Bugungi kun"¦
Barcha bilimlar va hikmatlar egasi bo’lgan Alloh taolo o’zining so’zida ya’ni qur’oni karimning Yasin su’rasi 40 oyatida mazmunan,
"œHammasi o’z falakida suzib yurishadi" deb aytadi. Bu oyatdan ilgarigi oyatlarida esa, quyosh va oyning harakati haqida gap ketadi. Iymonimiz komilki, qur’oni karim Alloh taoloning buyuk ustozimiz payg’ambar s.a.vga ato etgan ulug’ mo’jizalardan biri. Boshqa payg’ambarlarga berilgan mo’jizalar o’sha davrning o’ziga tegishli bo’lsa, ya’ni bo’lib o’tgan boshqa qaytarilmaydigan bo’lsa, qur’oni karim abadiy mo’jisa hisoblanadi. Demak, har bir davr insonlari Alloh taolo nasib qilgancha qur’onning mo’jizalarini, hikmatlarini, bashoratlarini o’rganib ketaverishadi. Bu jarayon bizgacha ham bo’lib kelgan, bizdan keyin ham to qiyomatgacha davom etaveradi. Shunda ham uning hikmatlari to’liq, batafsil kashf qilinib tugamaydi. Bu mutlaq haqiqat! Biz ham Parvardigorning madadi va mehribonchiligiga suyanib, yuqorida zikr qilingan oyatning ba’zi oshkora hikmat va mo’jizalari haqida fikr yuritib, mulohazalarimiz bilan o’rtoqlashishga jur’at qildik. Maqsadimiz mashhurlik yoki shov-shuv davosi emas, balki fikrlovchi mo’min bandalardan qilib qo’yganligining shukuronasini keltirish, bildirganlarini bildirish sari harakat qilmoqdir.
"œHammasi o’z falakida suzib yurishadi" (Yasin 40 oyat). Oyatdagi zohiriy va birlamchi ma’no yuqorida aytildi. Fasohadu balog’atga boy arab tilining ser ma’noligi qolaversa qur’onu karimning hikmatlarga to’la ekanligi, fikrlash kengligiga imkon beradi. Oyatning arabiy matniga qaralsa falak so’zi aniqlik va birlikni bildiruvchi artikl hisoblanadigan "œalif" va "œlam" birikmasi bilan kelmagan. Ya’ni "œfalak" kalimasi faqatgina osmon yoki koinot ma’nosi bilan cheklanib qolayotgani yo’q. Bu yerda "œfalaklar" ya’ni ko’plik ma’nosi ham bor degan oddiygina gapni aytmoqchi ham emasmiz, vaholanki shunaqa ma’no chiqarsa ham bo’ladi. Chunki bu arab tili. Ko’pincha, faylasuflar insonni tariflashda olam ichra bir olam, dunyo ichra bir dunyo degan iborani ishlatishadi. Demak, olam bir katta olam bo’lsa, har bir insonning o’zi ham bir olam yoki dunyo bir katta dunyo bo’lsa, har bir insonning o’zi bir dunyo. Maqul va topib aytilgan yaxshi gap. Biz esa, Alloh yaoloning "œBiz insonni mukarram qilib yaratdik" oyatini istifoda qilib, har bir insonni bir falak mislicha deb talqin qilmoqchimiz.
"œHammasi o’z falakida suzib yurishadi". Oddiy bir insonning tanasida nechta bir hujayra bor, milliontami, milliarttami?! Uning hisobini o’sha zot azza va jalladan boshqa hech kim bilmaydi, bilolmaydi ham. Demak har birimizning jismimizda necha-necha millardlab hujayra suzib yuribti. Ya’ni vujudimiz hujayralar suzib yuradigan kattakon bir falak. Agar "œsuzish" "œsuzmoq" so’zining haqiqiy va o’z ma’nosi deganda, insonning yoki biror jonivorning suvda yohud boshqa biror suyuqlikda suzib yurishini tushunadigan bo’lsak, mazkur oyatdagi "œsuzib yurishadi" so’zini ko’chma ma’noda ishlatilgan deb qabul qilishimiz mumkun. Qizig’i shundaki, vujudumizda hujayralarning suzib yurishi haqida gap ketganda, u so’z o’z ma’nosida ishlatilgan desak ham bo’ladi, ko’chma ma’noda ishlatilgan desak ham bo’ladi. Agar ko’chma ma’noda ishlatadigan bo’lsak, hujayralar tanamizda aylanib yuradi deb tushunamiz, agar o’z ma’nosida ishlatilgan desak, misoli baliq suvda suzgandek hujayralar ham, bizning qonimizda suzib yuribti deb tushunamiz.
"œHammasi o’z falakida suzib yurishadi". Ko’pincha insonligimizga borib, -"œfalon do’xtir yaxshi qaraydi, men falon tabib yoki shifokordan shifo topdim", deganga o’hshash gaplarni aytib qolamiz. Ho’p, to’g’ri gap noto’g’ri emas, asl haqiqat esa sal boshqacharoq. Shifokor igna sanchib dori jo’natadi, ichishga dori berib, bemordan ichishini talab qiladi. Jiddiy nazoratni amalga oshiradi, lekin vujudning ichiga kirib dorini hujayrama-hujayra, a’zoma-a’zo kerakli joyga yetkaza olmaydi. Buni bir-u bor tanho mehribonimiz jalla jalollohu bajaradi. Bu narsa mazkur oyatda Rabboniy orqali o’rnatilgan qonunning amaliyoti tufayli bajariladi. Kengishroq aytadigan bo’lsak, jismimizda suzib yurgan hujayralar va a’zolar dorini malekulalarga, atmlarga parchalab kerakli joylarga yetkazadi. Agar hujayralar suzib yurmaganda edi, dorilar badanimizga igna suqilgan joyda qolib ketar edi.
"œHammasi o’z falakida suzib yurishadi" O’z navbatida inson ham, qush ham, hayvon ham, boshqa son-sanoqsiz jonivorlar ham o’z falaklarida suzib yurishadi. Yursakda-yugursakda, ot-mashina, samalet kabi biror ulovda kezsakda, onamiz yer bag’rida suzib yurgan bo’lamiz. Hatto qabrga kirganda ham oyatdagi "œsuzish" haqiqati to’htab qolmaydi. Chunki, ona yer aylanganidan keyin, bag’rida yotgan qo’shtirnoq ichidagi "œfarzand" ham, qo’shtirnoq ichidagi "œona"si bilan qo’shilib aylanadi, suzadi. Ya’ni atrofimizdagi oy, quyosh, yulduz va yana biz bilmaydigan qancha-qancha osmon jismlariga nisbatan, qabrda yotgan mayitning kordinatasi ham har sekundda o’zgarib turadi. Demak, o’lganlar ham oyatda aytilganidek, hamma suzadiganlar qatorida suzadi.