31. Sajdaga borishdan oldin takbir aytish - sunnat.
32. Avval ikki tizzani, keyin ikki qo‘lni, so‘ngra burun va peshonani yerga qo‘yish - sunnat.
33. Yetti a’zo bilan, ya’ni peshona, ikki qo‘l, ikki tizza, ikki qadam bilan sajda qilishlik - rukn.
34. Peshona bilan burunni qo‘shib sajda qilish - vojib.
35. Erkaklar sajdada qorinlari bilan sonlarining orasini ochiq qilishlari va tirsaklarini yerga tekkizmay turishlari, ayollar esa qorinlarini sonlariga yopishtirib, tirsaklarini yerga tekkizib turishlari - sunnat.
Chunki ayollar doimiy berkinishga buyuriladilar.
36. Sajdada burunning ikki yoniga qarashlik - odob.
37. Sajdada uch bora «Subhana Rabbiyal ‘ala», deyishlik - sunnat.
38. Sajdada bir oz xotirjam turish - vojib.
39. Ikki sajda o‘rtasida takbir aytish - sunnat.
40. Ikki sajda o‘rtasida o‘tirishlik - vojib.