Sizga salom bitdim, yo Rasululloh 2
Ko’p axtarib topdim durni, ziyoni,
Rasul salom, she’rim oldi riyoni.
To’g’irlash-chun uni,tepib dunyoni,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Odamlar olqishi yoqibdi quloq,
Endi, she’rlar misli qaynaydi buloq.
Lek, yoqib zulmat she’r olamga chiroq,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Badr kuni yoningizda bo’lgim keldi,
Shahid bo’lib o’shanda o’lgim keldi.
Yozgan botil she’rimga kulgim keldi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Siz keldingiz, Allohimning haq Rahmati,
Qur’on berdi, dilga joylab Hikmati.
Menga oson , shukr, yo’qdir zahmati,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Sahobalar ergashdi yo’lingizga,
Sherik ular, duo qilgan qo’lingizga.
Foyda bo’lar Alloh bergan dinigizga,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Otangiz erta ketdi, ko’rmadingiz,
Jahalotda haromga yurmadingiz.
Dunyo ham, oxiratda omadingiz,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Salomni yuz bora keltirib kunda,
Bizga ming bor bo’lib,qaytar shunda.
Zikrimdan so’ng navbatim kelur dinda,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Haqning farishtasi Jabroil salom,
Xiro uzra ilk bor bildirdi kalom.
Saodat yo’lchisi, yorishdi Olam,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Hadicha onamga yoqqan suyukli,
Haq yelkadan og’irni olgan yukli.
Pok dil, zikri ulug’, xulqi buyukli,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Alloh Olam, Odamlarning Ilohi,
Sizni tanlab, qildi mujda, ogohi.
Avval, oxir kechirilgan gunohi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Oisha onamiz, boshqa onalar,
Mo’’minlarning onasi parvonalar.
Olib tashlab she’rimdan begonalar,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Ko’p hislatlar kimda ham bor bo’lardi,
Sizda edi, yuksak xulq yor bo’lardi.
Johil, mushrik, kofirga dor bo’lardi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Qo’y boqdingiz so’ng, xalqni ummat qilib,
Ularning boshiga soyabon ilib.
Bular savobligin hadisdan bilib,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Hamma Nabiy, Rasul duosi edi,
Shu dunyoda ko’rdi, adosi yedi.
Shafoatga asrab, ummatga dedi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Qur’on Buyuk Haqdan, oliy va najot,
Javob, ko’mak bo’lsa, gar kimda xojat.
Sunnnatingizga sevgim ushbu xujjat,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Nahotki, sen, ey so’z, jonlan bu ishga,
Sen mahkusan baxt, saodat yumushga.
Shu so’z ila gunohlarni yuvishga,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Biz ojiz bandangmiz ey, Buyuk Alloh,
Sen berursan najot va hamda panoh.
Alloh bersin jannat Mahmud manzilgoh,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Go’zal xulqli salom-alik keng yoygan,
Ilm ila jaholatga chek qo’ygan.
Dil quvonchda iymon, naqadar suygan,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Hosil bo’lsa riyo o’t gulzor dilga,
Nifoq siyoh uchun yozishga qo’lga.
Tutilmas-chun endi jaladan do’lga,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Iymonimiz salomat Qur’on ila,
So’ng hadisga to’yar to’kis bir yo’la.
Sohili mo’l daryo, muhabbat to’la,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Olamlarni yaratgandir Pok Xoliq,
Eshitdimki bu ne’mat sizga bog’liq.
Salomning ma’nosi tinchlik va sog’liq,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Muhammadsiz, Ahmadsiz, Mahmud yana,
Abdullohning o’g’li, Amina- ona.
Robbiyul avvaldir siz kelgan sana,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Choriyorlar atrofingizda baxtli,
Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali taxtli.
Men ham borib baxtingizga erta vaqtli,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Salomlarimga siz, alik oldingiz,
Jum’a har kun to’lur qabr oldingiz.
To qiyomat mahbub bo’lib qoldingiz,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Sunnat barpo qilib buzilmas bino,
Qoraladi shirkni, g’iybatni, zino.
Salom aytur malaklar avval Xudo,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Tig’ ko’tardi Abu Jahl, Lahablar,
Jonliq so’ydi, ular butga atablar.
Tushunmadi haqni ba’zi arablar,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Ko’ngillar hurlik nasimdan to’ydi,
Shayton la’in bergan odatni qo’ydi.
Aql ishlab, nafslar iymonni suydi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Inson edik, aslimizga biz qaytdik,
"œLa ilaha illallohni " ho’p aytdik.
Huddi xayot dunyoda jannat paytdek,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Holis Olim vorisingiz U mana,
Ilm, iymon, hayo, sog’ dilu tana.
Har soniya, har kun, yana va yana,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Elchi xushxabarchi, qutlovga loyiq,
Ogohchisiz, iymonsizlarga toyiq.
Dilim ishq, muhabbat faqat shu boylik,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Shayton dushman avval, nafs ammora ham,
Dunyo ishqi-la mast, avvora ham.
Dushman ne, tanimasa she’rpora ham,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Tongda, peshin, asr, shomda, tunu kun,
Ibodatlar ila oladi mazmun.
Dunyo uchun xafa, ham bo’lmay mag’zun,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
(forum.islom.uz)