент) va Reverse qismlarini belgilab olamiz (qolganlariga tegmay).
Gradiyentni skrinshotdagi kabi qo'llaymiz (qizil nuqtadan ko'kka tomon):

(http://img.uz/images/7752333.jpg)

D harfini bosamiz, ranglar baza ranglariga (oq va qora) o'tadi.
Add Layer Mask tugmasini bosib sloyga maska qo'shamiz.
Radial gradiyentni tanlab olamiz (bu tugma chiziqli gradiyentning yonginasida joylashgan).
Sloy maskasida radial gradiyent chizamiz. Bunda boshlang'ich nuqtamiz shar ichida, yakuniy nuqta esa tashqarida bo'lishi lozim. (Reverseni yoqib qo'ygandik, uni o'chirish esdan chiqmasin!)

5-bosqich. Yana sloy stillari

Layer 1 sloyidan dublikat olamiz - Layer > Duplicate Layer.
Endi Layer 1 ni eng yuqori planga olib chiqamiz.
Shu sloy faolligiga ishonch hosil qilib, Fill ko'rsatkichini 0 ga tenglashtiramiz, so'ng shu sloyning Layer Style ikonkasida sichqoncha chap tugmasini bosib Inner Shadow bo'limida parametrlarni quyidagicha qo'yamiz:

Blend Mode: Overlay, Rang - Qora
Opacity: 100%
Angle: 105
Use Global Light: off
Distance: 10
Choke: 0
Size: 51
Noise: 0


Inner glow oynasida esa quyidagi parametrlar o'rnatiladi:

Blend Mode: Normal
Opacity: 13
Noise: 0
Rang: Qora
Technique: Softer
Source: Edge
Choke: 25
Size: 5
Range: 100
Jitter: 0


Hammasini bajargandan so'ng quyidagiga o'xshash natija hosil bo'ladi:

(http://img.uz/images/3587565.jpg)

6-bosqich. Hajmdorlik (3d)
Yangi sloy qo'shamiz. Brush Tool asbobini belgilab olamiz. Cheti yumshoq va ancha katta kist tanlaymiz. Kist parametrlarini (yuqoridagi panelda): diametr: 150px, hardness: 0% kabi o'rnatamiz.
Oldingi plan rangi sifatida oq rangni belgilab olamiz.
Yangi sloyda (Layer 3) kist bilan bir marta aylana markazida bosamiz. Hosil bo'lgan dog'ni yuvib olamiz: Filter/Effects/Gaussian Blur, radius: 25.
Endi Layer 3 sloyiga harirlik beramiz (opacityni 60% gacha tushiramiz).

7-bosqich. Shu'la

Yangi sloy qo'shamiz.
Brush Tool asbobini belgilab olib, 20 diametrli qattiqroq kist tanlaymiz. Oldingi plan rangini oq qilib belgilaymiz. Sharning yuqori chap qismiga bir marta bosib shu'la qo'yamiz.
Gaussian Blur (меню Effects/Blur/Gaussian Blur) radius: 0.5 — yuvib olamiz.
Sloyga stil beramiz (Add a Layer Style tugmasi). Outer Glow effektini quyidagi parametrlar bilan qo'yamiz:

Blend mode: Screen
Opacity: 75
Noise: 0
Rang - sariq
Technique: Softer
Spread: 0
Size: 9
Range: 50
Jitter: 0


8-bosqich. Soya

Layer 1 copy sloyiga o'tib, Fill ko'rsatkichini 25% ga tushiramiz:
Shaffof shar paydo bo'lishining mo'jizali onlari ham yetib keldi ;D!
Endi soya hosil qilami. Fon sloyini faollashtirib, yangi sloy hosil qilamiz.
Shar chegarasi bo'ylab belgilash sohasi hosil qilamiz. Buning uchun Ctrl tugmasini bosib turib Layer 1 (yoki Layer 1 copy) sloyida sichqoncha shap tugmasini bosamiz. Layer 5 sloyi faolligiga ishonch hosil qilgach, D tugmasini bosamiz, baza ranglari o'rnatildi.
Gradient Tool asbobini tanlab olamiz. Optsiyalarda radial gradiyent, inversiya (reverse), gradiyent turini esa - harirdan fon rangi (qora)ga o'tadigan qilib belgilab olamiz.
Gradiyentni markazdan shar chetiga tomon yo'nalish bo'ylab chizib olamiz.
Free Transform (Edit menusida, yoki Ctrl+T) funksiyasi yordamida fonga soya solamiz.
Buning uchun belgilangan soha chetlarini shunday o'zgartirib, soyani o'ngga shunday suringki, quyidagi ko'rinishga kelsin:

(http://img.uz/images/8353486.jpg)
 
Belgilashni yechamiz (Ctrl+D).
Endi soya kontrastini pasaytiramiz. Sloyga harirlik beramiz (opacity = 50%), va soyani biroz yuvib yuboramiz (Filter/Blur/Gaussian Blur filtri, radius: 2).
 
