Savol: Tasavvur qiling, balog'at (14-18) yoshlardagi o'g'lingiz yoki ukangizning yon atrofidagi do'st va oshna og'aynilari dinimiz ko'rsatgan chegara tarbiyada emas, hamda hulqi noqis siz o'g'lingiz va ukangizga ravo ko'rmaydigan bolalar. Unday do'stlardan ukangiz yoki o'g'ilngizni chetlattirish uchun qanday yo'l tutasiz? Eslatib o'tiy, o'g'lingiz yoki ukangiz u do'stlaridan osonlikcha voz kechishni istamaydi.
Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!
Savolingiz uchun katta rahmat!
Savolga to'g'ridan to'g'ri javob berishdan oldin, bir hikmatli gapni iqtibos keltirmoqchi edim.
" Harom yeydigan odamni tana a’zolari hohlasa — hohlamasa gunohga boraveradi, halol yeydigan odamning esa toatga".
Abdulloh ibn Tustariy"Ushbu hikmat asosida o'z shaxsiy fikrimni bildirib o'tsam. Kishi kasal bo'lguncha kutib o'tirmasdan, uni oldindan oldini olsa juda maqsadga muofiq bo'la deb o'ylayman. Biz ham o'shanaqa holat sodir bo'lguncha yaqinlarimiz ustidan doimiy e'tiborda bo'lib tursak, InshoOlloh bunaqa hunuk holatga hech duch kelmaymiz. Uning kim bo'lishi bizga bog'liq, farzandlarimiz solih va soliha bo'lishi uchun, biz solih va soliha bo'lishimiz kerak. Aynan bizlar halol luqma yeyishimiz, halol luqma yedirishimiz darkor. InshoOlloh shundagina bunaqa holatlarga duch kelmaymiz.
Dononing donoligi shundaki, u qaltis vaziyatlarga hech qachon tushmaydi.
Aqllining aqlliligi shundaki, u qaltis vaziyatlardan tez chiqib ketadi. Nodon esa qaltis vaziyatni o'zi yaratib, chiqa olmay yuradi.
Ammo siz aytgan vaziyatda esa aqllilik emas, balki donolik muhim rol o'ynaydi. Kishi qanchalik aqlli bo'lmasin bunaqa holatdan osonlikcha chiqib keta olmaydi, chunki yegan harom luqmasini, qilgan nomaqbul amallarini badali to'lashi kerak-ku axir. "Nimani eksang shuni o'rasan" deb bejizga aytishmagan dono halqimiz. "Yeganni qo'smog'i ham bor" deb ham eshitgan bo'lsangiz ajab emas. Har bir amalimizni javobini beramiz ... InshoOlloh!
Olloh huzurida yorug' yuz bilan so'roq qilinish har bir musulmon bandaga nasib etsin,Ilohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!