Alhamdulillah.
8-9 juzlar ham hatm qilindi. Kech qolganligim uchun albatta uzr sòrab qolaman forum ahlidan.
ALLOH barchalarimizni ohirimizni bohayr qilrin. Bu hatmonani bizlardan beriyo holda qabul qilgan bòlsin. Amiin!!!
Kech qolmadingiz, vaqtida yakunladingiz.
Alhamdulillah, Ramazon oyining 20-kechasida ikkinchi o'n kunlik uchun ado etilgan xatmi Qur'on nihoyasiga yetdi.
Allohim, qilingan ushbu amallarni O'zing qabul et!
Mag'firat dahasida barchalarimizning gynohlarimizni mag'firat et!
Mo'min bandalaringning qalblaridagi narsa Senga ayon. Ularning shar'iy maqsadlarini O'zing amalga oshir!
Bizni shukr qilguvchi, sabr qilguvchi bandalaringdan qilgin!