9-bosqich. Tasvir deformatsiyasi

Endi shar ortida ko'rinayotgan tasvirni deformatsiyalaymiz. Layer 5 (soya) sloyini faollashtirib, shar chetlarini belgilyamiz (Ctrl tugmasini bosib turgan holda Layer 1 yoki Layer 1 copy sloylari ustida bosamiz). Spherize (Filter/Distort/Spherize menusi) filtrini 100% qiymat bilan qo'llaymiz, rejim: Normal. Xuddi shu amalni fonga nisbatan ham qo'llaymiz (fonni faollashtirib, Ctrl+F tugmasini bosih orqali unga ham Spherize filtrini qo'llaymiz.

Oxirgi chizgi: shar yuqori qismidagi shu'lani ham biroz deformatsiyalaymiz.
Layer 4 sloyiga o'tib, transformatsiya qilamiz (Ctrl+T) W: 65%; burilish (rotate): 45 gradus,

Enterni ikki marta bosamiz.

                                           Final:
(http://img.uz/images/6616897.jpg)
Nom: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: lolo 26 Yanvar 2008, 23:11:29
manam ozgina ijod qilib ko'rdim, o'xshabdimi oltinga?
(http://i011.radikal.ru/0801/13/d38efdd5bc52.jpg)
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Rukhiya 27 Yanvar 2008, 00:37:42
Iqtibos
manam ozgina ijod qilib ko'rdim, o'xshabdimi oltinga?

Muborak bo'lsin juda yaxshi chiqibdi.
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Murod_bek 27 Yanvar 2008, 11:49:49
Zo'r chiqibdi lolo opa...
Kumush qilsa ham bo'ladimi?
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: esCape 30 Yanvar 2008, 23:44:36
Zo'r chiqibdi lolo opa...
Kumush qilsa ham bo'ladimi?

Кайси бир керак кумушни ?
(http://i030.radikal.ru/0801/5c/295de7cfd031.jpg)
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Murod_bek 31 Yanvar 2008, 14:44:24
esCape - Rahmat okaginam! Eng pasidan ikkida oldingisi tabiiyroq manimcha...
Nom: - Ким Photoshop ни билади? - Man!
Yuborildi: lolo 05 Fevral 2008, 01:55:36
Usmon, siz o'rgatgandaka yasasam negadir o'xshamay chiqdi, yoki siz chuntirolmagansiz, yoki man chunmaganman. Lekin juda murakkabakan. Keyin o'zim boshqacha yasadim:
(http://i041.radikal.ru/0802/81/474ad2c2e784.jpg)
Quyidagicha: Rasmni fotoshopda ochib, new layer sozdat qildim va aylana chizdim, aylanani duch kegan rangga bo'yadim va fillni 0% qildim, unga inner shadovdan stil berdim: rang: oq, Opasity: 30%, Size: 70 atrofida. Yana new layer ochib gradient toolda radialni tanlab oq rangda ozgina chizdim, yana new layer ochib brush toolda nur berdim, tagidagi soyasi uchun 1-layerni kserokopiya qilib rangini qoraroq qildim va uni yangi new layerga merge down qilib qo'shdim, so'ng uni blurda ozgina hiralashtirdim, Control+Tda pachoqladim. Bo'ldi shu! O'xshabdimi?
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Usmon 05 Fevral 2008, 09:23:09
Assalomu aleykum, o'ziz yasaganizni joylaganiz va qanday qilganizi tushuntirganiz uchun rahmat.
Aynan qaysi bosqichdan o'xshamaslikni boshlaganini etsez, balki xatoni birgalikda topardik.
Nom: Photoshopda tasvirlarni bo'yash
Yuborildi: Usmon 06 Fevral 2008, 20:10:29
Photoshopda tasvirdagi obyektlarni bo'yash

Kerakli rasmni tanlab olamiz.
Uni Photoshopda ochamiz.
Maska rejimiga o'tib (Q tugmasini bosish orqali), bo'yalishi kerak bo'lgan soha (obyekt)ni cheti yumshoq kist bilan bo'yab olamiz.
Endi yana oddiy rejimga qaytamiz (Q). E'tibor bergan bo'lsangiz, Belgilangan soha aynan o'sha obyektdan tashqari. Shu sababli belgilangan sohani invert (teskari) qilamiz (Ctrl+Shift+I).
Endi o'sha sohadan yangi sloyga nusxa ko'chiramiz (Ctrl+J).
Final: So'nggi etapda Image>Adjustments>Hue/Saturation (Изображение>Настройка>Оттенок/Насыщение) (Ctrl+U) oynachasini ochamiz va colorize punktini yoqib, ton va boshqa nastroykalarni biroz o'ynaymiz (orqadagi rasm o'zimizga yoqqunicha :D).
Tamom. Sariq olma qizilga aylandi. Gaz 3111 esa.....

