Semirtiradigan mahsulotlar
Oddatda ayrim mahsulotlarni ko'p yesangiz ham semirmaysiz, lekin ayrimlarini kunda yeb tursangiz vazningiz nihoyatda ko'payib borayotganining guvohi bo'lasiz. Nega unday? Aslida mahsulotlarning kalloriyasi bunga sababchidir. Yuqori kalloriyalik mahsulotlar semirish uchun oson imkoniyat tug'diradi.
Agar siz ozmoqchi bo'lsangiz o'zingizni och qoldirib qiynamang. Iste'mol qilayotgan mahsulotlaringiz orasidan yuqori kalloriyaliklarni olib tashlang, yoki kamaytiring.
Eng yuqori kalloriyaga ega bo'lgan mahsulotlarga quyidagilar kiradi:- O'simlik yog'i;
- Sariyog';
- Jizza;
- Dumba yog'i;
- Cho'chqa yogi va go'shti;
- Kolbasa;
- Yong'oq va danaklar;
- Shokolad;
- Kremli tortlar.