Hastimomning yangi binosi, uning yonida qurilgan Diniy Idora "taqvo ustida" qurilgan emas. Xo'jako'rsinga[/u], 2007 yili Toshkent Islom Madaniyati Poytaxti bo'lib qolganiga qurilgan.
...Siz aytgan ishlarga ularning vaqti yo'q. O'zi namozni o'qishga zo'rg'a vaqt topishadi. Kerak bo'lsa ishlari zarur bo'lsa, namozni ham tark qilvorishadi[/u]. Nima ham derdik? Alloh bizning musulmonlarga ham insof va diyonatli kishilarni bosh qilsin...
Дсстим, сиз бу айтганларингизга шахсан гувоҳ бслдингизми? Агар гувоҳ бслмаган бслсангиз, туҳмат бслиб қолмасин.
Taqvo ustiga qurilmaganligi - masjidning atrofini militsiya xodimlari qo'riqlashadi (Allohning uyini hech kim qo'riqlashi shart emas. O'zi O'z baytini himoya qilib oladi. Buni johiliyat davrida AbdulMuttalib bilgan, nahotki bunga bizning diniy yoki dunyoviy rahbarlarning aqli yetmasa?), masjidga yarim-yalang'och ayollar bemalol kirib chiqishadi (boshqa masjidlarda hijobli ayollar ham masjid ma'muriyatining ruxsati bilan kirgiziladi), masjid plan uchun, atigi 7 oy ichida qurilgan - maqsad esa Islom Konferensiyasi Tashkilotiga o'zlarini ko'rsatish bo'lgan. Eng katta dalil - birodarimiz bu mavzuning bosh postida yozganlaridek, masjid atrofining fisq-fujur makoniga aylanganligi. Bu masjidmi, yoki istirohat bog'imi? Siz O'zbekiston bo'yicha atrofida mana shunday ishlar bo'layotgan yana bitta masjidni misol qilib keltirolasizmi?
Men diniy idoraning yangi binosiga 2007-2008 yillarda 2-3 marta borganman va u yerdagi holatlarga shaxsan guvoh bo'lganman. Bundan tashqari shaxsan guvoh bo'lgan bir emas, bir nechta kishidan shu haqida (diniy idora xodimlarining namozni tark qilishlari) eshitganman. O'sha guvoh bo'lganlardan biri mana shu forumda taniqli bir akamiz bo'ladilar.
Keyin men hech kimga tuhmat qilmoqchi emasman. Bu yerda aniq nomlarni keltirishim ham mumkin edi. Faqat ortiqcha gap ko'paymasin, deb umumiy gap bilan cheklandim.