Jannat ne’matlari dunyo ne’matlariga qanchalik o‘xshamasin, haqiqiy va boqiyligi bilan ulardan ustun turadi. Qur’on bilan xulqlangan mo‘min go‘zalikka duch kelganda jannatdagi go‘zallik bundhn afzal va boqiyligini o‘ylaydi. Osmonga qaraganda -
وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا السَّمَاوَاتُ وَالأرْضُ
"Kengligi osmonu yercha bo‘lgan" («Oli Imron», 133) jannatning buyukligini, go‘zal maskanlarni ko‘rganda -
غُرَفًا تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الأنْهَارُ
"Ostidan daryolar oqib turgan joylar"ni
(«Ankabut», 58), ko‘zni qamashtiruvchi ziynatlar ko‘rganda -
يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِنْ ذَهَبٍ وَلُؤْلُؤًا
"Tillo bilaguzuklar va injular ila bezatilajaklar" («Fotir», 33) oyatini, qimmatbaho chiroyli kiyimlar ko‘rganda -
وَيَلْبَسُونَ ثِيَابًا خُضْرًا مِنْ سُنْدُسٍ وَإِسْتَبْرَقٍ
"Shoyi iplardan yaxshi liboslar kiyarlar" («Kahf», 31) xushxabarini, mazali taom yeganda, shirin suv ichganda -
فِيهَا أَنْهَارٌ مِنْ مَاءٍ غَيْرِ آسِنٍ وَأَنْهَارٌ مِنْ لَبَنٍ لَمْ يَتَغَيَّرْ طَعْمُهُ وَأَنْهَارٌ مِنْ خَمْرٍ لَذَّةٍ لِلشَّارِبِينَ
"...Unda aynimagan suvdan bo‘lgan daryolar ham, ta’mi o‘zgarmchydigan sutdan bo‘lgan daryolar ham, ichguvchilar uchun lazzatli (ya’ni badta’m va aqldan ozdirguvchi bo‘lmagan) maydan bo‘lgan daryolar ham bor"ligini
(«Muhammad», 15), chiroyli qimmatbaho mebellar ko‘rganda jannat ahli -
عَلَى سُرُرٍ مَوْضُونَةٍ (١٥)مُتَّكِئِينَ عَلَيْهَا مُتَقَابِلِينَ
""¦Bir-birlariga ro‘baro‘ bo‘lib yonboshlagan hollarida o‘tiradigan to‘qima, ya’ni duru yoqutlar aralashtirib to‘qilgan tilla so‘rilarda" («Voqea», 15-16) o’tirishini mushohada qiladilar.