Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning bunday buyurganlarining sababi quyidagicha:
— Xotinining nafsoniy orzulariga itoat etgan erkak uning quli demakdir. Chindan ham bunday erkak la’natga loyikdir. Chunki Alloh uni xotinga hokim qilib yaratgan. Va hokim qilgan. U esa xotinining nafsoniy orzulariga itoat etib, uning amriga kirish bilan Allohning hukmiga ters borgan, shu tariqa shaytonga itoat etgan bo‘ladi. Shuning uchun Alloh shaytondan hikoya qila turib, shunday deb buyuradi:
— Alloh uni (shaytonni) la’natladi. (Shunda) u dedi: «Qasamki, bandalarning orasidan o‘zimga tegishli nasibani, albatta, olaman. Va ularni yo‘ldan ozdiraman, xom-xayollarga mubtalo qilaman, buyursam ular chorvalarining quloqlarini kesadilar, buyursam Alloh yaratgan narsalarni o‘zgartirib-buzadilar». Kimki Allohni qo‘yib, shaytonni do‘st tutsa, bas, u ochiqdan-ochiq ziyon qilibdi. (Niso surasi, 118-119-oyatlar)
Erkakning haqi Allohga tobe bo‘lmoqdan iborat. Uning xotinga tobe bo‘lishi taqiqlangan. Alloh, «Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar!» (Yusuf surasi) deb buyurgan.
Yana Alloh erkakni xotinga xoja, deb nomladi. Mana, U buyuradi:
— Eshik oldida xotinning xojasiga yo‘liqib qolishdi. (Yusuf surasi, 25-oyat)
Modomiki ahvol shunday ekan, xotiniga itoat etgan, uning nafsoniy orzulariga bo‘yin eggan erkak, aslida, Allohning ne’matini inkor etgan va uning hukmining teskarisini qilgan bo‘ladi.