Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 751863 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 ... 155 B


ViVeO  18 Dekabr 2009, 02:25:46

mana hijriy 1431 yil ham kirdi..

Qayd etilgan


registan  21 Dekabr 2009, 01:29:03

Iqtibos: ChehMikdan
* Bu joyini qo'shiqdan tushinib bo'lmadi ;D

Yuzinga bir tupurmay deyapti manimcha. ;D

Qayd etilgan


siddiqa  22 Dekabr 2009, 23:32:22

daftardan rasmga olingan rasm turkumidan (bekorchilikdan  :)

Qayd etilgan


Ansora  23 Dekabr 2009, 14:28:55

Turkiyada "Suv ostida uzoq muddat qolish" dunyo rekordini o'rnatgan Jem Karabay 135 soat, 2 daqiqa,  19 soniya bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirdi.

Tinib-tinchimagan insonlar-ey nimalarni o'ylab topishmaydi   : )


http://www.timsah.com/Su-altinda-kalma-rekoru-kirdi-ama/ZrPrMweetLO

Qayd etilgan


Ansora  23 Dekabr 2009, 14:53:07

 



23 Aprel, Turkiyada " Bolalar Bayrami". Shu kunda Turkiyaning chekka viloyatlaridan birida bu bayramni nishonlayotgan maktabdagi o'quvchilardan birining oyoq kiyimini yirtiqligi butun Turkiyada xabar bo'lgandi.

Bola-da yirtiq, pirtiq degan narsa xayoliga kelmagan, o'yinga tushib- xursand bo'lsa bo'ldi.

Bu xabardan keyin qizni oilasiga moddiy yordam berilgandi...

Qayd etilgan


siddiqa  25 Dekabr 2009, 13:41:21

oyoq kiyimni eslasam aka singil oqibati kinosi esimga kelaveradi ,
bolalar sodda bo'lishadi ,goho ota onalarining sharoitlarini anglab anglamay o'z dunyolarida bahtli yashaydilar .

Qayd etilgan


siddiqa  27 Dekabr 2009, 13:20:58

 :as:

ertalabdan insonlar har qayoqqa shoshadi ,ayniqsa muommolari bo'lsa hayol bn yurishadi ,
avtobusda ko'p yoshlarning qulog'ida naushnik nimanidir eshitib kamiga gaplashib ham ketishadi ,lekin ko'pchilikda bunaqa qobilyat yo'q ham eshitib ham gapitish  :D
qari nuroniy otahon bekatdan chiqdilar ,yoshlari 45 lardan oshgan ayol joy berdilar ,rosa duo qildilar ,har gal Allohu Akbar deyardilar ,
ularga qarab Bobomni qumsadim .arazlab qolsam hammani jazolatadiganimni qumsadim , :( :(
keyingi bekatda qabriston keladi ,bu yerdan o'tayotganda hamma qo'llarini duo ga ochadilar ,naushniklar ba'zida qulogqdan olinadi ,har hil hayollar qabrlar oldida parchalanib zaiflashib qoladi ,ohirigi vaqtlarda bu yerdan ham oddiy bekatlardan o'tayotgandek o'z hayollarim bn o'tardim  :( :( :(
shunda
otahonning zaif lekin keskin jarangdor ovozlari keldi
qo'llarini ko'kslariga qo'yib olgandilar :
Bismillahir Rohmanir Rohim ,
Assalamu aleykum ey,Ahlii Qubuur ,
Assalamu aleykum ey,Ahlii Qubuur ,
Assalamu aleykum ey,Ahlii Qubuur ,


bir oz tin oldilar ,va jilmaygancha ...........
Wa aleykum assalam
Wa aleykum assalam
Wa aleykum assalam

eshitdingiz hamd bo'lsin ...........
 
Biz ham boramiz ,Siz ham kettingiz derdilar .

