Bizni ayollarimiz shunchalik arzonmi?
Ularni oilalari qayerda?
Bu Turkiyadan kelganlar o'zlarini nima deb o'ylashyabdi?
Bu ayollarni ERKAK qarindoshlari nahotki bu voqealarga hech narsa deyishmagan bo'lsa.....
Siz aytgan holatni men ham ko'rganman. ERKAKni asosiy aybdor qilishdan avval uning yonidagi AYOLga ham qaranglar.
Odatda o'zbek oilasida, ko'pincha, bunaqa masalalarni AYOLlar hal qilishadi. Ya'ni ayolni ayol yaxshi tushunadi, degan aqidaga amalan, erkaklar ayollarning fikriga rozi bo'lishadi.
Yuqoridagi holatda esa, odatda o'sha turklaringizga ancha-muncha bokira qizlar turmushga chiqishga va o'shalar aytgan shartga rozi bo'lmaydi. Ularga asosan, avvalgi turmushi yaxshi bo'lmagan yoxud "o'tirib qolgan" qizlar tegishyapti. Bu tabiiy holat. Ikkinchidan ular ham musulmon. Shariat bunga ruxsat beradi. Endi erkaklar nima qilsin? Singlisi yoki opasining ersiz qiynalayotganiga qarab turaveradimi? Siz aytganingizdek, yurtda ularning kriteriyalariga to'g'ri keladigani topilmasa, toq o'tmaydi-ku. Rozi bo'ladi-da, ularni ham tushunish kerak. Yuqorida siz aytgan qiz bo'lsa, o'zida qoladi, o'g'il bola bo'lsa opketadi, degan gaplar keyin chiqadi. U ham qonunan hal qilinadi.
Assalomu-alaykum, barchaga hayirli kunlar yor bo'lsin.
Shoir- Turklar ham Musulmon, mayli dinimizni buyrug'iga ham to'g'ri keladi.
Bolani olib qolish, yoki berib yuborishni ham qonun hal qilsin.
Lekin hamma narsa bu ruhsat berilgan ikki holatdan iborat emas.
Bir narsani unutishyabdi o'z qizlarini bunday turmushga berayotgan
Ayollar. Turmush qurish, degan narsa insonlarni nafsoniyatlarini bir damgina bo'lsin qondirish, degani emas! Turmush faqatgina - Farzand ko'rish, degani emas.
Qolaversa men aytgan misolda erkaklar ko'pi bilan 2 yil ishlab keyin "qochib ketishar" ekan...
Bumi bir qizni orzu-havasi? Ho'sh 2 yildan keyin farzandi 1 yoshga kirdi, deylik. Xozirgi kunda O'zbekistondagi moddiy sahroitni hisobga oladigan bo'lsak, bir bolani yeyish-ichishini o'zi palon pul bo'ladi. Erkak ketdi, qulog'ini ushlab, ayol yangi tuqqan, ho'sh uning qornini kim to'ydiradi?
Bundan nikohga rozi bo'layotgan ayol-onalar yoki otalari, nimani isbot etishmoqchi?
Aha ko'ringlar meni qizim ham farzand ko'ra oladi' nimi? U bolaga ota-onani mehri baravar kerak bo'lgan joyda ota qayerda?
Balki hech kimga aytmagan Turkiyadagi oilasini yonida O'zb-da uylanganiyu, farzandi bo'lganiniyu unutib, oddiy hayotiga davom etayotgandir?
Toshkentdagi Turkiya Buyuk Elchixonasida ishlaydigan dugonam bor.
Hisob-kitoblarga ko'ra Turklar 1992-1997 yillari orasi 350 ga yaqin bolani otasiz tashlab ketibdi! Eslataman- bu faqatgina Toshkentdan olingan ma'lumot. Boshqa viloyatlardagi ma'lumotar yetib kelmagan. Turki yoki boshqasi bu yerda bular muhim emas, asosiysi qizlarimizga 1 yillik "er" bo'lib keyin hayr-mazirni ham nasiya qilib ketayotgan hammaga tegishli bu gaplarim. Turklar Musulmon bo'lgani uchun-ularni "shansi" ko'proq deylik mayli....
Qizlarimi bunchalik arzon bo'lmasligi kerak, yana qaytaraman.
Shu qiz 30ga kirdi, deylik. Uni onasi 9 oy qornida tashidi, nima umidlar, qiyinchiliklar bilan katta qildi. Shu yoshga kelguncha hazilakam qiyinchiliklar ko'rmagandir bu qiz va oilasi. Osonmi bir insonni 30 yoshga kirishi!
Ho'sh 30 yillik umrni 1 yillik-ertasi aniq bo'lmagan turmushga almashtirishga arziydimi???
Balki turmushga chiqmay o'tishi uning uchun eng hayirlisidir, Alloh ham uni balki shunday imtihon qilayotgandir.
Afsus bizda ko'p holatlarda biz o'z o'zimizga hurmat ko'rsatmaymiz, odam o'rniga qo'ymaymiz. Biz o'zimizga "inson" muomalasi qilsak, bizdan hech kim "bola ko'paytiradigan inkubator" qilib foydalana olmaydi!!!