XRONOLOGIYA
MILODDAN AVVALGI IX-VII MINGYILLIK — Yunonistonda dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan manzilgohlar va shaharlar hajmi ortib bordi. Yunon shaharlarining kopchiligi bir qancha manzilgohlar birlashishi yo"œli bilan tashkil topdi. Bunday shaharlar va ularning tevaragida joylashgan qishloqlar shahar-davlatlarni vujudga keltirdi. Afina va Sparta davlatlari ana shunday shahar-davlatlarning eng yiriklari bo"œlgan.
MILODDAN AVVALGI VI-V-MINGYILLIKLAR — Krit oroliga Kichik Osiyodan odamlar suzib kelishgan. Krit bilan Misr o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishi.
MILODDAN AVVALGI IV MINGYILLIK OXIRI VA III MINGYILLIKNING I-YARMI — Kritda xo"œjalik — dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ancha rivoj topib, odamlar orasida xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish boshlangan. Kritda dastlabki davlatga asos solinishi.
MILODDAN AVVALGI IV-III MINGYILLIKLAR — Janubiy Yunoniston (Peleponnes)da ibtidoiy urug"œ jamoasi buzila boshladi, jamiyatda tabaqalanish sodir bo"œlib, Miken, Pilos, Tirinf kabi yirik aholi markazlari vujudga keldi.
MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK OXIRI — Dunay bo"œyidan ko"œchib kelgan axey va mahalliy yunon qabilalari Peloponnesning shimoli-sharqidagi Miken davlatiga asos soldilar.
MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK OXIRI-II MINGYILLIKNING 1-YARMI — Qadimgi Lakonika va Messeniyada Krit-Miken madaniyatiga mansub bir qancha aholi markazlari bo"œlgan. Ularning eng yirigi Pilos edi.
MILODDAN AVVALGI III-MINGYILLIK OXIRI VA II-MINGYILLIK BOSHI —Janubiy Yunoniston (Peleponnes)ning markazlarida dastlabki quldorlik davlatchalar tashkil topdi. Bu davlatlarning eng yiriklaridan biri Miken bo"œlgan. Miken Peloponnesning shimoli-sharqida joylashgan edi.
MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK OXIRI — II MINGYILLIK BOSHLARI — Yunonistonda qulchilik vujudga kelgan.
MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK OXIRI - II MINGYILLIKNING I-YARMI — Janubiy Yunonistonning g"œarbida joylashgan Pilos shahar-davlati tashkil topgan.
MILODDAN AVVALGI III-II MINGYILLIKLAR — Kirit-Miken madaniyati ravnaq topgan.
MILODDAN AVVALGI II MINGYILLIK — Yunonistonda Knoss, Mikena, Tirinf, Pilos kabi ilk davlatlar vujudga kela boshladi. Yunonistondagi ilk Minoy sivilizatsiyasi (afsonaviy podsho Menos nomi bilan bog"œliq) Krit orolida vujudga keldi.
MILODDAN AVVALGI II MINGYILLIK —Attikaning g"œarbidagi tepalikka akropol — yuqori shahar deb atalgan qal"œa bunyod etilgan. Qal"œa mustahkam devor bilan o"œralgan. Ana shu akropol keyinchalik Afina shahriga asos bo"œlgan. Afina akropoli atrofida aholining uylari joylashgan. Dushmanlar hujum qilgan vaqtlarda aholi akropolga kirib yashiringan.
MILODDAN AVVALGI XVIII ASRNING 2-YARMI — Kritda vayron bo"œlgan saroylar tiklangan. Knoss shohi Minos butun Kritda hukmronlikni qo"œlga olib, kuchli dengiz davlatini tuzgan. Minos kuchli harbiy-dengiz floti qurib Egey dengizidagi orollarni, Kichik Osiyo va Bolqon yarimoroli sohilidagi yerlarni, hatto Attikani ham o"œziga itoat ettirdi. Minos boshliq dengizchilar uzoq Sitsiliyagacha suzib borganlar. Ba"œzi ma"œlumotlarga qaraganda, Minos Sitsiliyadagi janglarda halok bo"œlgan ekan.
