Balki ayturlar, bu fasod ermasdurkim, tuhmatdur. Na fasodning ma’nisini bilurlar va na tuhmatning. Bas, bu toifa g‘ofildurlarki, shahvat va shayton bularga g‘olib kelibdur. Pand va nasihat birla bular salohga kelmas. Bas, bu toifalarning ko‘pchiligi ul qavmdindurlarkim, Haq taolo ular haqida xabar beribdurki:
Inna ja’alno ala qulubihim akinnatan.
Ya’ni, Darhaqiqat, Biz (Kur’onni) anglamaganlarning dillarini pardalab, quloqlarini og‘ir qilib qo‘ydik. (Kahf, 57).
Bas, ahli ibohatning g‘aflat, fazihat (rasvolik, sharmandalik) larini munchalik bayon qilmoq kifoyatdur, bularning shubhasi Haq taoloni tanimaganidan yo shariatni bilmaganidandur. Va johilligikim tab’ining xohishidadur, tuzalishi qiyindur. Ul sababdankim, bu guruh shubhasiz ibohat yo‘lida yurar. Va ayturlarkim, bizlar hayratdadurmiz. Va agar ul guruxdan so‘rasalarki, nechuk hayratdasen, aslo javob etaolmas. Charoki, ularda na talab bo‘lg‘ay, va na shubha (gumon). Bu guruhning holi ul bemorning holiga o‘xsharkim, tabibga aytur: men bemordurmen. Tabib so‘rasakim: na yering og‘riydur? Bilmas. Bu nav’ kasalga iloj qilg‘ali bo‘lmas. Va bu toifaki, har ishda chora topmay hayrondir. Ammo sen inson - sen va seni xalq qilguchi Olim va Qodirdurkim, harna xohlasa qilur. Bas, aning haqida shak va hayratda bo‘lmag‘aysan. Va bu ma’nolarni dalil birla bilgaylar. Chunonchi, sharh qilindi.