Kecha kuchli bir film ko'rdim. Yoshlar TV dan qo'yishdi. Film nomi - "Terminal". Bosh rolda Gollivudning iqtidorli aktyori Tom Xenks o'ynagan. Juda qiziqarli, ta'sirchan, insonlar taqdiri, ularning o'zaro munosabati, odamgarchilik haqida o'ylashga majbur qiluvchi, ma'lum qudratli davlatlarning beshafqat qonun-qoidalariyu ularga tish-tirnog'i bilan yopishib olgan va kuchsiz davlatlar va oddiy odamlar taqdiri bilan zarracha qiziqmaydigan rasmiyatchi rahbarlarm shu bilan birga, yaxshi insonlar haqida hikoya qiluvchi film. Filmning o'ziga xos tarafi shundaki, voqealar boshidan oxirigacha faqat bitta joyda (filmning so'nngi epizodlaridan tashqari) - Nyu-York aeroporti ichida bo'lib o'tadi.
Bunday ajoyib kartinaning ijodkorlariga va uni tanlab, tarjima qilib, bizga havola etganlarga esa katta rahmat deymiz.