Men koreys yoshlarining bitta xarakteriga umuman tushunmayman: birorta chet ellik odamning oldida bir-birlari bilan inglizcha gaplashmoqchi bo'lishadi. Inglizchada "okey" va "good" kabi oson so'zlardan bor-yo'g'i 5-6ta bilishadiyu, tag'in chet ellikni oldida o'zini ko'rsatmoqchi bo'lishadi. Boya metroda Seuldan kelarkanman 3ta maktab o'quvchisi ro'paramda o'tirib kelishdi. O'z tillarida pichirlab gaplashishyaptiyu, ora-sira ataylab menga eshittirib inglizcha gapirib qo'yishadi. Go'yoki, mendan "Vo, inglizchani zo'r bilarkansizlar. Qoyil",degan maqtovni kutishyotgandek. Men esa bir ensam qotadi, bir kulgim qistaydi, bir jaxlim chiqadi...