Ramazon muborak!
Ro’zadorning uyqusini ham ibodat qilgan,
Alloh taologa ming hamdlar bo’lsin!
Bizga Haq dinni yetkizgan Rasulullohga
Allohdan salovat va salomlar bo’lsin!
Shu oyga yetqazdi, Allohga shukur,
Ro’zalar tutamiz, qalbga berib nur.
Nafsini jilovlab, shaytonni quvib,
Har muslim, muslima bunda shodlanur.
Bu kunning, bu tunning fayzi ulug’dur,
Bu oyining hayridan ko’ngillar to’qdiq.
Bu oyda mo’minning har bir ishiga
Allohning Arshida ajrlar ko’pdir.
Har mo’minning orzusi Jannat bo’ladi,
Ro’zadorning ajrini Alloh beradi.
Qilgan har ibodat, har ezgu amal,
Inshaolloh Mahshargohda bizga yordam beradi!
Ey birodar, RAMAZON MUBORAK BO’LSIN!
Bu Oyda ajrlar sizga yor bo’lsin!
ALLOH ulug’ qilgan amal — RO’ZA,
JANNATUL FIRDAVSGA SIZNI YETQIZSIN!!!
P.S. Hato va kamchiliklari uchun oldindan uzr.
Duolaringizga muhtoj Rohatoy"¦