Mana bu namuna tasvirlari:

(http://img.uz/images/5725513111_original_milkgrey.jpg)   (http://img.uz/images/6799123111_sky.jpg)
Original tasvir                                                 Bo'yalgan tasvir
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Usmon 21 Fevral 2008, 20:48:53
Bu dars Lens Flare effektining ko'p qirraliligini ochishga harakat qiladi.
Ketdik bo'masa....

1. Yangi fayl oching.  Men - 280 x 280, 300 dpi parametrli fayl ochdim.
Fonni qoraga bo'yang ("D" tugmasi, keyin "Alt+Backspace"). Endi Filter > Render > Lens Flare. Yorug'lik (Brightness)ni 105% belgilang va obyektiv turidan (Lens Type) - 105mm Prime ni tanlang, Оk.
 
(http://img.uz/images/4561331.jpg)

2. Endi Filter > Distort > Polar Coordinates. Polar to Rectangular variantini tanlang, va Оkni bosing. 
Endi Image > Rotate Canvas > Flip Canvas Vertical (tasvirni vertikal akslantirish).
 
(http://img.uz/images/3846232.jpg)

3. Filter > Distort > Polar Coordinates. Bu safar Rectangular to Polar ni belgilab oling.
Qalay? :D
 
(http://img.uz/images/9746053.jpg)

4. Bu hali hammasi emas. Elliptical Marquee Tool [M] ni belgilang, Shiftni bosib turib, sferani belgilab oling. Tasvirdagiga o'xshab.

(http://img.uz/images/7717124.jpg)

5. Belgilangan sohani akslantiramiz - Select > Invert Selection [Ctrl+Shift+I] va Del ni bosamiz, Del ni bosishdan oldin sloy blokdan chiqarilganiga (Unlocked) ishonch hosil qiling.

(http://img.uz/images/10065.jpg)

6. Endi Ctrl+B ni bosib unga xohlagan rangingizni berishingiz mumkin va yana biroz u-bu amallarni ham bajarish mumkin albatta :D

(http://img.uz/images/9972206.jpg)

Qalay  ;)

www.psd.ru
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: boburiy 29 Fevral 2008, 16:15:56
Usmon man ham dars bersam buladimi? Oz muncha bilaman man ham.
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Usmon 29 Fevral 2008, 16:19:59
Off:

Assalomu alaykum, Boburiy!
Dars bersam bo'ladimi, deb so'rab o'tirmang, buning ustiga mendan :D
Albatta bilgan narsangizni joylashtiring. Tasvirlari bilan bo'lsa undanam yaxshi bo'lardi.
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: boburiy 02 Mart 2008, 20:35:40
Асссалому Алейкум форум аъзолари ва меҳмонлари!
Ман сизларга Photoshop дастуридан дарс беришдан олдин бу дастурдаги асбоблар ҳақида маълумот беришни лозим деб топдим. Яъни бирдан дарс бериб юборсам сизлар  тушунмай қолмангсизлар деган умидда шу қарорга келдим. Айтилганидек бажариш балки узингиз ҳам бошқа варианларни қуллашда қийналманлар деган умидда биринчи дарсимни бошладим.Албатта кулдан келганча. Бу Photoshop даги асосий асбоблар:

