forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: jadidmuslim 14 Avgust 2010, 23:32:14
-
:as: :bsm:
Aziz forumsodhlar bu mavzuni ochishimizga bizni Xasti Imom majmuasidagi ayanchli holat majbur qildi. Bolala bilan anchadan beri Uzb da yo' bo'ganimiz uchun, boshqa yurtladagi masjidlani tartib intizomiga o'rganib qoganbiza. Yaqindan boshlab Toshkent masjidlarida ramazoni muborakni boshlavordi.
Endi bir narsa bizni ranjitdi.
Masjid atrofi kech bo'ldi deguncha yarim yalang'och ayollaru ,sigaretu nasvayli erkaglaga to'larakan.Sevishganlayam sho'tta.Daraxtlani panasida a.A'zubilla. Binolar peshtoqlariga Qur'ondan oyatlar bitilgani holda,tevaragida oyatlar aksini jonlantirishvotti.Buyam yetmagandey,masjidning ichini avratlari ochu, ich kiyimlarining shakli,kerey bo'sa rangi bilinib turuvchi rangi sovuq ayolla supurib yuribdi.Masjid orqasi sport maydonchasi go'yo.Mahalla mujiklari qattani oromida uynadhvotti.Bilmadik balki qimormi.
Bu nima, din ustidan kulishmi.Qat'iy chorala ko'rilsa bo'ladiyu. Shuncha narsani qilishibdi ,Alloh rozi bo'lsin. Endigi holat Allohning qahrini keltiradiyu.
Nahotki muftiyat ma'lum normalani ustav qib chiqarib quymiydi.
Majmuada shariatni hurmat qilish qonun qilib quyilsa buladiyu.
Muftiyat qatga qaravotti?
Chet el masjidlarida tamoman boshqa holat.
Masjid territoriyasiga hijobsiz mumkinmas. Chekish mumkinmas. Svidaniya qilish yo'.
Uzr, mani kechirasilayu, Xasti imomdagi bu hol g'irt ablahlikku.
Kikm qanaqa fikrdayu, biz shunday deb uyleymiza.

Ha, bu yangilik emasku. Shunchalikki, o'rganib qoldik.
Hastimomning yangi binosi, uning yonida qurilgan Diniy Idora "taqvo ustida" qurilgan emas. Xo'jako'rsinga, 2007 yili Toshkent Islom Madaniyati Poytaxti bo'lib qolganiga qurilgan.
Muftiyatdagilar hozir Ramazon iftorliklari bilan band. Keyin yil davomida turli xil bayram-u, tadbirlardan bo'shamaydi. Siz aytgan ishlarga ularning vaqti yo'q. O'zi namozni o'qishga zo'rg'a vaqt topishadi. Kerak bo'lsa ishlari zarur bo'lsa, namozni ham tark qilvorishadi. Nima ham derdik? Alloh bizning musulmonlarga ham insof va diyonatli kishilarni bosh qilsin. Ramazonda qiladigan duolarimizning bir qismini mana shu mazmundagilari tashkil qilsa ajabmas.
-
:as:
:bs1:
Ha to`g`ri, masisol un 1 boshqa tomonlama ham qarab ko`rilik. Y`ani, masjidni tozalash un o`shnaqa qizlar kirishibdi dediz. Lek o`ylamadizmi, muslima qizlarni masjid tozalashga olib kirilganligida ularga yordam beraman dib bir nechta yigitlar ham kirishar edi, ya`nikim, muslima qilar bo`lib turib masjidga kirar edik tozalashga, shunda tashqaridan bir nechta yigitlar kirib biz ish qilishimizni kuzatib turishar edi. Unda bu qanday holat? keyin biz madrasa mudirasiga etganimizdan keyin boshqa bizni olib chiqmidigan bo`lishdi. bu bn etmoqchimanki avvalaam bor masjidga be taxorat kirib bo`lmayli va muslima qizlar ham kirishganligida ularni kuzatishga begana erkaklar ham kirishlari taqiqlanishi kerak.
Kuni kecha, yo`lda ketayotgan homilador kinayimiz qo`llarida suv va bulichka yeb ketayotgan edilar shunda bir yahudiy kishi siz ro`zamasmisiz deb ustlaridan kulib so`radi, so`ng kinayimiz men homiladorman degan edilar o`sha kishini o`g`zi yopildi va hech narsa deya olmadi. ya`nikim o`sha yahoodiylar bizning dinimizni to`liq bilar ekanki shunaqa dedi. bu ham bir tomondan Islom ustidan kulish emasmi?
-
Meni kechirasizlari, aka siz toshkentni o'sha masjidi imomiga aytmadizmi? Ahir yomonlikni qo'l blan agar imkoni bo'lmasa so'z bilan qaytarish kerakku. Lekin masjidga ayol kishi tozalagani kirganini sizdan eshityapman. Har holda yahshi ish bo'lmabdi, agar bu qiyosiy sifatlash bo'lsa juda bo'rtirma.
-
Ha, rostdan achinarli holatlar...
Insonlarni ongi va aqli yetmasa, odamni o'zida bo'lmasa qiyinakan...
Buning uchun juda katta islomiy bilim ham shart emas, shunchaki ozgina FAROSAT bo'lishi kerak xolos...
P/S: Insonlar maqsadi va ularning iymoni haqida tahmin bilan gapirish juda ham yomon... to'g'ri bo'lsaku xo'p-xo'p, noto'g'ri bo'lsa katta gunoh bu...
