Ibn Qoyyim al-Javziya rahimahullohning
"œTuhfatul mavdud bi ahkomil mavlud" nomli kitobidan olindi
Farzand ulg’aya boshlaganda.al-Hamdu-Lillaahi Rabbil-'Aalameen was-Salaatu was-Salaamu 'alaa Ashrafil-Anbiyaa.e wal-Mursaleen, wa ba'd:
Go’dak g’oyatda muhtoj bo’lgan narsalardan biri uning hulqiga e’tibor bilan qarashdir. Zero u yoshligida tarbiyachisi o’rgatgan hulqlar bilan o’sib ulg’ayadi. Jumladan, tajanglik, achchiqlanish urushqoqlik, shoshqaloqlik, yengiltaklik, pala-partishlik, qo’rslik, ochofatlik kabi odatlar borki katta bo’lganda bularni tashlash qiyin bo’ladi va bu hulqlar unda mustahkam o’rnashgan sifat va hay’atlarga aylanib qoladi. Garchi bulardan juda hushyor bo’lib yursa ham, bir kuni albatta uni sharmanda qiladi. Shu tufayli aksar odamlarni egri hulqlar bilan topasiz. Bu narsa ular o’sib ungan tarbiya natijasidir. Shuningdek, bola esini taniganda uni laxv (bema’ni) , botil va qo’shiq majlislaridan, bid’at va yomon gap-so’zlardan uzoq qilish vojibdir. Agarda bular uning quloqlariga ilashib qolsa, ulg’ayganda undan ajralishi qiyin, og’ir bo’ladi va bulardan uni halos qilish valiysiga qiyin kechadi. Zero odatlarni o’zgartirish eng qiyin ishlardandir. Uning sohibi ikkinchi bir tabiatni paydo qilishga muhtoj bo’ladi. Tabiat hukmidan chiqish esa, o’ta og’irdir.
Bolaning valiysi uni boshqalardan narsa olishdan juda yiroq saqlashi kerak. Bola qachon olishga odatlansa , bu unga tabiat bo’lib qoladi va berish emas, olishga o’rganib ulg’ayadi. Bolani berish, ulashishga odatlantirish lozimdir. Qachonki valiy (birovga) narsa bermoqchi bo’lsa, bolani qo’li orqali bersinki, bola berish halovatini tuysin. Bolani yolg’onchi va hiyonatchi bo’lishidan juda qattiq saqlash kerak. Agarda valiy bolaga yolg’on va hiyonat yo’lini qulaylashtirib qo’ygudek bo’lsa, uning dunyo va ohirat saodatini barbod etgan, uni hamma yahshilikdan mahrum etgan bo’ladi.
Bolani yalqov, bekorchi, erinchoq va rohatda bo’lishga qo’yib qo’ymaslik, balki uni bularning ziddi bilan tutib turmoq kerak. Unga faqat qiladigan mashg’uloti uchun nafsi va badanini jamlab oladigan darajada dam bermoq kerak. Zero dangasalik va bekorchilikning yomon oqibatlari bordir. Insonlarning eng rohatlisi, eng toliqqanidir, insonlarning eng toliqadigani eng rohatdagisidir. Dunyo sardorligi va ohirat baht-saodatiga faqat toliqish ko’prigidan o’tiladi. Yahyo Ibn Abu Kasir dedilar: -
"œIlmga jismning rohati bilan erishilmaydi".Bolani kechaning oxirida uyg’onishga odatlantiriladi. Bu g’animatlar taqsimlanadigan, sovrinlar ulashadigan palladir. Kimgadur kamroq, kimgadur ko’proq ulush tegadi, yana kimdir bebahra qoladi. Bola qachon yoshligida odatlanib olsa, katta bo’lganida bu unga qulay bo’ladi.
Narsa berishda bolalar o’rtasida adolat qilish.
"œSunan"kitoblari, "œMusnadi Ahmad" va Ibn Hibbon "œSahih" larida Nu’mon ibn Bashir Raziallohu anhudan rivoyat qildilar:
Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam dedilar: -"œFarzandlaringiz o’rtasida adolat qilinglar". (Sahih hadis)Imom Muslim rivoyat qildilar. Bashir Raziallohu anhuning ayollari: "œMening bolamga hizmatkor sovg’a qiling va bu narsaga Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallamni guvoh qiling", dedi. Basher Raziallohu anhu Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallamni oldilariga keldilar-da : "œFalonchining qizi ( ayollarini aytyaptilar) uning o’gliga hizmatkor tuhfa etishimni so’rayapti"¦", dedilar. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: "œ uning aka-ukalari bormi?", deb so’radilar. "œha" dedilar. "œUlarning hammalariga bunga berganingdek sovga berdingmi?", deb so’radilar. "œyoq", deb javob berdilar. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: "œBunday qilish yaramaydi, men faqatgina haq narsaga guvohlik qilaman", dedilar.
Imom Ahmad rivoyatlarida Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: "œ Meni javrga guvoh qilma, albatta bolalaringning sendagi haqqi ular orasida adolat qilishingdir", dedilar.
Bayhaqiy rivoyat qiladilar. Anas Raziallohu anhu dedilar: "œ bir kishi Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam birga utirgan edi, uning o’g’ilchasi kelib qoldi va u o’glini o’pdi-da, bag’riga olib o’tkazdi. Keyin uning qizchasi keldi, u qizchasini oldi-da, yoniga o’tqazdi.
Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam "œ Sen ular o’rtasida adolat qilmading", dedilar.
Salaflar bolalarini o’pishda ular o’rtasida adolat qilishni yaxshi korishar edi.
Manba