Sen namozingni o'qi, Haqqa ko'ngil ber, ishla, qayg'udan yiroqlashib rizqingni Rabbingdan so'ra, rizq beruvchi Udir, rizq talashmasdan "Allohu akbar" nidosi bilan rukuga, sajdaga bor.
Kahf surasining 4-oyati karimasida: «Hamma narsa sababdir», deya marhamat qilinganidek, sabablarga tavassul et, rizq uchun harakat qil. Hamma narsa harakatdan vujudga keladi, sunnati ilohiy ham shudir.
O'g'lim Musomurod! Ekmasang, tikmasang, ishlamasang biror narsani qo’lga kiritolmaysan. Hamma narsani Allohdan so'raysan, Unga ibodat qilasan. Rizqing uchun ham ishlashing kerak. Haq beradi, xalqdan so'rash yo'q. Allohga yolvorasan, keyin qo'lingni ochib berilgan quvvat va qudrat bilan U ko'rsatgan yo'ldan ketasan. Ha, qul Haqdan so'rasa, haqiqiy qul bo’ladi. Xalqdan so'rasa, mushrik bo’ladi, Zero, rizq beruvchi Allohdir. Harakat qilish vosita, xolos.
O'g'lim Musomurod! Sevimli Payg'ambarimiz(s.a.v.): «Rizq eshiklari yopiq. Sa'y-harakat uning kalitidir», deganlar. Oila boshlig'ida farzandini dinga da'vat qilish vazifasi bo'lganidek, dunyoviy ishlarda ham Alloh buyurgan yo’lga boshlash ota-onaning vazifasidir. Sen ham bu dunyoda halollik yo’lini izla va shu yo'ldan borib rizq eshiklarini och. Ota-ona shu pokiza yo’lga boshlashga mas'ul. Sen ham ular ko'rsatgan yo'ldan borishga mas'ulsan. Shu mas'uliyat seni jahannam azobidan qutqaradi.