-
Ҳақиқатан, схши иш бслмапти. Аммо шуни айтиш керакки, динимизнинг устидан кулувчиларни Аллоҳнинг Ўзи ксриб турипти. "Свидание" қилиш, карта сйнаш, очиқ-сочиқ кийинишлар масжиднинг олдидами, ҳеч бир кимса ксрмайдиган сахродами, барибир гуноҳ. Буни аввало сша ишларни қилаётганларнинг сзлари англаб етиши керак. Чунки уларни масжид атрофидан қувсангиз, бошқа жойда ҳам шу йслда давом ставеришади. Аллоҳ инсоф-тавфиқ берсин ва уларнинг гуноҳларини кечирсин.
-
Menimcha Xalqni o'zi yana chora topadi bunga, chiroyli shaklda ogohlantiruv ishlari olib borilsa, chiroyli shaklda yozuvlar yozilsa, albatta gunoh ishlayotganlar qaytishadi.
Bunday ishlar qattiq qurollar bilan, baqir-chaqir bilan hal bo'lmaydi.
Keyin yana bir narsani unutmaylik, hamma ham Toshkanda Musulmon emas...bunday insonlarga avvalo biz Musulmon yoshlarning o'rnak bo'lishimiz shart.
-
Hastimomning yangi binosi, uning yonida qurilgan Diniy Idora "taqvo ustida" qurilgan emas. Xo'jako'rsinga[/u], 2007 yili Toshkent Islom Madaniyati Poytaxti bo'lib qolganiga qurilgan.
...Siz aytgan ishlarga ularning vaqti yo'q. O'zi namozni o'qishga zo'rg'a vaqt topishadi. Kerak bo'lsa ishlari zarur bo'lsa, namozni ham tark qilvorishadi[/u]. Nima ham derdik? Alloh bizning musulmonlarga ham insof va diyonatli kishilarni bosh qilsin...
Дсстим, сиз бу айтганларингизга шахсан гувоҳ бслдингизми? Агар гувоҳ бслмаган бслсангиз, туҳмат бслиб қолмасин.
-
Menimcha yaqin orada bu mavzu ko'rib chiqiladi va ijobiy natijaga erishiladi.
Endi eshitinglar:
Dinni ustidan kulish faqat Hasti Imom atrofida desanglar tuhmat bo'ladi.
Ramazon kunlari ro'zador odamni qarshisidan avrati ochiq qizlar chiqishi kulishmasmi?
Shu kunlarda oshxonalarning ishlab, odamlarnin aroq ichib o'tirishi kulishmasmi?
Yana shu kunlarda Xorazm,Toshkent viloyatlarining ayrim joylarida to'y marosimlarini qilish kulishmasmi?
Xorazm,Toshkent viloyati- bu yerlarni bilganim uchun yozdim. Bilmagan joyimni yozmadim.

Yo alhazar,,,to'ymi:(((((
-
Yo alhazar,,,to'ymi:(((((
Ie albatta! Kecha to'yga aytishdi, tovba devorasiz o'ziz bilmagan holda!
-
Ramazon oyi to'q qilish mumkin eamsmi?
-
Ramazon oyi to'q qilish mumkin eamsmi?
САВОЛ:АССАЛОМУ АЛАЙКУМ А АМАЗОАДА АИКОХ МАА ОСИМИАИ ИФТОА ЛИК КИЛИБ УТКАЗСА БУЛАДИМИ АЕГА ЕШИ КАТАЛАА БУАГА КАА ШИ БУЛИШАДИ
Жавоб:(Шайҳ Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф)
А амазонда никоҳни ифторлик қилиб стказса бслади. Катта ёшдагиларнинг бу ишга қарши бслишлари рсзадор одамлар тсй қиламан, меҳмон кутаман деб қийланиб қолишлари сътиборидан бслса керак.
-
Ramazon oyi to'q qilish mumkin eamsmi?
Diniy tarafdan bilmadim, lekin men kunduz deb o'yladim ham ichkilik ichilgandir...
o'zi 1 oygina Ramazon, 11 oy bor-ku to'y uchun...
shu 1 oyni toat-ibodatda o'tkazish kerak, to'y degani tashvish degani, inson ko'p narsadan chalg'iydi...
-
Men aytayotgan to'y iftorlik tarzida o'tmaydida!
Artistlari bo'ladi, raqqosalari,ichkilik...Ehe, tovba qildim.
-
Unda shu tarzida yozingda, bo'lmasa odamlarda Ramazonda to'y qilib bo'lmas ekan degan xulosaga kelib qolinadi.
-
:bs1:
:as:
Alloh Alloh, Ramazonda to`y. Man birinchi martta eshtishim, haqiqattan to`y un 11 oy bor nimaga aynan Ramazonda qilisharkin. Alloh o`zi asrasin bunaqa odam bo`lishdan. :(
-
Ramazonda to'y bo'b turadi,huddi iftorlika ketgande-de
-
Ramazon oyi to'q qilish mumkin eamsmi?
Diniy tarafdan bilmadim, lekin men kunduz deb o'yladim ham ichkilik ichilgandir...
o'zi 1 oygina Ramazon, 11 oy bor-ku to'y uchun...
shu 1 oyni toat-ibodatda o'tkazish kerak, to'y degani tashvish degani, inson ko'p narsadan chalg'iydi...
Faqat Bir Oyni Taoat Ibodatda O'tkazish Emas BU Dunyoda BIr Umr Toat Ibodatda Bo'lsihlik Lozim Emasmi?
-
Hastimomning yangi binosi, uning yonida qurilgan Diniy Idora "taqvo ustida" qurilgan emas. Xo'jako'rsinga[/u], 2007 yili Toshkent Islom Madaniyati Poytaxti bo'lib qolganiga qurilgan.
