Baqlajonli terma (qadam baqadam)  ( 3037 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  13 Sentyabr 2012, 01:29:44

 :asl3:

Baqlajon va qiyma bir-biriga judayam yarashadi, xilma-xil yeguliklar tayyorlashimizda bizga yordam beradi. "Nima pishirsam ekan?" deb turganingizda sizga darrov yordamga keladi bu ikkisi:)

O'tgan hafta 3-4 xil yangi kotlet sinadim, o'rgandim alhamdulillah, sizlar bilan ham bo'lishgim keldi, yordamim tegsa men xursand bo'laman azizlar.


Masalliqlar:

(bu miqdor 6 kishilik, agar kamchilik uchun pishirmoqchi bo’lsangiz baqlajon va qiyma miqdorini kamaytirishingiz mumkin)

1 kg uzun, ingichka baqlajon( ingichka bo’lishi muhim, chunki duxovka idishiga terayotganingizda oson bo’ladi, ham shakli chiroyli chiqadi)

400 gr qiyma
1 dona piyoz (qirg’ichdan o’tkazing)
Xohshingizga qarab petrushka, ukropni mayda to’g’ralgan holda qiymaga aralashtirishingiz mumkin.

Sousi uchun:

 Baqlajon va kotletlarni ko'madigan qadar qaynagan suv (men 500 ml qadar quydim)
1 qoshiq tomat
0.5 qoshiq tuz

Baqlajonlarni qovurib olish uchun 1 stakan qadar yog'


Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2012, 01:30:16

Keraklicha baqlajonni yuvib, quritamiz.



Yuvib, quritilgan baqlajonlarni 1 sm qalinligida to'g'raymiz.



To'g'ralgan baqlajonlarni yog'da yengilgina qovurib olamiz, ustlari biroz qotsa bo'ldi, pishishi shartmas, bo'lmasa ezilib ketadi:




Qiymali masalliqni ichiga xohishga qarab, ukrop, petrushka mayda to'g'ralib solinadi, bular yo'q bo'lsa shart emas.



Baqlajonlarni qovurib olgandan keyin, dumaloq duxovka idishimizga bir baqlajon, bir kotlet qilib terib chiqamiz.



Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2012, 01:30:32

Ilk marotaba pishirganimda 3 kishilik qildim, sinash uchun, idishim to'lmadi:




Sousini solamiz:



va 200 darajali duvovkada 45-50 daqiqa pishiramiz.

Va taomimiz pishdi:



Oq palov yoki bulgur palovi bilan ikrom etishingiz mumkin, yoqimli ishtaha:)


Qayd etilgan