(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/rectangular_marquee.gif?t=1204467679)Лрсмоугольнас область. Тасвирда турли туртбурчак шаклидаги майдонни белгилаб олиш учун кулланилади. Бу асбоб ёрдамида тасвирдаги алохида майдонни белгилаб олингандан кейин тасвирга киритилган барча узгаришлар факат белги¬ланган майдон ичига таъсир стади. Ушбу тугмага кушимча тарзда SHIFT  клавиши ишлатилса, белгиланган майдон худуди ортади. SHIFT  клавиш урнида АLT клавиши кулланилган такдирда белгиланган майдон худуди кискаради. Ушбу амал Лассо ва Волшебнас палочка асбоблари билан ишлашда кулланилади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/elliptical_marquee.gif?t=1204469825)А­ллиптическас область: Тасвирда дойра шаклидаги майдонни белгилаб олиш учун кулланилади. Бу асбоб ёрдамида тасвирдаги алохдда майдонни белгилаб олингандан кейин тасвирга киритилган барча узгаришлар факат белгиланган майдон ичига таъсир стади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/single_row_marquee.gif?t=1204467667)Строка пикселей: Тасвирда горизонтал шаклдаги чизикни белгилайди. Амалда бу асбоб жуда кам кулланилади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/single_column_marquee.gif?t=1204467778)Столбея пикселей: Тасвир юзида вертикал чизикни белги¬лайди. Амалда бу асбоб хам жуда кам кулланилади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/crop.gif?t=1204469923)Кадрирование: Ушбу асбоб, асосан, тасвир четларини ва кераксиз кисмларини кесиб ташлаш учун кулланилади. Бу буйрук. активлаштирилганда тасвир юзида тугри турт¬бурчак шаклидаги рамка хосил булади. А амканингчетлари кичик квадратчалардан иборат булиб, бу квадратчалар ёрдамида рамка хажми узгартирилади. Тасвир рамка остига олингандан сунг ENTER  клавиши босилса, рамка ташкарисида колган ортикча булаклар кесиб ташланади. Ушбу буйрукни ESC  клавишини босиб рад стиш мумкин.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/move.gif?t=1204471686)Леремес‰ение: Ушбу асбоб тасвирдаги белгиланган майдон¬ни ёки катламни силжитиш ва кесиб олиш учун хизмат килади. Баъзан Леремес‰ение буйругини бажарадиган айни жараённи бошка айрим асбоблар (масалан, Волшебнас палочка асбоби) ёрдамида хам амалга ошириш мумкин .
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/lasso.gif?t=1204468491)Лассо: тасвирдаги турли шаклдаги объектларни белгилаш учун ишлатилади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/polygonal_lasso.gif)Многоугольное лассо: Асосан тасвирдаги тугри чизиклардан иборат обеъктларни белгилашда ишлатилади. ALT  клавиши билан кулланилганда оддий Лассо асбоби вазифасини бажаради.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/magnetic_lasso.gif?t=1204468034)Магнитное лассо: Бу асбоб ишлатилганда Adobe Photoshop дастури тасвирдаги объект чегараларини узи белгилайди. Аммо бу асбоб пикселлардаги рангларни узгаришига боглик.тарзда чегараларни аниклаши боис кам кулланилади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/magic_wand.gif?t=1204468037)Волшебнас палочка: Бирбирига скин булган рангдаги пикселлар жойлашган майдонни белгилайди. SHIFT  билан биргаликда кулланса, белгиланган майдон хажми ортади. ALT билан ишлатилганда сса белгиланган майдон хажми камасди.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/brush.gif?t=1204470410)Кисть: Асрограф асбоби каби тасвирни бусшда ишлатилади. Аммо Кисть ёрдамида тасвирни сифатли бусш мумкин. Бу асбоб асрофафга нисбатан куп кулланилади. Кисть асбобини В клавишини босиш оркали активлаштириш мумкин Brushes дарчаси ёрдамида буёк чуткаларининг шаклини узгартириш мумкин.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/clone_stamp.gif?t=1204470405)Штамп: Тасвирдаги кичик бир булак нусхасини кучириш учун ишлатилади. Бу асбоб тасвирдаги айрим нуксонларни, догларни йукотиш ва сски расмларни тиклашда кенг кулланилади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/history_brush.gif?t=1204469555)Кисть предс‹дус‰их состосний: Бу асбоб тасвир хакидаги дастлабки маълумотлар асосида ишлайди. Унинг ёрдамида тасвирга киритилган сунгги узгартиришларни бекор килиш мумкин.