...Siz aytgan ishlarga ularning vaqti yo'q. O'zi namozni o'qishga zo'rg'a vaqt topishadi. Kerak bo'lsa ishlari zarur bo'lsa, namozni ham tark qilvorishadi[/u]. Nima ham derdik? Alloh bizning musulmonlarga ham insof va diyonatli kishilarni bosh qilsin...
Дсстим, сиз бу айтганларингизга шахсан гувоҳ бслдингизми? Агар гувоҳ бслмаган бслсангиз, туҳмат бслиб қолмасин.
Taqvo ustiga qurilmaganligi - masjidning atrofini militsiya xodimlari qo'riqlashadi (Allohning uyini hech kim qo'riqlashi shart emas. O'zi O'z baytini himoya qilib oladi. Buni johiliyat davrida AbdulMuttalib bilgan, nahotki bunga bizning diniy yoki dunyoviy rahbarlarning aqli yetmasa?), masjidga yarim-yalang'och ayollar bemalol kirib chiqishadi (boshqa masjidlarda hijobli ayollar ham masjid ma'muriyatining ruxsati bilan kirgiziladi), masjid plan uchun, atigi 7 oy ichida qurilgan - maqsad esa Islom Konferensiyasi Tashkilotiga o'zlarini ko'rsatish bo'lgan. Eng katta dalil - birodarimiz bu mavzuning bosh postida yozganlaridek, masjid atrofining fisq-fujur makoniga aylanganligi. Bu masjidmi, yoki istirohat bog'imi? Siz O'zbekiston bo'yicha atrofida mana shunday ishlar bo'layotgan yana bitta masjidni misol qilib keltirolasizmi?
Men diniy idoraning yangi binosiga 2007-2008 yillarda 2-3 marta borganman va u yerdagi holatlarga shaxsan guvoh bo'lganman. Bundan tashqari shaxsan guvoh bo'lgan bir emas, bir nechta kishidan shu haqida (diniy idora xodimlarining namozni tark qilishlari) eshitganman. O'sha guvoh bo'lganlardan biri mana shu forumda taniqli bir akamiz bo'ladilar.
Keyin men hech kimga tuhmat qilmoqchi emasman. Bu yerda aniq nomlarni keltirishim ham mumkin edi. Faqat ortiqcha gap ko'paymasin, deb umumiy gap bilan cheklandim.
-
:bs1:
:as:
Alloh Alloh, Ramazonda to`y. Man birinchi martta eshtishim, haqiqattan to`y un 11 oy bor nimaga aynan Ramazonda qilisharkin. Alloh o`zi asrasin bunaqa odam bo`lishdan. :(
3-саволни бир укишингизни маслахат бераман, жавоби бор пастрокда.
-
Ramazon oyi to'q qilish mumkin eamsmi?
Diniy tarafdan bilmadim, lekin men kunduz deb o'yladim ham ichkilik ichilgandir...
o'zi 1 oygina Ramazon, 11 oy bor-ku to'y uchun...
shu 1 oyni toat-ibodatda o'tkazish kerak, to'y degani tashvish degani, inson ko'p narsadan chalg'iydi...
Faqat Bir Oyni Taoat Ibodatda O'tkazish Emas BU Dunyoda BIr Umr Toat Ibodatda Bo'lsihlik Lozim Emasmi?
Ukajon albatta Musulmon har doim toat-ibodatda bo'lishi kerak. Lekin meni nima uchun bunday deganimni shu misolda tushuntiray.
Masalan sizga juda qadrdon inson uyingizga mehmon bo'lib keldi. U uzoqda ekanligida ham xabar olasiz, telefon qilasiz, orada sovg'a-salom jo'natasiz.
Lekin uyingizga kelganda esa yana ham ko'proq mehr ko'rsatasiz.
Meni nazarimda Ramazon huddi shu mehmonday. Zotan uyimizga yilda 1 marta keladi, unga izzat-ehtirom ko'rsatib, "mamnun etish" har birimizning qarzimizdir.
Aslida esa qani endi tez tez ro'za tuta olsak...
-
Taqvo ustiga qurilmaganligi - masjidning atrofini militsiya xodimlari qo'riqlashadi (Allohning uyini hech kim qo'riqlashi shart emas.
U militsiya xodimlari masjidni qo'riqlash uchun turishgani yo'q. Masjidni kimdir orqalab ketarmidi?
Xasti Imomga nafaqat musulmon yurtdoshlarimiz, balki turistlar ham kelishadi... O'zga yurtlardan mehmonlar ham keladi... O'shalarning xavfsizligini va o'zi umuman masjid hududidagi kutilmagan ko'ngilsizliklarni oldini olish uchun turishadi...
Eng katta dalil - birodarimiz bu mavzuning bosh postida yozganlaridek, masjid atrofining fisq-fujur makoniga aylanganligi.
Dalil so'zi siz uchun har doimgidek yengilgina narsa... Birinchidan, masjid atrofidagi ahvol juda ham siz aytganchalik emas. Ozgina bo'rttirib gapirayapsilar... Ikkinchidan, shunaqa odamlarni masjid atrofiga borishiga bizning diniy yoki dunyoviy rahbarlarimizning nima aloqasi bor?! O'ylab gapiryapsizmi o'zi?
Yana shuni unutmaylikki, Xasti Imom faqat masjid emas. U kompleks. U yerda tarixiy yodgorlik ham mavjud. Uni ko'rish, tomosha qilish uchun kelganlarga ta'qiq qo'yib bo'lmaydiku...
masjid plan uchun, atigi 7 oy ichida qurilgan - maqsad esa Islom Konferensiyasi Tashkilotiga o'zlarini ko'rsatish bo'lgan.
