Toatibodat birmuncha vaqt davom etdi. Shundan keyin birinsirin tarqaldilar. Birov yerga choyshab to‘shadi, yana birov tuyasiga suyandi, shu tariqa qattiq uyquga ketdilar. O’ yerdan jilgan ikki kishi orasidagi mana bu suhbatni eshitganlar bo‘ldi:
— Yaxshiki, bunday bir chora topildi. O’ziyam rosa sog‘ingan edim butimni.
— Yaxshisi, o‘zimning butimni olib yuraman endi. Usiz qilingan ibodat ruhimni yengillashtirmadi mening.
— Aslida shundaykuya, ammo nima qilasan. Safar deb qo‘yibdilar buni. Butlarimiz shuni hisobga olib bizni ma’zur tutsalar, ajab emas.
Karvon ahlining ko‘pchiligi shu fikrda yakdil edi.
Maza qilib uxlashni ma’qul ko‘rgan bir yigit bilan butga sig‘inib kelgan birodari orasida esa, shunday hangoma bo‘lib o‘tdi:
— Borganingda yaxshi bo‘lardi. Odamning ruhi yengil tortadi.
— Men yengil tortmas edim.
— Nimaga?
— Axir, o‘zing o‘ylab ko‘r, tuyani sog‘dilar, suti bilan qorgan loydan vaqtinchalik but yasadilar. Sig‘inib bo‘lishgach, bir burchakka otdilar. Shunday emasmi?
— Ha, shunday. Men bunday butga sig‘inishni istamayman.
— Nimalar deyapsan o‘zi?
— Nimani eshitgan bo‘lsang, shuni.
— Ammo bunday deyishing to‘g‘ri emas. Safarda bo‘lsak, boshqa ilojimiz yo‘qda, axir. Yo‘limiz xavfxatarga to‘la. Boshimizga biron falokat tushmaydi, deb xech kim kafolat berolmaydi.
— Shu loy sanamga sig‘insak, keladigan balo daf bo‘ladimi?
— Baribir, sening fikring noto‘g‘ri. Makkada si 1 g‘inganlarimiz ham tosh yoki yog‘och parchasi emasmi?
— Shundaylikka shundaykuya, ammo ular ota-bobolarimizdan qolgan ilohlar. Ularning qarshisida bunday narsalar esga kelmaydi. Ular haqiqiy iloh bo‘lmasalar, ota-bobolarimiz ularga sig‘inisharmidi?
— Ertaga bizning farzandlarimiz ham shunday deydilar.
— Shunday derlar ham, ammo sizlar bu ishga yengilelpi qarayapsizlar. Shunchaki qo‘lbola yasab olgan loybutni iloh demoqdasizlar. Ertaga uyga qaytganimizda, bizning bu ishimizdan xabardor bo‘lgan Hubal ne deydi, Lot, Uzzo,iManot, Isof, Noila kabi ilohlarimiz nima derkan? Yo‘q, azizim, masala sizlar o‘ylaganchalik ko‘ngilxushlik masalasi emas aslo. Yo butni yoningda olib yur, yo bunday soxta ibodatga chek qo‘y.
— Agar masalaga chuqur yondashsak, butni bu yerga olib kelishimiz ham unga bo‘lgan hurmatsizlik emasmi? Olamiz, qo‘yamiz, yana olib yuramiz. So‘ngra, qoshida bosh egib sig‘inamiz, undan yordam so‘raymiz...
Suhbat shu yerda bo‘lindi. Chunki aql bilan o‘ylab ko‘rganda, bu masala tobora boshi berk ko‘chaga kirib qolayotgan edi. Ilohlar haqida bilibbilmay munozara qilib, boshga balo orttirgandan ko‘ra, suxbatni shu yerda tugatish afzal ko‘rildi.