Qayd etilgan


Muhseena  30 Dekabr 2009, 20:51:34

Bir dugonamning kichkina 4 yoshli jiyanchasi bor.Bolalar Yangi yilga sovg'a olishni yaxshi ko'rishadi,bayramini ham.Jiyani undan nima sovg'a qilishini so'rabdi.Dugonam "Yangi yil yomonlarning bayrami,senga boshqa payt sovg'a olib beraman"-desa jiyani "Nima siz yalmog'izmisiz?U Yangi yilni yomon ko'radiku???"debdi :D
P.S.Jonga tegdi,Yangi yil qutlovlariyu,boshqalari....Bu mening bayramim emas deb baralla gapirgim keladiyu,yana gap-so'zlar boshlanadi.Buncha dindor bo'lib ketmasang,unaqa-bunaqa....:(

Qayd etilgan


Muhseena  30 Dekabr 2009, 21:12:32

Inna lillahi va inna ilayhi rojiuun!!!
Yaqinda Sampida bir doktorlik himoyasi o'tkazildi.Oyijonim ham qatnashdilar.Zalga O'zbekistonga tanilgan mashhur professor doktorlar,olimlar yig'ilishgan.Himoyani tugashida bir 60 yoshlik professorga so'z berildi.U nutqini to'xtatdi.Qarsak chalindi.Shu vaqt sahnada turgan doktor o'zini tashlab yubordi.Hamma uni qoqilib ketdi deb o'yladi.Ammo u infarkt bo'libdi.Sahnaga yaqin 20 ta professorlar o'tirishibdi,biri travmatolog,biri xirurg,biri...xullas,shuncha doktor jon-jahti bilan uning hayoti uchun kurashdi.Ammo...Bandasi Allohning irodasiga qarshi biron chora ko'rolmasligiga amin bo'lindi....
*******
Inna lillahi va inna ilayhi rojiuun!!!
Jiyanim Samandar 8 yoshida bu yorug' dunyoni tark etdi.O'pkasi shamollab qolgan edi,yuragida parok borligi uchun muolajalarni ko'tarolmadi.O'pkasi suv yiqqanda,qandaydir moslamani tiqib suvni olib tashlashibdi.SHu vaqt o'pkasida azgina teshik paydo bo'lgan ekanmi,hullas,bir-ikki kun o'tgach ichida qolgan suvlari yiringlab ketibdi.Davolash uchun hamma choralar ko'rildi.AMmo uni qutqarib qololmadik.Samandar juda muloyim,hushhulq bola edi.Oxirgi uchrashganimizda,mani o'pib qo'ying,mani o'pib qo'ying deb bo'ynimga osilgan edi.Kasal bo'lsa juda injiqlanardi.Ammo bu safar unday bo'lmadi.Eng og'ir damida ham unga ALloh sabr berib qo'ydi.Oxirgi kunlar qayering og'riyapti degan savollarga,hech qayerim deb javob berdi,Subhanalloh!!!Allohning rahmatiga yana bir bor guvoh bo'ldim.InshaAlloh Jannat sarhadlarida ko'rishishlikni Allohdan so'rab qolaman.Uning boqiyga ko'chishi kimlar uchundir hidoyat eshigini ochgan bo'lsa ajabmas.Barchamizga Allohdan mustahkam iymon so'rayman.Qancha yashashimizdan qat'iy nazar Ikki dunyoyimiz obod bo'lsin.Amiin Allohu Akbar!!!!

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  31 Dekabr 2009, 05:49:59

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

    Hozirda horijda tahsil olayapman. Bir necha yil ilgari men ham do'stlarim qatori qishloq to'y-u marakalarida yelib yugurib xizmat qilar edim. "O'zbekning kichigi bo'lding, kuchugi bo'lding" naqli bejizga aytilmagan chog'imda.
    Xullas ur-to'polan, g'ala-g'ovur bilan to'y ham tugadi. Xizmatchilarga dasturxon yozildi. Davrada hangoma boshlandi. Kimdir mehmonlarga yaxshi qaralmagani haqida, yana kimdir Pismodonchi kishini qiliqlari haqida, yana kimdir to'y egasi ja yaxshi "haq"(ziyofat) bergani haqida og'iz ko'pirtirib gapirmoqda. Bittasi sherigiga:
    - Rayonadan kelgan mehmonlarga Falonchi kishi (Ko'zga ko'ringan kishilarga biz taraflarda ko'cha ko'rgan kishi xizmat qiladi)naq 10 ta aroq qo'ydi-ov!
    - Nimasini aytasan Rais o'tirgan stolga o'zim 4 ta aroq olib bordim.
    - ... aka "haq"ni o'ziyam zo'r berdi. Bir to'yga 400 ta ham aroq qo'yadimi-a!. Yaqin o'rtada bunaqa to'y bo'lmagandi.


  Men ham "to'y" shunaqa bo'lar ekan deb yuravergan ekanman. Ey, yurtdoshim!   Biz ham yurgan ekanmiz Alhamdulilloh musulmonmiz deb...............

Olloh gunohimizni mag'firat qilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Qayd etilgan