Masjid qursa ham bir balo, qurmasa ham... Qanday maqsadda qurilganini ibodat qiluvchi uchun nima aloqasi bor? Nima bo'lganda taqdirda ham u Ollohning uyi... Ollohning uyi haqida bundayin betayin gaplarni gapirishdan tiyinsangiz bo'lar edi.
Katta xolangizni uyimas bu...
O'sha qurgan odamlarni yomonlang, yonida yurgan betavfiqlarni ayblang, farosati yetmagan kiforlarni gapiring, lekin hech qachon masjidni yomon deya tilga olmang. Bunga haqqingiz yo'q.
Bilaman, xozir yana o'zizni oqlash uchun, men masjidni yomonlaganim yo'q, men unaqa gapiruvdim, bunaqa gapiruvdim deyishni boshlaysiz. Lekin nima bo'lishidan qat'iy nazar vijdoningizga havola...
Keyin bitta-ikkita mutasaddilarni deb, butun diniy idorani yomonlashga, ularni iymonsizlikda ayblashga kim bo'psiz...
Alloh bizning musulmonlarga ham insof va diyonatli kishilarni bosh qilsin...
Siz kimga ayb qo'yayotganingizni bilasizmi? Bevosita Diniy idoramizning boshliqlarini yomonlamoqchisiz... Uning tepasida esa kim turganini sizga eslatishim kerakmasdir...
Oldingi bahslarimdan birida ham aytgandim sizga, birovni gunohlarini sanaguncha, o'zingizni savoblaringizni oshirishga harakat qilsangiz bo'lardi.
Bu yerda kimlarga tuhmat qilgandan ko'ra... Siz tuhmat qilmayapman deyapsiz. Unda g'iybat ham qilmang...
Tag'in shunday muborak oyda kimlarni yomon otliqqa, ularni iymonsizga, diniy idora vakillarimizni esa dunyo ishlarini diniy ishlardan ustun qo'yadigan betavfiqqa chiqarishdan uyaling.
Lekin siz uyalmaysiz... Sizda uyat hissi qolmagan chamamda...
Uzr, qizishib ketgan bo'lsam... Ming bor uzr...
Olloh biz osiy bandalarning gunohlarini o'zi kechirsin...

Birodar, har bir postingizga javob berish majburiyatini olganim yo'q. Bahslashmaymiz. Baribir, foydasi yo'q. Mening yozganlarim yqomagan bo'lsa, javob yozib o'tirmay, o'tib ketavering. Lekin haqorat qilmang. Men umumiy gapirdim. Agar haqoratli gaplarni gapirgan bo'lsam, gap egasini topadi. Lekin dalillarim bor, dedim. Ya'ni juda xohlasangiz, nomlarni keltirishim mumkin.
Keyin men Sizga emas, menga savol bergan boshqa forumdoshga javob berdim. Har joyda mening postlarimga munosabat bildiraverishingiz shart emas. Yana bir gap: men hech kimni iymonsizlikda ayblamadim. Agar men yozganlarimni tushunmagan bo'lsangiz, yoki noto'g'ri tushungan bo'lsangiz, ayb mendamas.
Umuman, yozgan hamma postlarimga Insha Alloh javob bera olaman. Lekin, yana qaytaraman, Siz bilan bahslashmayman.
Bu ushbu mavzudahi so'nggi postim.
-
Xech kimsa islom ustidan kulaolmaydi, o'zi kulgu bo'ladi. Bu mavzuga taluqli hech qanday ko'zga ko'ringan ma'lumotlar ham yo'q. Yuqorida keltirilgan barcha fikr mulohazalar boshqa mavzu o'ylashimcha.
-
Ассаламу алайкум!
Ман фалончининг айбини хужжати билан биламан. Яъни, намоз сқимаслигини ва баъзи бошқа ишларини. Хатто уни бир смас, бир нечта акахон тасдиқлайди. Агар сша нуқсони борнинг хатосини сзига хиқмат билан тушунтириб, схшиликка бошлаш срнига омма ичида "менинг далилим бор" деб гапирсам, "мусулмонман" дес қилган давоимдан наф бсладими?
Мен хаётда бировларни кузатиб, ишига сраша амал қилмаётганини ксриб, уни ҳаммага овоза қилиш учун борманми?
А воҳ, сзимнинг нечоғлик хатоларим бор?
Буни сарҳисоб қилдимми? Буларни тузатмасдан туриб, бошқаларнинг нуқсини гапирсам, мени Аллоҳ шарманда қилмасмикин.
Буни сарҳисоб қилдимми? Бировнинг айбини далили билан биламан дегунча Аллоҳнинг олдидаги айбларимни ювсам сринли бслармикин.
Ойна қаршисига келсак, устимизда анча ишлашга мажбур бсладиганимиз нусонлар бор скан. Биров далил қила олмайдиган. Фақат Аллоҳ билган ва ойна гувоҳ бсладиган. Бошқаларнинг кичкина хатосини ксриб, уни бировга айтишни сйлагунча, сзимизда мавжуд аснчлик нуқсонлар бартарафи учун курашсак, иншоАллоҳ, манфаатлик бслади.
Шу сринда жуда бир ҳаммамиз учун кераклик бслган мана бу гапларга сътибор қаратиб қссйлик. Зеро, шуларга амал қилиш бошқаларнинг устимиздан кулмаслигида муҳим аҳамист касб стадиган нарсалардан скан. Валлоҳу аъалм.