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/eraser.gif?t=1204469793)Ластик: Тасвирни учириш учун ишлатилади. У кулланганда тасвирда фон кайси рангда булса, уша рангдаги чизиклар хосил булади. ALT  клавишини куллаш ёрдамида компьютер хотирасига олинмаган сунгги узгартишларни бекор килиш мумкин. Ластик асбоби Е клавишини босиш оркдли активлаштирилади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/pencil.gif?t=1204467803)Карандаш: Турли чизикдарни чизиш учун фойдаланилади. АLT  клавиши босилганда курсорнинг скрандаги тасвири узгаради ва бевосита тасвирдан керакли рангни танлаш мумкин. Бу амал бажарилгандан сунг Карандаш уша рангда чизик тортади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/line.gif?t=1204468397)Линис: Тугри чизикларни чизишда кулланилади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/blur.gif?t=1204470847)А азмс‹вка: Ушбу асбоб ишлатилганда, тасвирдаги ёркинлик пасасди. АLT  клавиши билан кулланганда ёркинлик ортади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/sharpen.gif?t=1204467674)А езкость: Ушбу асбоб ишлатилганда тасвирдаги ёркинлик ортади. АLT клавиши билан кулланганда сса тасвир хиралашади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/smudge.gif?t=1204467503)Лалея: Тасвирдаги ранглар чайкалтириб, тасвирдаги объектлар уртасидаги чегараларни бир-бирига кушишга хизмат килади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/dodge.gif?t=1204469917)Осветитель: Ликселлардаги ранглар ёркинлашади. АLT клавиши билан кулланганда сса пикселлардаги ранглар хиралашади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/burn.gif?t=1204470399)Заменитель: Тасвир устида харакатлантирилганда пикселлардаги ранглар корамтир тус олади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/sponge.gif?t=1204467324)Губка: Тасвир устида харакатлантирилганда тасвирдаги ранглар микдори пасасди. Губка бир жойда куп харакатлантирилса, тасвирнинг уша жойи кул ранг тус олади.
(http://)Леро: Лерони тасвир устида харакатлантирилганда, нукталар хосил булади. Ушбу нукталар ёрдамида чизилган тасвир¬ни узгартириш мумкин.
(http://)Магнитное перо: Бу асбоб худди Магнитное Лассо каби харакатланади. Бирор-бир тасвирдаги объект атрофида харакатлантирилганда, Adobe Photoshop  дастурининг узи объект четларини белгилаб чикади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/freeform_pen.gif?t=1204468727)Лроизвольное перо: Жуда кулай асбоб булиб, хохлаган ша-клдаги тасвирни у ёрдамида ифодалаш мумкин.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/add_anchor_point.gif?t=1204470415)Вставить точку: Бу асбоб Леро ёрдамида чизилган чизик. устига кушимча нукталарни кушади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/delete_anchor_point.gif?t=1204469917)Удалить точку: Леро ёрдамида чизилган чизик устидаги ортикча булган нукталарни учиради.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/direct_selection.gif?t=1204470101)Аепосредственное вс‹деление: У ёки бу Леро билан чизил¬ган чизикларни тахрир килиш учун хизмат килади. Унинг ёрдамида чизикдаги нукталарни скка тартибда харакатлантириш ва керакли жойга силжитиш мумкин.
(http://s255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/?action-view&current=convert_point.gif)Лреобразовать точку: Тасвир устида чизилган чизикчаларда урнатилган хар бир нукта, бурчак ёки ей вазифасини бажа¬ради. Ушбу асбоб ёрдамида нукталарнинг вазифаларини узгартириш, съни ёйни бурчакка ва бурчакни ёйга алмаш-тириш мумкин. Бунинг учун курсорни нукта устига олиб бориб "žсичконча"нинг чап тугмаси бир марта босилади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/horisontal_type.gif?t=1204469615)Текст: Ушбу асбоб ёрдамида тасвирга турли матнларни киритиш мумкин. Текст асбоби активлаштирилиб, курсор тасвир устида босилса, матн киритиш учун алохида дарча хрсил булади. Бу дарчада харф улчами, тури, ранги ва бошкд улчамлари киритилади. Бу асбоб ёрдамида киритилган матнни кайта тахрир килиш имкони мавжуд смас.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/horisontal_type_mask.gif?t=1204468714)Текст—маска: Текст асбоби каби бу асбоб активлашти¬рилиб, матн устида бир марта босилганда, Текстовс‹й инст¬румент дарчаси хосил булади. Лекин бу матн оддий текстдан тубдан фарк килади. Харфларнинг чети худди Лассо асбобида белгилаш каби куринишга сга булади. Харфларни турли рангларга бусш ва Леремес‰ение асбоби ёрдамида урнидан силжитиш ёки бошка расмга олиб утиш мумкин.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/vertical_type.gif?t=1204464750)Вертикальнс‹й текст: Агар тасвирга пастдан юкорига шаклда (вертикал шаклда) матн киритмокчи булсангиз ушбу асбобдан фойдаланишингиз мумкин.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/vertical_type_mask.gif?t=1204464747)Вертикальнас текст—маска: Худди Текст—маска асбоби каби бир хил вазифани бажаради. Аммо бу асбоб кулланга-нида харфлар устма-уст устун каби жойлаштирилади.
