MaxCmd ga men ham javob berish niyatida edim.
Musannaf Adhamning gaplari ayni muddao bo'ldi.
Assalomu alaykum.
Yuqoridagi ko`p fikrlarni o`qidim. Ba'zilarini o`qib xursand bo`ldim, ba'zilari(!) ensani qotirdi.
Mavzu dolzarbligicha qolib ketibdi. Menimcha, qolib ketadi.
Y_U_R_I_S_T aytganidek, muammosiz davlatning o`zi yo`q. Davlatning biror bir muammosining o`ziga turli tomondan qarash mumkin. Y_U_R_I_S_T ning bir gapi odamga sal boshqacharoq ta'sir qildi:
"Lekin menga xalqining barchasi to'q yashayotgan, qashshoqlari yo'q bitta davlatni ko'rsatingchi.Yoki menga migratsiyasi(aholining chetdan kirib kelishi), emigratsiyadan(aholining chetdan kirib kelishi) yuqori bo'lgan bitta davlatni nomini aytingchi."
Qiziq, bu odam o`zini yupatishi uchun aytilishi kerak bo`lgan gaplarmi? "Ana, Afrikada odamlar ochlikdan qirilib ketyapti, biz bir kungina och qolibmiz." Alam qilmaydimi bu gaplar? Umuman, sal tafakkurli odam uchun og`irku bu gaplarni eshitish?
Endi gapning indallosiga ko`chsak, men muammolarni aniq faktlar ko`rsatib o`rtaga tashlamoqchiman.
Mana shu faktlar asosida hurmatli Y_U_R_I_S_Timizdan maslahat olamiz. Agar shu mavzuni o`rtaga tashlagan Y_U_R_I_S_Timiz bu muammolarning yechimi haqida biror narsa deyolmasalar, menimcha, taxallus bu kishiga munosib emas(!).
O`zim Farg`ona viloyatidanman. O`zimizda ish joyi yetarli emasligi tufayli hozir Toshkentda ishlayman. Har oyda uyga borib kelaman. So`nggi 5-6 yil ichida uyga borsam ichim eziladigan bo`lib qolgan(ayniqsa, qishda).
Sabablar ko`p. Shularning eng kattalarini aytib o`taman:
1. Tasavvur qiling, uyingizda kechqurun elektr toki yo`q. Qanchalik yuragingiz siqilsa kerak-a? Ayni damda esa, butun bir boshli tumanning qishloq joylarida kechasi elektr toki "tasodifan" har kuni o`chadi. Kunduzi nomiga soat 10 dan 15 largacha yoniq bo`ladi. Tasavvur qilyapsizmi? Odamlar uchun qanchalik og`irligini? Turli bahonalar bilan bu muammoni chetlab o`tishga harakat qilmang. Hozir bizning qishloqlarda gaz yo`q. Hamma o`tin yoqadi. Sovuqni esa ko`rib turibsiz. O`lganning ustiga tepganmi bu? Ilinj nimaligini hamma yaxshi biladi. Qishda qishloq aholisi uchun elektr toki o`sha ilinjlarning kattasi. Bechoralar kimga dodini aytsin? Xo`p, bilaman, umuman elektr toki nimaligini bilmaydigan xalqlar ham bor. Buni ro`kach qilish shart emas. Lekin bor narsani xalqqa bermaslikni qanday tushuntirasiz? Bilishimcha, bu faqat biz tarafda emas, viloyatlarda yashaydigan ko`pchilik mana shu muammoni bilishsa kerak.
2. Kechirasizku, Y_U_R_I_S_T, 3-sinf o`quvchilarini maktabda o`qitishning o`rniga majburlab paxta dalasiga haydashga nima deysiz? Tasavvur qilinglar, 8 yoshli qizchangiz bo`yiga ikki barobar keladigan paxtaning ichida yuribdi!!! Buni ham nima bilandir oqlarsiz??? Qaysi qonunga to`g`ri keladi bu? Yoki umuman "ADOLAT" degan tushunchani ongimizdan chiqarib tashlaylikmi?
Y_U_R_I_S_T, yutuqlar ko`p. Ularga ko`z yumolmaymiz. Lekin bu yutuqlarni yuvib ketadigan, qalbimizga juda og`ir botadigan(botayotgan) ishlar ham ko`p. Alam qiladigani, ular yaqin 5-10 yilda yechimi topilishiga ishonmaydi, odam. Men faqat 2 ta holatni keltirdim xolos. Qolganini aytmadim, hali bilmaganlarim ham bor.