Абу Барза ал-Асламий розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Ай тили билан иймон келтириб қалбига иймон кирмаганлар жамоаси! Мусулмонларни ғийбат қилманглар ва уларнинг айбларини ахтарманглар! Ким уларнинг айбини ахтарса, Аллоҳнинг Ўзи унинг айбларини ахтаради. Аллоҳ кимнинг айбларини ахтарса, уни уйининг ичида шарманда қилади», дедилар».
Абу Довуд ва Термизий ривост қилган.
Шарҳ: Лайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам: сзларининг бу муборак ҳадисларида катта бир ҳақиқатни баён қилмоқдалар. У зот одамлар ичида тллари билан иймон келтириб, қалбларига иймон кирмаганлари борлигини билдириб сшаларга хитоб қилмоқдалар.
«Ай тили билан иймон келтириб қалбига иймон кирмаганлар жамоаси!»
Демак, тили билан иймон келтириб қалбига иймон кирмаганлар кспчилик бслар сканлар.
«Мусулмонларни ғийбат қилманглар ва уларнинг айбларини ахтарманглар!»
Ўша жамоа мусулмонларни ғийбат қилмасликлари керак скан. Ўша жамоа мусулмонларнинг айбларини ахтармасликлари керак скан. Агар улар бу ишларни қиладиган бслсалар, сзларига ёмон бслар скан. Чунки,
«Ким уларнинг айбини ахтарса, Аллоҳнинг Ўзи унинг айбларини ахтаради. Аллоҳ кимнинг айбларини ахтарса, уни уйининг ичида шарманда қилади».
Ҳа, мусулмонларнинг айбини тиноқ остидан кир ахтаргандек қилиб ахтарганларнинг айбини Аллоҳ таолонинг Ўзи ахтара скан. У зот айб ахтарганда сса қойиллатиб ахтаради. Айдорни шармандаи шармисор қиладиган қилиб ахтаради.
Мусулмон банданинг айбини ахтариш қанчалар оғир скан. Шунинг учун бу ишдан тийилмоқ зарур.
Термизийнинг лафзида: «Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам: минбарга кстарилдилар ва баланд овоз ила нидо қилиб: «Ай тили билан мусулмон бслиб қалбига иймон стмаганлар жамоаси! Мусулмонларга озор берманглар! Уларни айбламанглар! Уларнинг айбларини ахтарманглар! Ким сзининг мусулмон биродарининг айбини ахтарса, Аллоҳ унинг айбини ахтаради. Аллоҳ кимнинг айбини ахтарса, уни албатта шарманда қилади. Гарчи юкининг ичида бслса ҳам», дедилар», дейилган.
Бир куни Ибн Умар Каъбага назар солиб туриб: «Қанчалар ҳам улуғсан! Сенинг ҳурматинг қанчалар ҳам улуғ! Мсминнинг ҳурмати Аллоҳнинг ҳузурида сендан ҳам улуғ!» деди».
Шарҳ: демак, мсмин кишини беҳурмат қилиш Каъбаи Муаъззамани беҳурмат қилишдан ксра ёмон скан. Шунинг учун зинҳор ва зинҳор мсмин кишини беҳурмат қилишга қсл урмас-лик лозим.
Муовис розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: «Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Сен одамларнинг айбларини ахтарсанг, уларни бузасан ёки бузай дейсан», дедилар.
Абу Дарда: «Муовисга у Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:дан сшитган бу калима орқали Аллоҳ манфаат берди», деди».
Шарҳ: Одамларнинг айбини ахтариш катта гуноҳ бслиши би-лан бирга уларнинг бузилишига ҳам сабаб бслар скан. Дарҳақиқат, аъзолари бир-бирининг айбини ахтарадиган жамистларнинг одамлари бузилиши оқибатида жамистнинг сзи ҳам бузилиб, парча-парча бслиб тарқали кетганлигининг гувоҳлари ҳам ксп.
Агар Лайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам:нинг насиҳатларига амал қилиб одамларнинг айбларини ахтарилмаса фойдали бслар скан. Ана сша фойдага ноил бслганлардан бири Муовис ибн Абу Суфён розисллоҳу анҳу сканлар.
Абу Умома розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: «Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Агар амир одамлардан айб ахтараверса, уларни бузади», дедилар».
Абдуллоҳ розисллоҳу анҳуга: «Ана, фалончи! Унинг соқолидан ароқ томиб турибди!» дейилди. Шунда у: «Биз жосуслик қилишдан наҳий қилинганмиз. Лекин бир нарса зоҳир бслса, уни оламиз», деди».
Учовини Абу Довуд ривост қилган.
Шарҳ: Одамларнинг сширин қилаётган ишларини уларнинг ҳақида ёмон гуноҳда бслиб ҳадеб қидиравериш схши смас. Аммо уларнинг ёмонлиги ошкор бслиб қолганда қилмишига сраша жазо бериш лозим.
http://islom.uz/content/view/711/1/
-
Birodar, har bir postingizga javob berish majburiyatini olganim yo'q. Bahslashmaymiz. Baribir, foydasi yo'q. Mening yozganlarim yqomagan bo'lsa, javob yozib o'tirmay, o'tib ketavering. Lekin haqorat qilmang. Men umumiy gapirdim. Agar haqoratli gaplarni gapirgan bo'lsam, gap egasini topadi. Lekin dalillarim bor, dedim. Ya'ni juda xohlasangiz, nomlarni keltirishim mumkin.
Keyin men Sizga emas, menga savol bergan boshqa forumdoshga javob berdim. Har joyda mening postlarimga munosabat bildiraverishingiz shart emas. Yana bir gap: men hech kimni iymonsizlikda ayblamadim. Agar men yozganlarimni tushunmagan bo'lsangiz, yoki noto'g'ri tushungan bo'lsangiz, ayb mendamas.