MILODDAN AVVALGI XVI-XV ASRLAR — Krit O"œrtayer dengizi havzasidagi eng kuchli quldorlik davlatiga aylangan. Kritda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq yuksak darajada rivojlanadi. Krit shohlari O"œrtayer dengizi havzasidagi hamma mamlakatlar bilan qizg"œin savdo-sotiq olib boradilar.
MILODDAN AVVALGI XVI-XIII ASRLAR — Pilos ravnaq topgan.
MILODDAN AVVALGI XV ASRNING 2-YARMI — Krit davlati yemirildi. Zilzila, vulqon va dengiz to"œlqinari mamlakatni vayron etdi. Axey qabilalari Krit oroliga kelib o"œrnashdilar.
MILODDAN AVVALGI XV-XIII ASRLAR — Janubiy Yunonistonning shimoli-sharqidagi Miken quldorlik davlatining gullab-yashnashi.
MILODDAN AVVALGI XIV-XIII ASRLAR — Janubiy Yunonistonning g"œarbida joylashgan Pilos shahar-davlati zaiflashdi va doriylar hujumi natijasida yemirildi.
MILODDAN AVVALGI XIII ASR — Krit oroliga doriylar bostirib kirib, uni ishg"œol qildilar. Shu bilan Krit davlati va uning madaniyati ham inqirozga uchraydi.
MILODDAN AVVALGI XIII-XII ASRLAR — qadim zamonlardan boshlab Bolqondan shimolda, quyi Dunay bo"œylarida yashagan doriy qabilalari o"œz boshlaridan ibtidoiy jamoa tuzumining so"œnggi bosqichini kechirdilar. Ular madaniyat jihatdan krit-mikenliklardan orqada qolmoqda edilar.
MILODDAN AVVALGI XIII-XII ASRLAR — doriylar Yunonistonga bostirib kirib, uni bosib ola boshladilar. Janubiy Yunoniston va Krit doriylar ixtiyoriga o"œtadi. Faqat Attika aholisi doriylarga qarshilik ko"œrsatib o"œz mustaqilliklarini saqlab qolganlar. Doriylar bilan bo"œlgan janglarda juda ko"œp aholi halok bo"œlgan, qishloq va shaharlar kuydirilib,vayron etilgan. Mahalliy aholining bir qismi doriylarga itoat etib, ular bilan aralashib ketgan. Bosqinchilarga itoat etishni istamagan aholi o"œz vatanini tashlab uzoq o"œlkalarga ketganlar. Doriylar istilosi natijasida Yunonistonning xo"œjaligi tushkunlikka uchragan. Qadimgi Miken, Tirinf, Krit va Pilos kabi quldorlik davlatlari tugatilgan. Ammo doriylar o"œzlari bilan temir va temir qurollar olib kelishgan. Doriylar yunon aholisi bilan aralashib ketganlar.
MILODDAN AVVALGI XIII ASR OXIRI — XII ASR BOSHLARI — doriy qabilalari Peloponnesga bostirib kirib Lakonikani bosib oladilar. Doriylar Lakonikadan oqib o"œtuvchi Yevfrot daryosining o"œng sohilida Sparta shahrini bunyod etganlar va o"œzlarini spartaliklar deb ataydilar.
MILODDAN AVVALGI XII ASR BOSHLARI — Yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga yurishI. Troya podshosi Paris tomonidan Sparta podshosining rafiqasi Yelenani o"œg"œirlab ketilishi Troya urushiga sabab bo"œlgan.
MILODDAN AVVALGI XII ASR - Janubiy Yunoniston (Lakonika ) hududiga ko"œchmanchi doriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular mahalliy qabilalarni bo"œysundirib, Sparta davlatiga asos soladilar.