Ayol ovozi avratmi?
Islom fitna-fasodga sabab bo‘luvchi har narsani harom qilgan. Hatto ayollar yurayotganda oyoqlarini yerga qattiq urishini ham ta’qiqlagan. Chunki, ayolning oyoq tovushi erkaknikidan farqli. Shu jihatdan erkak qalbida ayolga xohish uyg‘otadi. Haqiqatda Alloh marhamat qilmoqda: "œhamda ko‘rinib turadigan boshqa ziynatlarni ko‘rsatmasinlar! "
Hanafiylar bu oyatga tayanib, ayol ovozini ham avrat ekaniga hukm etganlar. Bu oyatda ayollar oyog‘idagi taqinchoqlar ovozi taqiqlanmoqda. Ayol ovozi esa, taqinchoq ovozidan jozibalidir. Shu sababdan taqiq zaruriydir.
Ba’zi mufassirlarning fikriga ko‘ra, "œBu oyat ayolning baland ovozda suhbatlashishi harom ekaniga dalolat etadi. Chunki, ayol ovozi taqinchoqlar ovozidan ko‘proq fitna uyg‘otadi. Shuning uchun bu oyat ayol ovozini ta’qiqlaganiga dalolat etgani kabi mazhabimiz ayol azon aytishini ta’qiqlagan. Erkaklik hissini uyg‘otishi bilan fitna va shubha tug‘dirishi tufayli ayol yuziga qarashning ham harom ekaniga dalolat etadi".
Imom Shofe’iy va boshqa ba’zi olimlar esa ayol ovozi avrat emasligiga hukm etganlar. Zero, ayol olish-berish qilishi, guvohlik berishi joizdir. Bu holda gapirishi, suhbatlashishi zaruriydir.
Fitnadan amin bo‘lish sharti bilangina ayol ovozi avrat emas. Zero, Rasulullohning (s.a.v.) xotinlari erkaklar bilan suhbatlashar, hadis rivoyat etardilar. Shubhasiz, suhbatlashib hadis rivoyat etgan erkaklar orasida ularga mahram bo‘lmagan erkaklar ham bor edi. Bularning suhbatlariga hech bir sahobiy e’tiroz etmagan.
Yana ayol qo‘llaridagi bilakuzuklari, qo‘llarini sollantirib, ko‘z-ko‘z etib, kerilib yoki nozlanib yurishlari haromdir. Tor va jozibasi rangli liboslarda ko‘chaga chiqishi, chiqayotib xushbo‘y sepishi, surishi va erkaklar e’tiborini tortadigan shaklda yurishi va suhbatlashishi nojoiz. Chunki, Alloh marhamat qilmoqda: "œ...Bas, sizlar (nomahram erkalarga) mayin so‘z qilmanglarki, aks holda qalbida buzuqlik bo‘lgan kimsa tama’ qilib qolur. Yaxshi (to‘g‘ri) so‘zni so‘zlangizlar! O‘z uylaringizda qaror topinglar, (ko‘chaga chiqqanlaringizda esa) ilgari jaholiyat (davri) yasanishidek yasanmangizlar..." (Ahzob surasi, 32-33-oyatlar).
Fasod ko‘payishi, tarqalishi, axloqning buzilishi, erkakning harakatsizligi va g‘ayratsizligidandir. Nomusini qizg‘anmagan, asramagan kimsa musulmon bo‘lmaydi. Zero, Rasululloh (s.a.v.): "œUch sinf (guruh, tabaqa) inson borki, jannatga ham kirolmaydi, jannat hidini ham hidlay olmaydi. O‘zini erkaklarga o‘xshatgan, davomli (mast qiluvchi) ichkilik ichganlar va dayuslar", deb marhamat qildilar. Ashobi kirom: "œDayus kim?", deb so‘radilar. "œAhli oilasini erkaklardan qizg‘anmaydiganlardir", deya javob berdilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.).