Umuman, yozgan hamma postlarimga Insha Alloh javob bera olaman. Lekin, yana qaytaraman, Siz bilan bahslashmayman.
Bu ushbu mavzudahi so'nggi postim.
Har doimgidek holat...
Biron bahsli vaziyat tug'ilganda va siz o'zingizni oqlash uchun asos kamaya boshlashi bilan eng oson va sinalgan usulini qo'llaysiz... Ya'ni men siz bilan bahslashmayman, bu befoyda, shu yerda bahsni tugataylik deysizu, tamom. Juda-juda oson qutulasiz. Yana oxiriga straxovka uchun "Men boshqa bu mavzuga qaytmayman" deb qo'shib qo'yasiz... Juda-juda puxta usul...
Ha, inson birovlar nomiga shuncha yomon so'zlarni ishlatib, endi sekingina qochib qolmoqchimisiz...
Yana sizni haqorat qilishlari yoqmasmishu, o'zingiz boshqalarni haqorat qilsangiz mumkin ekanmi?
E'tiboringiz uchun men sizdan farqli o'laroq hamma gapni yuzingizni aytaman, sizga o'xshab birovlarni orqasidan g'iybat qilmayman...
Shuncha bunday vaziyatlarga mayli deb indamay keldim. "Andishani otini qo'rqoq" deganday, doim bahs jiddiy ko'rinishga yetay deganda, bir nimalarni bahona qilib savollarga javob bermay ketaverardingiz. Men ham xo'p deb qo'yardim. Ammo endi hamma gapni gapirmasam bo'lmaydi...
Siz umumiy gapirdim deb aytibsiz. Ha, siz doimo umumiy gapirasiz... Bu sizning o'zga xos uslubingiz, stilingiz. O'shanda suvdan quruq chiqish oson bo'ladi sizga. Men umumiy gapirgandim deb turaverasiz.
Ammo bu juda yomon odat. Bir yoki ikki kishini deb hammaga baho berish noto'g'ri. Tasavvur qiling, sizni qilgan bir yomon ishingiz uchun (har holda farishta emasligingizni tan olarsiz) men butun oilangizni yomonlayapman... Oilangiz tarkibiga esa otangiz, onangiz, aka-uka, opa-singillaringiz ham kiradi. Xo'sh, sizning aybingiz bilan men ulanri ham yomonlasam bu adolatdanmi? Shunaqa qilsam to'g'ri bo'ladimi? Hech bo'lmasa shu savolga javob berish uchun ozgina vijdoningiz bordir?
Nega siz shunchalik davlat rahbarlarini yomon ko'rasiz-a? Nega bunchalar yuqoridagi amaldorlarga va ular olib borayotgan siyosatga kuchli nafrat bilan boqasiz-a?
Bu nafratingiz shunchalik darajadaki, davlat amaldorlarini yomonlash uchun xatto Ollohning uyiga ham tosh otdingiza!!! Yo, alhazar...
Men garchi doimo bahslashib, tortishib yurgan bo'lsak ham sizni shu paytgacha taqvodor inson deb bilar edim... Lekin endi fikrlarim butunlay o'zgardi (bilaman, garchi meni fikrim siz uchun qiziq bo'lmasligi mumkin). Sizning taqvoyingiz nafratingizdan kuchsiz ekan...
Ey, inson, biz kim bo'libmizki, biz Ollohni uyini yomonlaymiza... Necha minglab insonlar masjid uchun hech bo'lmasa bir dona g'isht qo'yishni orzu qilib yurgan bir vaqtda, siz masjidni fisqu-fasod joyga tenglashtirayapsizmi?
Ey, inson, kim biz kim bo'libmizki, Ollohning yerdagi vakili deya hisoblanadigan davlat boshlig'iga ayb qo'ya olamiz... Ularni qilayotgan ishini mingdan birini ham qilishga qurbimiz, aqlimiz, kuchimiz yetarmikin?!..
Ey, inson, biz qanchalik taqvodor bo'lib ketdikki, davlatdagi diniy idora vakillarini iymonsizlikda ayblaymiz? Ularning ilmi, iymonichalik bizda ilm bormikin? Islom uchun ular qilgan ishning yuzdan birini bo'lsada qila oldikmikin? Ular shu paytgacha qilgan toat-ibodatlarini hech bo'lmasa o'ndan birini bo'lsa ham bajara oldikmikin?
Ey, inson, biz qanchalik farishta bo'lib ketdikki, o'zgalar xatosini Olloh bilganchalik to'kis va to'liq ko'ra oladigan bo'libmiz? O'zimiz ular qilgan gunohlarni takrorlamayapmizmi nima?
Birodar, siz bir postingizda 16 yoshingizgacha menday fikrlaganingizni, keyin esa fikringiz tubdan o'zgargani yozgandingiz. Demak, o'sha fikringiz o'zgargan vaziyatda sizga yoki sizning oilangizga nisbatan jamiyatda qandaydir adolatsizlik qilingan bo'lishi mumkin. Shuning natijasida siz jamiyatga nafrat ko'zi bilan qaray boshlagandirsiz... Balkim...
Lekin bir narsani tushuning. Inson bu dunyoda boqiy emas. Xozirgi amaldorlarimizdan ham davr o'tadi, hukumat tepasiga qachondir yangi insonlar keladi. Lekin siz ishonasizmi, yuqoridagi insonlar o'zgargan bilan, hamma yoqda adolat 100% o'rnatilishiga? Nahotki bunday ko'r-ko'rona aqidaga sizning ko'nglingizda ishonch bo'lsa? Endi qiyomatgacha bunday vaziyat bo'lmaydi hech qachon... Saodat asri qaytmaydi baribir. Bizku, dunyoviy davlatmiz, ammo o'sha Islom ustunlari bo'lgan Saudiya yoki BAAlarda ham adolat tiklanmaydi... Buning sababi nimada bilasizmi?
