AbdlAziz:VEER-ZAARA (VIR va ZAARA)
Rejissor: Yash Chopra
Senariy muallifi: Avitya Chopra
Qo'shiqlar: Lata Mangishkar, Udit Narayan
Aktyorlar: Shahrukh Khan (Bosh rol - Vir), Preity Zinta (Zaara - Virning sevgilisi), Rani Mukherjee (advokat Samia), Amitabh Bachchan (Virning bobosi), Hema Malini (Virning momosi), Kiron Kher (Zaaraning onasi)
Janri: Romance, Musicals
Vaqti: 3 soat 12 minut
Prokatga chiqqan vaqti: 12 noyabr, 2004
* * * * * * * * * * * *
"MEN MAHBUS YETTI YUZ SAKSON OLTINCHI"
Baxtli damlarning sururi haqidagi tushdan so`ng Vir uyg`onib ketadi. To`rt tomon devor, qo`rong`ulik ichra Virning motamsaro basharasi gavdalanadi...
Bugungi kun. Lahor. Pokiston.
Pokistonlik ayol advokat Samia Hindistonlik 22 yildan beri qamoqda yotgan mahbusni ozod qilish uchun kirishadi va o`zining birinchi ishini shunga bag'ishlaydi.
Qorong'i qamoqxona. Qamoqxona noziri mahbusning hech ham gapirmasligini advokatga uqtirsa-da, Samia o`z ishiga kirishadi. Zulmat ichra Virning dardini olishga harchand harakat qilmasin, u gapirmasdi. Birdan samolyot ovozi eshitildi. Samia: - Vir Pratap Singh, gapiring! Birdan 22 yil bir og`iz ham gapirmagan Vir gapira boshlaydi:
— Mana shu samolyot osmonga parvoz qilyapti. Osmonga parvoz qilgan odamgina yuksakdan zaminni tomosha qilib hayot qadriga yetadi. Men ham shunday edim. Vertolot, samolyotda yuksaklarga parvoz qilardim. Shundagina, tomirimda oqayotgan qonni his qilardim. Men o'z ishimni sevardim... Lekin 3 kundan keyin hayotim shundayin o'zgarib ketishini bilmas edim... Hindiston havo kuchlari mayori Vir Pratap Singh hali hayotining bundayin ayanchli qismatlari borligini tasavvur qilmas edi. Bu paytda esa o`sha mening hayotimga sababchi bo`lgan qiz shirin uyquda yotardi.
Pokiston. Lahor. Hayotxon xonadoni.
Enaga Bibi o`lim to`shagida. O`limi oldidan Zaarani yo`qladi.
— Zaara, qizginam. Mening asl yurtim Hindiston edi. Yoshligimda shu yerga bobong olib kelganlar. O`limim oldidan hokimni Vatanimda panoh topishini hohlayman. Shuning uchun sendan so`nggi o`tinchim - hokimni Hindistondagi ibodatxona yonidagi soyga oqizsang.
Zaara, garchi erta-indin fotiha marosimi bo'lsa-da, otasi ruxsat bermasa-da, bu ishga qo'l urdi.
Samia: Xo`sh keyin nima bo`ldi?
Vir: Shu hayotimning eng unutilmas kuni edi... Jarlikka bir avtobus qulagan. Uni qutqarish uchun bordik. Avtobus ichida bir qiz ham qolib ketgandi. Uni vertolotda qutqarish uchun arqonda tushdim va ko`tarib, vertolotga olib chiqardim. U shundayin go`zal ediki... Men unga tikilardim. U esa yerga qarab olgancha hech nimani o`ylamasdi. Shamol uning sochlarini to'zg'itib, kozini yopib qo`yardi. Shu payt men uning sochini silab, ko`zini ochdim. Shu payt birinchi marta ko`zlarimiz to'qnashdi... U momosining vasiyatini bajarish uchun Pokistondan Hindistonga yo`l olgan ekan. Unga ibodatxonani topishga yordam berdim. Qaytish paytida u menga rahmat aytarkan, -Siz mening hayotimni saqlab qoldingiz, sizdan qarzdorman, uni qanday uzsam bo`larkin, dedi. Men keyin afsusu qilmaysizmi, dedim. U: - Men Pokistonlik, siz hindistonlik, orada yurtimiz sha'ni ketdi, roziman dedi. Men devona esa: "Hayotingizning bir kunini menga hadya qiling. Bu kunni umrbod eslab qolasiz, dedim. U nochor rozi bo`ldim. Men uni qishlog`imga olib bordim. Bobom va momom mehmonni judayam qadrlab, hurmat qilishdi. Lori bayramida birga ishtirok etdik. Ertasi kuni u bobom va momom bilan hayrlashib, ulardan duo oldi. Biz yo`lga tushdik...
Samia: Siz uni sevib qolganmidingiz?
Vir: Ha, buni yo`l bo`yi aytishga qaror qildim. Ko`prikdan o`tayotib, uning oyog`i qayrilib ketdi va oyog`idagi bir marjoni tushib qoldi. Uni men keyin beraman, deb olib qo`ydim. Uni haligacha yuragimda saqlayman... Poyezd stansiyasiga bordik...
Birdan Zaara bir yigitni ko`rdi-da, boshqacha bo`lib ketdi va tanishtirdi: Bu mening qaylig`im Razo! Mening o`shandagi holatim judayam achinarli edi. -Shuncha gaplarni gapiribman-u, qaylig`im haqida aytmabman, dedi Zaara. Mening esa ichim to`lib bo'lgan edi. Razo biletga kirib ketgan mahal, Zaaraga dardimni to`kib soldim va dedim:
"Nima bo'lganda ham chegara ortida Sizga jonini ham fido qilishga tayyor bir inson borligini unutmang!". Razo chiqdi. Men ular bilan hayrlashgani keldim. Razo: Siz mening qaylig`imni qutqarib qolibsiz, men qarzdorman, buning uchun nimani istaysiz. Men: Zaarani doim baxtli ko`rishni istayman...
Xayolimda hammasi tugagandek edi. Zaara men tomonga qarardi-da, lekin poyezdga oshiqardi...
BIRINCHI QISM TUGADI