Umumiy bo'lim > Islom

Islom - terrorni qoralaydi!

<< < (2/2)

Mohinur:
Ekzistensializm (lotincha exsistentia so'zidan olingan bo’lib, «mav¬judlik», «mavjud bo'lmoq» degan ma'noni anglatadi) hozirgi zamon falsafiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, insonning mavjudligi, hozirgi dunyoda insonning taqdiri, ishonch va ishonchsizlik, hayotning mazmunini anglash va uni yo'qotish, hoziigi paytda dunyoda, ijtimoiy guruhlar va har bir kishi hayotida nimalar yuz berayotganini tushunish va ularni oqilona tushuntirish uning asosiy mavzulari hisoblanadi.
Ekzistensializm birinchi jahon urushi arafasida Rossiyada paydo bo'ldi (Berdyayev, Shestov). Keyinchalik, birinchi jahon urushidan keyin u Germaniyada (Xaydegger, Yaspers, Buber), ikkinchi jahon urushi davrida Fransiyada (Sartr, Marsel, Kamyu) rivojlandi. XX asrning 60-yillarida AQSHda keng yoyildi.
N. A. Berdyayevning yozishicha, «davlat, avvalo tabiiy tartibsizliklar tashkilotchisidir, u tartib, kuch, qudrat, ekspansiya, katta tarixiy hodisalarning hosil bo'lish jo'shqinligi bilan harakatga keladi. Eng kam darajadagi yaxshilik va haqqoniylikni majburan saqlab turgan davlat buni ezgulikni yaxshi ko'rganidan, yaxshiligi uchun qilmaydi, yaxshilik davlat uchun yot narsa, u bularni ozgina bo'lsa ham ezgulik va haqqoniylik bo'lmasa, o'ta tartibsizliklar boshlanishi va bu tarixiy hodisalarning parchalanishi xavfini bartaraf etish uchungina qiladi.»
Ekzistensializmning diqqat markazida turgan narsa — hayotning mazmuni, shaxsiy erkinlik va mas'uliyat muammolaridir.
Ekzistensializm juda ham qarama-qarshi va murakkab oqimdir. Unda diniy va ateistik yo'nalishlar ajratiladi. Fransuz va rus ekzistensializmida, xususan Yaspersda, insoniy erkinlik muammosi diqqat markazida turadi. Mareel va Yaspersga ko'ra, Xudoga ishonish bilan erkinlikka erishish mumkin. Sartrga muvofiq esa erkinlik turmushga nisbatan salbiylikdir. Inson o'zini o'zi «loyihalayotgan», o'zini yaratayotgan, o'zining shaxsiy subyektivligidan boshqa hech narsa bilan belgilanmagan holda o'z mohiyatini tanlab olgandagina erkindir. Sartr fikriga ko'ra, voqelikdagi barcha jarayonlar «narsa o'zida» bo'lib qolaveradi, biz ularning sirini bilolmaymiz. Hatto o'limning muqarararligi holatida ham insonda erkin tanlash imkoniyati mavjud. Agar inson o'zining erkinligidan voz kechsa, bu o'limdan ham og'irroq bo'ladi.
Xaydegger fikricha, rangtasvir va musiqa insonning ichki mohiyatini ochishga yordamtashuvchi vositalardir. Aynan ana shu sohalarda insondagi ichki yashirin ijodiy kuchlar o'zini namoyon qiladi.
Yaspers fikriga ko'ra, emotsiyalar inson ruhiyatining eng qimmatli qismi hisoblanadi. U nomoddiy qadriyat bo'lib, qalb xotirjamligi, ruhiy sokinlikdir. .Ichki xotirjamlik esa eng buyuk kuchdir.
Ekzistensialistlar «ekzistensiya» so'zi ostida insonning chegara vaziyati holatidagi, masalan, o'lim, kasallik, halokat vaziyatlaridagi kayfiyati, histuyg'ularini tushunadilar. Bunday holatlar odatdagi turmushda kam uchraydi.
Ekzistensializm falsafasi XX asr boshlari va o'rtasidagi fojiali hodisalarni aks ettirdi va bulardan chiqish yo'llarini izladi. Ekzistensialist faylasuflar Yaspers, Xaydegger, Sartr, Kamyu insondagi ruhiy va axloqiy kuchga murojat qilishdi. Ularning insonga tanlash erkinligini qoldirganligi ulardagi g'oyalarning insonparvarlik yo'nalishidan dalolat beradi.

Mohinur:
Freydizm va neofreydizm alohida insonning, yirik ijtimoiy guruhlarning va, umuman jamiyatning xatti-harakatini anglanmagan psixik faoliyat, instinktlar (eng avvalo jinsiy va o'z-o'zini saqlash instinktlari) orqali tushuntirishga intiluvchi hamda madaniyat hodisalari, ijod jarayonlari va, umuman jamiyatni tushuntirishga Z. Freydning (1856-1939) psixologik ta'limotidan foydalanishga intiluvchi turti-tuman yo'nalishlarning umumiy nomini anglatadi. Ularni ijtimoiy doktrina sifatida ongsiz psixik jarayonlarni o'rganish metodi bo'lgan psixoanalizdan farq qilish kerak. Z. Freyd psixoanaliz tamoyillarini universal ahamiyatga molik deb tushungandi, bu esa jamiyat va shaxs masalalarini psixologiyalashtirishga olib keladi.
Freyd ta'limotining dunyoqarashga oid imkoniyatlari inson va madaniyatning o'ziga xos tushunilishi bilan bog'liq. U olim sifatida madaniyatning taraqqiyoti inson baxt-saodatining kamayishiga olib keladi, ayni paytda cheklovlarning kuchayishi tufayli tabiiy istaklarning amalga oshirilishi kishilarda ayblarning ham ortib borishiga olib ketadi, degan xulosaga keladi.
Neofreydizmda boshlang'ich qoida ijtimoiy (E. Fromm) yoki madaniy muayyanlik hisoblanadi. U Freydning (individdagi ongsizlik belgilovchi narsa deb hisoblagan) biologizmidan farqli ravishda sotshimdagi shaxsdan kelib chiqadi. Psixoanalizning ichki psixik jarayonlarga asosiy e'tibor berishidan chekinilib, diqqat markaziga shaxslararo munosabatlar qo'yiladi. Ular freydizmni sof sotsiologik va madaniyatshunoslik g'oyasiga aylantirishga urinishadi. Neofreydizm psixologik bo'lmagan obyektiv ijtimoiy qonuniyatlarni inkor qiladi.
XX asr oxirida falsafiy muammolarning rivoji butunlay yangi g'oyalar doirasini belgilab olishga intilish bilan xarakterlanadi. Inson mavjudligining mazmuni, inson bilimlari va haqiqatni talqin qilishni maqsad qilgan neofreydizm va postpozitivizm yangi falsafiy yo'nalish yaratish maqsadida o'zaro birlashmoqdalar.
Hozirgi zamon ijtimoiy va falsafiy fikri yorqin ilmiy kashfiyotlar va o'ziga xos diniy yangi fan ishlar bilan xarakterlanadi.

Navigation

[0] Message Index

[*] Previous page

Go to full version