Sababi shudaki, davlat rahbari bitta bo'lgan bilan uning 100lab amaldorlari bor. Ularning qo'lida esa minglab xodimlar, insonlar ishlaydi. Ha, aynan INSONlar! Inson esa xato qiladi... Xohlaysizmi, yo'qmi... Beayb parvardigor... Buning ustiga
kim javob bera oladi, shu minglab xodimlarning orasida podani bulg'amaydiganlar yo'q deb? Salla desa kallani ob keladigan ba'zi rahbarlarni deb insonlar orasida hukumatga nisbatan salbiy fikrlar paydo bo'layapdi...
Xozir butun dunyoda og'ir siyosiy davr. Hamma yoqda siyosiy o'yinlar avj olgan. Ayniqsa tashqi siyosiy va mafkuraviy hurujlar kuchaygan davr. Tinchligimizni ko'rolmaydiganlar son mingta... Kim biladi balki, pastdagi ba'zi chinovniklar atayin hukumat rahbarlarini yomon ko'rsatish uchun xalqqa zulm o'tkazayotgandir? Ularning asl maqsadi shunday emas deb kim kafolat bera oladi?!
Birodar, sizning miyangizni davlatga qarshi juda ham kuchli zaharlashgan... Sizning har bir postingizda, har bir jumlangizda, har bir nuqta-yu vergulingizda bu narsa sezilib turadi... Siz ko'zi ochig'u, lekin qalbi so'qir insonsiz... Siz O'zbekistondagi hamma bo'layotgan ishlarni yomon ko'z bilan qarashga o'rganib qolgansiz... Bu juda yomon, bu juda ayanchli...
Men oldin bunday fikrlamasdim, lekin mana shu oxirgi aytgan gaplaringiz mening hayratimni oshirdi. Ramazon oyida bundayin masjid haqida, ulamolar haqida aytilgan fikrlar, har qanday odamni hayrat daryosiga cho'miltirishi aniq...
Siz ular haqida g'iybat va tuhmat qilib, faqatgina ulanring gunohlarini to'kishga sababchi bo'layapsizu, ammo o'zingizning gunohlaringizni ko'paytirayotganingizdan xabaringiz yo'q... Birodar, qiyomatdan qo'rqmaysizmi? Ertaga har bir gapning javobi borku...
Umuman, yozgan hamma postlarimga Insha Alloh javob bera olaman.
Birodar, menga javob bermasangiz ham mayli, ammo qiyomatda javobini bera olsangiz bo'ldi... Meni aldarsiz, lekin u vaqtda aldolmasligingizni tushunsangiz bo'ldi... Menga haqligingizni amallab isbotlarsiz, ammo Ollohga isbotlab bera olishingizga aniq ishonsangiz bo'ldi...
Mening yozganlarim yoqmagan bo'lsa, javob yozib o'tirmay, o'tib ketavering.
Men unaqa qila olmayman. Sizning davlatimizga, xalqimizga, hurmatga sazovor insonlarimizga aytayotgan salbiy fikrlaringizga indamay o'tib keta olmayman.
Balki mening qarshi fikrlarim sizni dunyoqarashingizni zig'ircha ham o'zgartira olmas. Balki siz mening gaplarimni umuman o'qimassiz ham... Lekin...
Lekin boshqa forumdoshlar, forumni kuzatayotgan boshqa insonlar sizning ushbu gaplaringizdan zaharlanishini istamayman... Ular O'zbekistonni do'zax deb xato tushunib qolishini xohlamayman...
Shuning uchun har bir postingizga, yanada aniqroq aytadigan bo'lsam, har bir davlatga qarshi, Vatanimizga qarshi aytgan noo'rin tuhmatlaringizga (agar haqiqatdan o'rinli bo'lsa mening ishim yo'q) javob qaytaraveraman... Uzundan-uzun post qoldiraveraman. Har fikringizni tahlil qilib beraveraman...
Zora hech bo'lmasa 1 ta insonni fikrini o'zgartira olishga hissa qo'sholsam ham, shuncha gaplarni yozishga ketgan vaqtimga va kuchimga achinmasdim...
Sizga, menga va umuman barchaga Ollohimning o'zi to'kis iymon va insof ato qilsin... Bilib va bilmay qilgan gunohlarimizni o'zi kechirsin...
-
:as:
Juda ayanchli albatta. Lekin bu holatlar hamma uchun desak xato qilmaymiz, oddiy hol bo'lib qolgan. Sababi biz loqaydmiz,judayam. Oilamizdagilar b-n ishimiz yo'q, qo'ni-qo'shnilar b-n ishimiz yo'q.
Kim ayta oladi hozir, shu muqaddas oyda kio'cha kuyda mast alast yurgan qo'shnimiz yoki yaqinlarimizga tanbeh berib hidoyatga da'vat qilayapman deb? Ayollar masalasi endi tugamaydigan masala. Atrofga qarab turib, Jabroil alayhissalom Qur/onni,islomni, iymonni olib ketadigan vaqtlarda yashayapmiz deb o'ylab qolaman.
Shirin singlimiz aytganlaridek ,masjidni muslimalar tozalab yurishlari yaxshimas albatta. Lekin o'sha yerda yurgan, ayrim qorovullar(aytmoqchi ularning ayrimlari namoz o'qishmaydiyam) shalpayib yurgandan ko'ra,bekordan bekorga yurib, savob uchun ham hech bo'lmaganda. supurishsa bo'ladiyu. Biz ham bir aylanib keluvdik yaqinda shu masjidni. Yuqoridagi birodar aytgandek shunaqa holatlarni ko'rdik ,undan battar bo'lmasa. Hayron qoldim. Bu ahvolni masjidga 1,2 marta borib ahamiyat berish qiyinroq.
