assalamu alaykum wa rohmatullah forumdosh birodarlar!
Allohning Kalomini o'qiganga qanchalik ulkan ajrlar bitilishini Quron va Hadisda bayon qilingan va buni mendan ko'ra yaxshi bilgaysiz inshAlloh.
Alloh va Uning Rasuli (sav) aytgan hushxabarlarni qo'ldan boy bermaslik uchun birodarlar bilan birgalikda Quroni Hatm qilsak, Jannat ne'matidan, Alloh ajridan va o'ng tomon egalaridan bo'lishni umid qilgan, Hatmda ishtirok etishni hohlovchilar diqqatiga:
Ishtirokchilar Quron poralarini bo'lib olishadi (har kim hohlagancha va qodir bo'lguncha) va zimmalariga olgan poralarni maslahatlashib va belgilab olingan muddatgcha o'qib ado etishlari lozim, 30pora taqsimlanib olingach bitta komanda to'lgan bo'ladi va keyingi komanda yana bo'lib olishadi ishaAlloh.
Hozircha birinchi komanda 30 porani taqsimlab olishdi.
1-dan 5- poragacha Kamoljon ismli ukahonimiz oldilar.
6-dan 10-poragacha Hakimxon ismli akahonimiz oldilar.
11-dan 15-poragacha Azizxon akamiz oldilar
16, 17, 18- juzlarni Furoqnbek oldilar.
19, 20- juzlarni Bobojon ukamiz oldilar
21-dan 25-juzgacha Tohir hoji akamiz oldilar.
26, 27, 28-poralarni Ravshanbek do'stmiz oldilar
29- porani Bahrombek do'stimiz oldilar
30-porani kamina
Ikkinchi komandada
30-porani Husniddin do'stimiz band qildilar
O'qishni bilganimda men ham ishtirok etar edim deya afsuslanmang o'zizni o'rnizga biror bir tanishiz, birodariz, yaqinizga aytishingiz mumkin zero Nabiy (sav) "dalolat qilguvchi ham savob sohibidur" degan ekanlar.
Darvoqe muslimalar ham qatnashishi mumkin
Mavzu bo'yicha fikr-mulohaza, taklif va e'tirozlaringni kutib qolamiz
Allohdan bu kabi hayrli ishlar hayolda emas, hayotda bo'liahini va davomli va hayrli bo'lishini tilab va so'rab qolamiz.
Assalamu alaykum