Bahri bayt  ( 872850 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 206 207 208 209 210 211 212 213 214 215 216 ... 255 B


Robiya  21 Oktyabr 2009, 22:51:20

Sening ishqingda bitdi sabru bardosh,
Ko'zim yoshi etar pinhon sirim fosh.
Bu oshiq ko'ngli misli ho'l yog'ochdir -
Kuyar bir uchi, bir uchi to'kar yosh.

Bobo Tohir

Qayd etilgan


Abdulhafiz  21 Oktyabr 2009, 23:18:44

Shafqat aylab ko'rsating man osiyga rohi vusul,
Chunki isyon ranjidin muhtojingizdurman malul,
Yig'labon har dam bu sarsoni biyoboni hamul,
Sidq ixlosim bila, ey oli ashobi rasul,
Ruhingizg'a qo'l ochib, shomu sabo aylay duo.
Huvaydo

Qayd etilgan


Robiya  21 Oktyabr 2009, 23:26:44

Olsang - da jahonni zo'r bilan - oxiri hech,
Yuz yil yashasang - da unda san - oxiri hech.
Dunyodagi bor shohlar oyog'ingni o'pib,
Tursa sening xizmatingda shan - oxiri hech.

Ubaydiy

Qayd etilgan


Abdulhafiz  21 Oktyabr 2009, 23:45:21

Chandon kishi bu dunyoda ko'p molu zar etti,
Hech topmadi poyon,
Tashlab borini, suyi go'riston guzar etti,
Bo hasratu armon.
Huvaydo

Qayd etilgan


Robiya  21 Oktyabr 2009, 23:56:52

Nomai a'molda bormi mazmun, so'ray?
Bul narsani qandoq so'ray, chun so'ray?
Yaxshisi ko'kragimdan bir darcha ochib,
Qonli yuragimdan bu hol sharhin so'ray...

Pahlavon Mahmud

Qayd etilgan


Abdulhafiz  22 Oktyabr 2009, 00:09:41

Yo Qodiro, gunohimdin sharmandaman,
Ilgim olib afv etmasang, darmondaman,
Ojiz qulman, harna qilsang - farmondaman,
Rahmon egam, aro yo'lda qoldim mano.
Ahmad Yassaviy

Qayd etilgan


Robiya  22 Oktyabr 2009, 00:23:29

Oqilga past kishi ko'rguzsa jafo,
Ko'p alam chekmasin bo'lib dilsiyo.
Arzon tosh sindirsa zar kosani gar,
Tosh narxi oshmaydi, pastga tushmas zar.

Sa'diy

Qayd etilgan


Robiya  22 Oktyabr 2009, 01:00:16

Ruhim begumon senga har on yor erdi,
Oshufta bu jonim-da mudom zor erdi.
Dil bo'lgan emas senga giriftor senga,
Ul asli azal senga giriftor erdi.

Ubaydiy

Qayd etilgan


Abdulhafiz  22 Oktyabr 2009, 06:44:03

Ilohiy, jumla mo'minni Ato birla Ano haqqi,
Gunohini bag'ishlog'il tamomi anbiyo haqqi.
Aziz jon labga yetg'onda, o'lumni vaqti kelgonda,
Qil oson talxiyi jonni habibing Mustafo haqqi.
Huvaydo

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Oktyabr 2009, 07:06:16

Istasang toza ko’ngilga qo’nmasin zarra g’ubor,
Pok so’zu pok ish va pok dil, pok xayol bo’lmoq kerak.
Jismu jonimga desang begona bo’lsin xastalik
Ishq zavqu dardi birlan xasta hol bo’lmoq kerak.
Qalbga gar istarsan orom, bo’l yomon so’zdan yiroq,
Karvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo’lmoq kerak:D

Erkin Vohidov


Qayd etilgan