154. Rubayy’ roziyallohu anho dedilar: Bir kun mening amakim Maoz bin Afro’a roziyallohu anhu bir tovoqqa yangi xurmo solib, ustiga mayda tukli yangi bodringlardan qo‘yib, mening qo‘limdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yubordilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bodringni yaxshi ko‘rar edilar. Men o‘sha tovoqni olib, huzurlariga xozir bo‘ldim. Ittifoqo, o‘sha vaqtda u zotning qoshlarida Baxrayndan kelgan xirojdan bir muncha taqinchoqlar bor ekan. Undan bir kaft to‘ldirib, menga marhamat kildilar.
I z o h. Bu hadisni rivoyat qiluvchi zot, islomning buyuk dushmani Abu Jahlni o‘ldirgan ikki yosh sahobadan birlarining qizlaridir. U mal’unni bu qizning otalari Mu’avviz bilan amakilari Ma’oz ikkalalari o‘ldirganlar.
I z o h. Ulamolar deganlarki, xurmo bilan bodringni qo‘shib yeyilsa, ozg‘in odam semiradi, chunonchi onamiz Oisha roziyallohu anho dedilar: "Meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qovushmoq uchun topshirar vaqtlarida onam ozg‘inligim haqida o‘ylab, debdilarki, qizim bir oz semirsa va badaniga badan qo‘shilsa yaxshi bulardi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xizmatlariga yarab qolur edi. Bu xayolni qilib, orqasidan menga yangi xurmo bilan bodring yedira boshlabdilar. Alhamdu lilloh undan mening badanimga badan qo‘shilib, o‘zim bir oz semirib ham qoldim".