Xalqimizning o’tmishdagi yozuvlari haqida gap borganda, 20 dan ortiq yozuv haqida gapirishga to’g’ri keladi. Negaki, yurtimining turli joylaridn topilgan arxeologik topilmalardagi yozuvlar mana shularni taqazo qiladi. Bu yozuvlar quyidagilar:
1. Finikiya (Kanon) yurti Somiy consonant yozuvi (m.av. XIII asrdan — milodiy I ming yillik boshiga qadar).
2. Oromiy (m. av. I ming yillikda finikiy yozuvidan ajralib chiqadi, bu yozuv X-XI asrlar o’zlashtirilgan).
3. Sog’diy (m. av. IV asrdan — milodiy XI asrgacha).
4. Xorazmiy (m. av. I asrdan — milodiy IV asrgacha).
5. Pahlaviylar (m. av. I asrda Parfiya davlatida shakllangan).
6. Boxtariylar (m. av. IV — III asrlarda Baqtriya davlatida shakllangan).
7. Kxoshatrilar (yunon) (m. av. III - I asrlar).
8. Monaviy (III asr)
9. Suryoniy (IV asr)
10. Brahma (IV asr)
11. Eftalit (V — VI asrlar)
12. O’rxun (V — VIII asrlar)
13. Uyg’ur (IV — XVI asrlar)
14. Arab (VII — 1929 yilgacha)
15. Lotin (1929 - 1940)
16. Kirill (1940 - hozirgacha)
17. Lotin (1993 - hozirgacha)