FASL
Istig‘for fazilati va duo odobi bayonida
Bilgilki, zoriy va tazarru’ birla duo qilmoq ibodat jumlasidandur. Rasul alayhissalom aytibdurlarki: «Duo-ibodatning mag‘zidur». Bu vajhdinki, ibodatdan maqsad Haq taolodan yordam tilamoqdur. Bas, tilak ul vaqtda isbot bo‘lurki, o‘zini band&vdk va shikastalik birla Xudo azza va jallaning azimati va jalolatini duo qilmoqda mulohaza qilg‘ay va bilgayki, duo qancha tavba tazarru’ bilan bo‘lmog‘i yaxshiroqdur. Duo qilishda sakkiz odobga rioya qilg‘ay. Avvalg‘i odob - sharif vaqtlarda duo qilg‘ay. Chunonchi, arafa kuni va odina (juma) kuni va mohi ramazonda va sahar vaqtida va yarim kechada.
Ikkinchi odob ulki, sharif ahvollarda duo qilg‘ay. Chunonchi, g‘oziylar jangga saf tortg‘on vaqtda va jangdin qaytg‘on vaqtda va farz namoz vaqtida. Xabarda kelibdurki, bu vaqtlarda osmonning eshiklari ochiq turar. Va azon va takbirning orasida va ko‘ngil yumshagan vaqtda duo qilg‘aykim, ul vaqtda rahmat eshigining ochyqlig‘ig‘a dalillar bor.
Uchinchi odob - duoda har ikki qo‘lini ko‘tarib turgay. Va duo tamom bo‘lg‘onda ikki kaftini yuzaga surgay. Xabarda kelibdur, Haq taolo karimdurkim, o‘z dargohiga talab-tilak birla ko‘tarilgan qo‘lni quruq qaytarmas. Rasul alayhissalom aytibdurlarki, «Kim duo qilsa, bu uch ishdin xoli qolmas, yo gunohi mag‘firat bo‘lur, yo alhol maqsudig‘a yetur, yo keladurg‘on zamonda duosi ijobat bo‘lur».
To‘rtinchi odob - duoni taraddud bilan (rad etilishini o‘ylab emas), balki ijobat bo‘lmog‘iga ishonch bilan qilg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar:
«Afvullohi va antum muqminun bil-ijobati» Ya’ni, hojat talab qilinglar Alloh taolodan hojatning ravosiga ishongan holatda.
Beshinchi odob - duoni zoriy va tazarru’ va shikastaliq birla qilg‘ay. Xabarda kelibdurki, g‘ofil ko‘ngil birla qilingan duo ijobat bo‘lmas.
Oltinchi odob - shiddat va takror birla qilg‘ay. Va aytmag‘aykim, duo qildim, ijobat bo‘lmadi. Bas, duoning ijobat vaqtini Haq subhonahu va taolo bilgusidur.
Vaqtiki, duosi ijobat bo‘lsa, bu duoni o‘qig‘ay: «Alhamdulilloh allazi bi-ne’ma yatimul-hojat» Agar ijobat kechiksa, «.Alhamdu lillohi ala kulli hol» degay.