(http://s255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/?action-view&current=measure.gif)Измеритель: Тасвирда турли улчовларни бажариш учун ишлатилади. Бу асбоб билан бир нуктадан иккинчи нуктага курсор олиб борилиши кифос. Adobe Photoshop  дастури автоматик тарзда икки нукта орасидаги масофани улчайди.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/gradient.gif?t=1204469532)Градиент: Бу асбоб ишлатилганда, тасвирдаги белгиланган майдонда ранглар комбинаяисси хосил булади. Асосий рангнинг тасвир фонига сизиб утиш сффекти хросил булади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/paint_bucket.gif)Ковш: Ушбу асбобдан, асосан, тасвирни ёки тасвирдаги ажратиб олинган худудни бусшда фойдаланилади. А англарни кушимча буйрукдарни бажариш оркали танланади. Бу асбобни активлаштириш учун К клавиши босилади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/eyedropper.gif?t=1204469728)Липетка: Тасвирдаги асосий ёки тасвир фони рангини узгартиради, Липеткани тасвир устидаги бирор нуктада босиш билан уша нуктадаги, съни пикселдаги ранг асосий ранг сифатида танланади. Агар айни жараёнга АLT  кушилса, танланган ранг тасвир фонини узгартиришига олиб келади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/color_sampler.gif?t=1204470042)Вс‹борка яветов: Ушбу асбоб тасвирдаги ранглар хакида ахборот олишга хизмат килади. Инфо дарчасида белги куйилган нуктада неча фоиз кизил, кук ва кора ранглар мавжудлиги хакидаги ахборот хосил булади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/hand.gif?t=1204468725)А ука: Тасвирнинг кузга ташланмай турган кисмларини курсатади. Бунинг учун ушбу асбоб активлаштирилиб тасвир устида "žсичконча"нинг чап тугмасини босган холда керакли томонга харакатлантирилади. Айни жараённи Adobe Photoshop  дастури дарчасидаги Аавигатор ёрдамида хам амалга ошириш мумкин.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/zoom.gif?t=1204464735)Масштаб: Тасвирни катталаштириш ёки кичрайтириш учун хизмат килади. Агар ушбу асбоб билан биргаликда АLT  клавиши ишлатилса, тасвир кичрасди. Курсор Ушбу асбоб активлаштирилгандан сунг уз шаклини узгартиради ва лупа куринишини олади. Курсор тасвирнинг кайси нуктасида босилса, Adobe Photoshop  дастури автоматик тарзда уша нуктани скранга скинлаштиради. Масштаб асбобини активлаштириб, ENTER клавиши босилса, Опяис масштабированис дарчаси очилади. Бу дарчада махсус туртбурчак ичига белги куйилса, тасвир улчамлари узгартирилганда тасвир дарчаси хам мос тарзда узгаради. Хар сафар тасвир улчамларини катталаштириш ёки кичрайтириш учун Масштаб асбобини активлаштириш зарур смас. Бошка асбоб билан ишлаш пайтида СTRL+Лробел босилса, ишлатилаётган асбоб вактинчалик Масштаб асбоби вазифасини бажаради ва тасвир катталашади. СTRL + Лробел урнида АLT+Лробел кулланилса, тасвир улчами кичрасди. Шунингдек, тасвир улчамини СTRL + +(плюс) клавишлари ёрдамида катталаштириш ёки СTRL+ — (минус) ёрдамида кичрайтириш мумкин. Adobe Photoshop  дастури дарчаси остида Строка состоснис сатрида тасвир улчамлари хакида ахборот берувчи махсус дарча мавжуд. Бу дарчада тасвир улчамлари сонларда ифодаланган. Ушбу сонларни узгартириш оркали тасвирнинг аник улчамлари киритилади.
(http://i255.photobucket.com/albums/hh154/boburiy/Photoshop/colors.gif?t=1204469927)Основной явет: Ушбу асбоб устида курсор икки марта кетма-кет босилганда Adobe Photoshop  дастурининг снги дарчаси (Вс‹бор явета) хрсил булади. Бу дарчада керакли ранг танланиб, ОК ёки Еnter  тугмаси босилади ва танланган рангни Карандаш, Кисть, Асрограф, Градиент каби асбоблари ёрдамида куллаш мумкин.
А¦вет фона: Ушбу тугма устида курсор ("žсичконча" тугмаси)икки марта кетма-кет босилганда Adobe Photoshop  дастурининг снги дарчаси (Сolor Picker) хoсил булади. Бу дарчада тасвир фонининг ранги аникданади. Тасвир фонидаги ранг Ласточка ва Градиент асбоблари учун кулланилади.