Ammo lekin, ichiga kirsangiz gap yo'q ekanu, tashqarisidagi ahvol.... ming afsus
Yurist bilan Musannif Adham tortishmanglar. Na Yuristning , na M-Adhamning foydasiga hal bo'lmaydi bu.
Nega endi ma'lum qoidalarni ishlab chiqib, kompleks hududi uchun joriy etsa bo'lmaydiyu turistlar xavsizligi uchun qoidalar joriy etsa bo'ladi?. Masalan eshitganmiz, Turkiyada Ayo Sofiya masjidida turistlar uchun bir martalik ayollar kiyimi berilarkan. Kiyib kirib, chiqqanda yechishar ekan. Bo'ladiyu shunday qilsa.
Qisqasi bu masalani mutasaddi rahbarlardan boshqalar hal qilolmaydilar.
Alloh yaxshi tomonga bursin hamma masjid mutasaddilarini.
-
Alloh Taolo Barchamizni To'g'ri Yo'ldan Adashtirmasin,Hammamizga Insofu Tofiq Bersin,.
-
Hastimomning yangi binosi, uning yonida qurilgan Diniy Idora "taqvo ustida" qurilgan emas. Xo'jako'rsinga[/u], 2007 yili Toshkent Islom Madaniyati Poytaxti bo'lib qolganiga qurilgan.
...Siz aytgan ishlarga ularning vaqti yo'q. O'zi namozni o'qishga zo'rg'a vaqt topishadi. Kerak bo'lsa ishlari zarur bo'lsa, namozni ham tark qilvorishadi[/u]. Nima ham derdik? Alloh bizning musulmonlarga ham insof va diyonatli kishilarni bosh qilsin...
Дсстим, сиз бу айтганларингизга шахсан гувоҳ бслдингизми? Агар гувоҳ бслмаган бслсангиз, туҳмат бслиб қолмасин.
Taqvo ustiga qurilmaganligi - masjidning atrofini militsiya xodimlari qo'riqlashadi (Allohning uyini hech kim qo'riqlashi shart emas. O'zi O'z baytini himoya qilib oladi. Buni johiliyat davrida AbdulMuttalib bilgan, nahotki bunga bizning diniy yoki dunyoviy rahbarlarning aqli yetmasa?), masjidga yarim-yalang'och ayollar bemalol kirib chiqishadi (boshqa masjidlarda hijobli ayollar ham masjid ma'muriyatining ruxsati bilan kirgiziladi), masjid plan uchun, atigi 7 oy ichida qurilgan - maqsad esa Islom Konferensiyasi Tashkilotiga o'zlarini ko'rsatish bo'lgan. Eng katta dalil - birodarimiz bu mavzuning bosh postida yozganlaridek, masjid atrofining fisq-fujur makoniga aylanganligi. Bu masjidmi, yoki istirohat bog'imi? Siz O'zbekiston bo'yicha atrofida mana shunday ishlar bo'layotgan yana bitta masjidni misol qilib keltirolasizmi?
Men diniy idoraning yangi binosiga 2007-2008 yillarda 2-3 marta borganman va u yerdagi holatlarga shaxsan guvoh bo'lganman. Bundan tashqari shaxsan guvoh bo'lgan bir emas, bir nechta kishidan shu haqida (diniy idora xodimlarining namozni tark qilishlari) eshitganman. O'sha guvoh bo'lganlardan biri mana shu forumda taniqli bir akamiz bo'ladilar.
Keyin men hech kimga tuhmat qilmoqchi emasman. Bu yerda aniq nomlarni keltirishim ham mumkin edi. Faqat ortiqcha gap ko'paymasin, deb umumiy gap bilan cheklandim.
:bs1: :as:
Avvalam bor Alloh hohlagan ishlar bo`ladi, dindosh bu bo`lib o`tvotgan ishlaga imomlani ayblamaslik tayillangan edi eshtgan bo`sez, Qola Rasulullohi s.a.v.: EHTIYOTKORLIK BU QO`RQOQLIK EMAS :)
-
Assalomu alaykum!
Men bugun ko'chada yurib ko'zim cherkovdagi tillarang gumbazlarga tushdi. O'ylab qoldim. Nega unaqa?
Savolim mantiqsiz bo'lib tuyuldi o'zimga. Har holda bu yerda mendan ko'ra teranroq fikrlaydigan azizlar bor. Shulardan so'rashga jazm qildim.
Savol: Nimaga cherkovlarda ham gumbazlar bor? (Biz odatda gumbazlarni masjidlarda, madrasalarda ko'rishga odatlanganmiz)
Men shuni tushunib yetolmadim.
Savolim noo'rin bo'lsa, uzr. Maqsadim buning sababini tushinib yetish, xolos.
-
Savol: Nimaga cherkovlarda ham gumbazlar bor? (Biz odatda gumbazlarni masjidlarda, madrasalarda ko'rishga odatlanganmiz)
Gumbaz musulmonlarga oid qurilishdagi shakl, degan tushuncha to'g'ri emas, deb o'ylayman. Chunki, masalan, Yevropada Uyg'onish davrida (Masalan, Leonardo Davinchi davrida) o'shanday gumbazlar, turli hillari (umuman arhitektura) rivojlanib, turli hil dizayndagi gumbazlar ko'plab qurilgan. Balki buni ular o'ylab topgandur...