Shularning izohini sizdan kutaman. Yechimini ham. Chunki, men o`zim yechim ham, izoh ham, taskin ham topolganim yo`q...
Forum a'zolari, sizlarning izohingizni ham kutaman.
(Xalqimiz esa, shularga shukr qilib yashamoqda. To`g`ri, ba'zida nolib ham qo`yishadi...)
Yana bir gap: har doim ham fikrga qarshi chiqish shart emas. "qaysar"lik qilish, menimcha, noo`rin. Hurmatli Birodar eng oqilona gaplarni gapirganlar.
Hurmat bilan.
Kamchililarning barchasini qabul qilgan holda, quyidagini etiboringizga havola qilaman:
Men O'zbekiston SSR fuqorosi
Issiq uyda, shulalardan yal-yal yaltiragan qandilga mahliyo, akamni kutib o'tiribman.
Har qalay ishim yaxshi, muzlatgich to'la: kalbosa deysizmi, aroq deysizmi, ishxona tomonidan berilgan - laxm go'sht deysizmi, barchasidan bor.
Yaxshi ishlagan dan keyin... To'ldiramanda.
Akam nega kech qolyaptiykan. Ha, kichkina odam emas. Kimsan 25 yillik partiya a'zosi. Ahvolini ham yaxshi qilib oldi. Ikkita uy - birida o'zi oilasi bilan yashaydi, birida sekretari... O'zi akam bo'lmaganda men ham yaxshi ishga kira olmasdim-ov.
Zamon yaxshi bo'ldi. Onamlarga, qishloqdagi uyimizga, ham o'tgan yili gaz kedi. Otam bechora (Rahmatli deyish xayolga kelmydi, bu so'zdan o'zi zo'rg'a qutildi) elektrni ko'rdiyu, gazni ko'ra olmadi-da, aslida samalyot dori sepayotganda daladan chiqib tursa ko'rardi. Mayli nima ham qilardik, odam dunyoga yo'q bolish uchun keladi.
Singlimga bari-bir qiyin bo'ldi-da, o'tgan yil jayanim paxtada dekabrgacha qolib ketsa bo'ladimi. Tuzalib ketar, duxturlar asrab qolar-ov. Ish qilib yaxshi o'qigan bo'lsin-da. O'zi akam ham institutga joylab qoymasa bo'larkan, bechora jiyanimni.
Telefon jiringlayabtimi, akam bo'lsa kerak. Tog'am-ku, tinchlikmi 25 km yo'l yurib nega rayon markaziga keldi ekan.
-Nima onamni mazasi yo'q. Ukamdan kelgan xatni, pochtalyon o'lgur qo'llariga bergani yetmaganday o'qib ham beribtimi, ukan Avg'onistonda ... Nima?!
Voy onam-ov, voy ukam-ov...
Ey do'st sen bugunki kuningni nima bilan taqqoslayabsan. Hur mamlakatlar bilanmi?
Odamlar nega noliydigan bo'ldi. Amerika bo'la olmagani uchunmi? Yo'q. SSSRdan chiqqani uchun.
Lekin aslida ahvol orzu qilinganidek emas ediku, ahvol hozirgidan yomon bo'lsa-yomon ediki, yaxshi emas edi.
Farzandi Avg'onistonda, Chernoblda jarohat olgan, o'lgan otaga bu to'kin sochinlikning nima keragi bor.
Hayotining mazmunini bu dunyoga bog'lagan, o'lib qolmay, iloji boricha kayf-safo surish ilinjida yurgan amaldorning senga, menga, bu millatga nima foydasi bor.
Allohsizlikdan, Muhammadsizlikdan (s.a.v) ingragan qalblarga, ruhlarga obod - aslida chirigan iqtisodiyotning, to'kin - aslida so'nggi nav maxsulot bilan tirikchilik qilgan hayotning nima foydasi bor.
Qiyinchiliklarga toqat qilib, sabr bilan harakat qilaylik.
Yangi nasl yetishsin, malakatni obod qiladi. Osha qishloqdagi ahvolni bilgan yurtdoshlar harakat qilsin, amaldor bo'lsin, yetishib kelayotgan naslga ega chiqsin, tarbiya etsin, halq g'ami bilan yashatsin, iztirob cheksin - Alloh bizga o'shanda beradi.
Insha Alloh...