Hozircha shu!!
Nom: Photoshopda tasvirni yashiramiz
Yuborildi: Usmon 13 Mart 2008, 20:38:40
Photoshopda tasvirni yashirish

1

Ikki ixtiyoriy tasvirni tanlab oling. Ularni bir xil (!) o'lchamga keltirib oling.
Qaysi birining ostiga qaysinisini yashirishni belgilab oling. Mos ravishda biri - fon, ikkinchisi - yashirilayotgan tasvir bo'ladi.

Masalan:

(http://img.uz/images/1392511.jpg)     va     (http://img.uz/images/4290192.jpg)
    Fondagi tasvir                                                                       Yashirilayotgan tasvir

2
Ikkalasini Photoshopda oching. Yashirayotgan tasvirga o'ting, paneldan Rectangle [Прямоугольник] asbobini tanlab,  Ctrl+A, keyin Ctrl+X ni bosing.
Endi bu tasvirni yopib tashlashingiz mumkin, u bizga kerakmas.

3
Fonga o'ting. Yangi sloy hosil qiling. Ctrl+V ni bosing.
Asosiy sloyni blokdan chiqaring (ustida sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish orqali), uni yangi qo'gan sloy tepasiga joylashtiring va nomini Layer qo'ying. Yashirayotgan tasvir sloyini 0 deb nomlang.

4
0 sloyidan nusxa ko'chiring (Layer>Duplicate layer).
Yangi sloyni 0 + deb nomlang.

5
0 sloyini faollashtiring. Rabglarni invert qilish uchun Ctrl+I ni bosing.

6
Endi to'r yasab olish zarur.
Harir sloyli yangi tasvir hosil qiling, o'lchami: 2х2. Pencil tool [Карандаш] asbobi yordamida (kist o'lchami 1 piksel bo'lsin) diagonal bo'ylab joylashgan ikki kvadrat chizib olamiz.
Quyidagicha:

(http://img.uz/images/645009kvad.jpe)

7
Edit->Define Pattern [Редактировать->Определить образец] amalini bajaring va namunani xohlagan nomingiz ostida saqlang.

8
Asosiy tasvirga o'ting. Yangi sloy hosil qiling. Bu sloy 0 + dan yuqorida, fon (layer)dan pastda joylshsin.
Yangi sloyni faollashtirib Edit->Fill [Редактировать->Заполнить] ga kiring va kvadratli namunangizni topib shu bilan bo'yab oling.

9
Ctrl ni bosib turib, patternli sloyni bosing (sloy belgilanadi). Endi 0 + sloyi ustida sichqoncha bilan bir marta bosib,  Delete tugmasini bosing. Endi Ctrl+D ni bosing. 0+ sloyi faol holatda Ctrl+E tugmalarini bosish orqali ikki sloyni (0 va 0+) birlashtirib oling.

10
Patternli sloyni ko'rinmas qilib qo'ying (bunig uchun o'ng tomondagi ko'z tasvirli belgini bosing). Asosiy fon sloyini 0 + dan yuqoriga joylashtiring. Sloy harirmasligini [Opacity] 2-50% orasida belgilang.

(http://img.uz/images/84612210.gif)

11
0 + sloyiga o'tib, Ctrl+E ni bosing. Image->Adjustments->Brihtness and Contrast [Изображение->Корректировка->Яркость и Конраст] ga kirib, kontrastga -40 qo'ying.

Final!
Hammasi tayyor. Faylni saqlab oling. Endi Internet Explorerda faylni ochib, Ctrl+A tugmasini bosish kifoya. Yashirgan tasviringiz mo'ralab turibdimi  ;)

Namuna:
(http://img.uz/images/137797plus.jpg)

P.S. Ha aytgandek, bu effektning amaliy tatbiqi forumning futbol bo'limidagi Futbol viktorinasi mavzusida mavjud.
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Mustafo 13 Mart 2008, 21:00:50
Lekin kompyuteriz  ko'tara olmasa  ko'p urinish xam yahshi emas :(
Nom: Photoshopda Gelli matn
Yuborildi: Usmon 31 Mart 2008, 21:37:40
Gelli matn

Eslatma: Gelli matn oq fonda yaxshi ko'rinadi
400х400 piksel hajmli yangi tasvir fayli oching. Matningizni R0 G51 B222 rangda yozib oling.

(http://img.uz/images/7708741(1).gif)

Ctrl ni bosib turib, sloylar panelidagi matn sloyiga sichqoncha bilan bosing (bunda matn belgilanadi). Yangi sloy hosil qiling. Belgilangan sohani 5 px ga qisqartiring (Select > Modify > Contract). Belgilangan sohani R31 G82 B255 rangga bo'yang. bu sloyning nomini "1" deb qo'ying. Belgilashni bekor qiling (Ctrl+D). Sloydan nusxa oling (Layer > Duplicate Layer). Yangi sloy nomini "Gel" qo'ying. Sizda hozir 4 sloy mavjud (Background ni ham hisobga olganda).

(http://img.uz/images/7371942(1).gif)

Endi "Gel" sloyiga ishlov beramiz. Sloyni 5 px miqdorda "yuvib yuboring" (Filter > Gaussian Blur). Endi: Layer > Layer Style > Bevel & Emboss ga kiring. Xuddi skreenshotdagidek parametrlarni qo'yib chiqing.

(http://img.uz/images/8750013(1).gif)

(http://img.uz/images/34493531.jpg)

Endi hajmdorlik berish uchun: Image > Adjust > Curves (Ctrl+M) ga kiring va egri chiziqni screenshotdagidek ko'rinishga keltiring.
(http://img.uz/images/2519954(1).gif)

(http://img.uz/images/8985954.jpg)
Finish!

