2-bob. Mukotab va uning (o‘z bo‘yniga olgan mablag‘ni bir necha yil davomida) bo‘lib-bo‘lib to‘lamog‘i, (ya’ni) har yili uning bir qismini to‘lab, (bo‘ynidagi mablag‘dan) qutulmog‘i haqida
Olloh taoloning qavli: «Ozodlik xati olmoqni istagan g‘ulom va cho‘rilaringizga, agar ularda xayriyat (mol, mablag‘) borligini bilsangiz, (darhol ozodlik xati) yozib beringiz va, (agar mablag‘lari bo‘lmay, ishlab topib bermoqchi bo‘lsalar), Olloh taoloning o‘zlaringizga ato etilgan molidan ularga (yordam) beringiz!» («Nur» surasi, 33-oyat).
Ibn Jurayj raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Atoga: «Agar (g‘ulomim yoxud cho‘rimning) moli borligini bilsam, unga ozodlik xati bitib bermog‘im menga vojibmi?» — dedim. Ato: «Men buni faqat vojib, deb bilurman», — dedilar».
Muso ibn Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sirin (ismli) bir badavlat g‘ulom Anasdan ozodlik xati yozib bermoqlarini so‘rab erdi, ko‘nmadilar. So‘ng, Sirin Umar raziyallohu anhuga (shikoyat qilib) bordi. Hazrat Umar Anasga: «Unga (ozodlik xati) yozib ber!» — dedilar. Ammo, Anas (yana) ko‘nmadilar. Shunda Hazrat Umar (darg‘azab bo‘lib) «...agar ularda xayriyat (mol, mablag‘) borligini bilsangiz, (darhol) ularga ozodlik xati yozib beringiz...» degan oyati karimani tilovat qilgancha Anasga darra urdilar. Shundan so‘nggina, Anas unga ozodlik xati yozib berdilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar. «(Cho‘ri) Barira huzurimga kelib, ozod bo‘lmog‘i uchun o‘z buyniga olgan mablag‘ni to‘lamog‘iga yordam qilmog‘imni so‘radi. (Chunki, u) o‘z buynidagi o‘shal mablag‘ning ozginasini ham to‘lay olmagan erdi. Men unga: «Egalaring qoshiga qaytgil, agar ular bo‘yiingdagi mablag‘ni to‘lamog‘imga va shunda senga homiylik huquqi menga o‘tmog‘iga rozi bo‘lsalar, (bo‘yningdagi mablag‘ni to‘lab, senn ozod) qilgumdur!» — dedim. So‘ng, Barira o‘z egalari huzuriga borib, ularga mening bul taklifimni yetkazdi. Ammo, ular: «Agar Oisha (raziyallohu anho) bo‘yningdagi mablag‘ni to‘lashgach va shunda senga homiylik huquqi bizda qolmog‘iga rozi bo‘lsalar, (bo‘yningdagi mablag‘ni to‘lab, seni ozod) qilavsrsinlar!»— deb ko‘nishmadi. Ksyin, men ularning bul shartini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib erdim, ul zot: «Uni sotib olib (ya’ni, bo‘ynidagi mablag‘ni tulab), ozod qilaver, chunki (ozod qilingan cho‘ri yoxud g‘ulomga) homiylik qilmoq huquqi uni (bo‘ynidagi mablag‘ni to‘lab), ozod qilgan shaxsnikidur!» — dedilar. So‘ng, ul zot o‘rinlaridan turib: «Odamlarga ne bo‘lgan o‘zi, Olloh taoloning Kitobida yo‘q shartlarni qo‘yurlar?! Kimki Olloh taoloning Kitobida mavjud bo‘lmagan shartlarni qo‘ysa, garchi yuz marta quysa-da, botil bo‘lib, Olloh taoloning sharti haqiqiy va kuchlidur!»— deb marhamat qildilar».