(http://img.uz/images/557257final.jpg)

Muallif: Dan
G'oya mualifi: TeamPhotoshop.com
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Mars 01 Aprel 2008, 10:32:19
Kechirasiz buni photoshopni qayerdan olsam bo;ladi?
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Usmon 01 Aprel 2008, 10:56:31
Off: Photoshopning trial versiyasini http://www.adobe.com saytidan, xususan, http://www.adobe.com/products/photoshop/photoshop/ linkidan topishingiz mumkin. Disk (programma) sotadigan do'konlarning ham deyarli hammasida bor.
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: lolo 08 Aprel 2008, 23:00:39
Mani 5 ta moshinam bor!
(http://i049.radikal.ru/0804/8e/2379017a018b.jpg)
(http://i002.radikal.ru/0804/28/d6fa028120fb.jpg)
(http://i023.radikal.ru/0804/af/1ab72e5d1bfa.jpg)
(http://i045.radikal.ru/0804/80/2cd39e3cc896.jpg)
(http://i015.radikal.ru/0804/a7/8d07a7b3280b.jpg)
(o'xshaptimi?)
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: lolo 08 Aprel 2008, 23:13:28
Lens Flare effektini ham bajarib ko'rdim:
(http://i012.radikal.ru/0804/ff/5d47883a76be.jpg)
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Rukhiya 08 Aprel 2008, 23:14:39
Qaysi programmadan foydalanasizlar? Qayerdan yuklab olsam bo'ladi? Link berilar, iltimos.
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: lolo 08 Aprel 2008, 23:16:52
yuqorida Usmon link berganlaku ko'rmadizmi?!...
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Rukhiya 08 Aprel 2008, 23:17:44
yuqorida Usmon link berganlaku ko'rmadizmi?!...

Uzr ko'rmay qolibman. Rahmat.
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: lolo 08 Aprel 2008, 23:20:51
Bu esa tasvirni yashirishga misol:
(http://i008.radikal.ru/0804/57/cb43c9d7f670.jpg)
(manimcha uncha o'xshamagan...)
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Ulugbek-Uz 02 May 2008, 17:23:13
Ajoyib! Usmon iltimos Photoshop va Flahs haqidagi darslarni hammasini pochtamga jonataolasizmi? manda e-bookla ko'p lekin ularda bunchalik aniqroq va qiziqarli berilmagan.

Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Usmon 05 May 2008, 09:54:41
Assalomu alaykum.
Men o'zimda bu darslarni saqlamayman. Shu sababli sizga ularni jo'natishning iloji yo'q.
Shu yerdan o'qib olarsiz deb umid qilaman. Darslar to'xtab qolgan edi. Yana boshlash niyat bor.
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Ulugbek-Uz 06 May 2008, 10:05:56
Assalomu alaykum.
Men o'zimda bu darslarni saqlamayman. Shu sababli sizga ularni jo'natishning iloji yo'q.
Shu yerdan o'qib olarsiz deb umid qilaman. Darslar to'xtab qolgan edi. Yana boshlash niyat bor.

Yaxshi, Usmon. Rahmat. Salomat bo'ling.
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Mars 20 May 2008, 21:33:21
Assalomu alaykum "Photoshop" bilan "Gimp" ni qanday farqi bor?
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 05 Yanvar 2009, 17:56:20
Menga kimdir Photoshop CS2 ni kalitini topishga bersin. Rosa izladim. Unga kiring bunga kiring deyilgan, xullas tayinlisini topolmadim. Yaxshi manzilini kimdir biladimi?
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 16 Yanvar 2009, 09:25:30
Assalomu alaykum, Birodar.

Men Adobe Photoshop CS3 ni o'rnatdim. Endi uni crackini qayerdan olaman. Yaxshi manzilini bering, iltimos.
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 30 Yanvar 2009, 20:28:22
Assalomu alaykum, Birodar.

Men Adobe Photoshop CS3 ni o'rnatdim. Endi uni crackini qayerdan olaman. Yaxshi manzilini bering, iltimos.

Meni iltimosimni esdan chiqarib qo'ydinglarmi??????
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: Ulugbek-Uz 30 Yanvar 2009, 21:45:38
Assalomu alaykum, Birodar.

Men Adobe Photoshop CS3 ni o'rnatdim. Endi uni crackini qayerdan olaman. Yaxshi manzilini bering, iltimos.

Meni iltimosimni esdan chiqarib qo'ydinglarmi??????

Лочтангизга жунатвордим хозир. жаволар"майл.ру га
Nom: Re: -=Ким Photoshop ни билади ?=-
Yuborildi: x-boy 18 Fevral 2009, 22:02:39
menda photoshopning original diski bor kimga kerak bulsa kalitini topishib yuboraman javascript:void(0);