qanaqa kitob o'qiyapsiz? so'nggi o'qigan kitobingizni nomi nima?
Hozirgina
Headway(Teacher`s book) ni o`qidim,o`qiyapman.
Off: ChehMik,savol konkret bo'lgani uchun javobimni ham izohsiz qoldiraman. Haa,menam yoshligimda "Sariq devni minib"ni o'qib,SEHRLI QALPOQCHAni qidirganman
Hamma qatori men ham shu kitobni o`qiganman, lekin bolaligimdan jiddiy edim, hecham qalpoqcha qidirmaganman.Boshida ozgina tasavvur qilib ko`rganman, lekin keyin o`zimga-o`zim bu hammasi to`qima deb ishotirganman.
qanaqa kitob o'qiyapsiz? so'nggi o'qigan kitobingizni nomi nima?
xullas, "kitobsevar" forumchilardan hechkim javob berishni istamad...yoki hamma "Jimjitlik" asarini o'qiyaptimi??
ertak kitob o'qidim o'tgan kuni "Horrid Henry" degan... negadir,ko'p varaqli, mayda harfli kitoblarni o'qish yoqme qopti...
bilmadim silada shunaqa bo'ladimi yo'qmi, ba'zan umuman badiiy kitob o'qish yoqme qoladi...
maktabda 8-9 sinflarda o'qib yurgan paytlarim juddda ko'p badiiy kitob o'qirdim...haftagasiga 4ta qalin qlain kitob olardim shahar kutubxonasidan...xullas,oxiri borib borib kitob tugab qolgandi o'qilmagan
dadam ko'p urishardilar,tanbeh berardilar : " san shucnha kitob o'qiysanu,lekin birortasiniyam uqmaysan deb"..rost edi, afsuski bu gap... keyiiin o'ylab qarasam, o'sha payti faqat o'qib tashab ketvurgan ekanman...o'qiyman,topshiraman,yana olaman,yana shu ahvol....o'sha paytda hech biror kitobni o'qiyotgan jarayonda va yoki o'qib bo'lgandan ekyin fikrlab ko'rish,nimaga bunaqa bo'layapti,nimaga bunaqa bo'ldi, shuni tutgan yo'li to'g'rimi, yozuvchini yozganichi? degan savollar bermagan ekanman....
va natijasi---hozir deyarli 80-90 %i esimdan chiqib ketgan
ha aytgancha, ertak kitob haqida boshlab,o'zimni maqtashga o'tib ketdima....aslida, bolalar uchun yozilgan kitoblar haqida to'xtalmoqchi eidm...
mayli, davomi kelgusi ko'rsatuvlarimizda
(mandan oldin hech kim yozib qo'ymasa agar)
Esimga tushib ketti maktab paytlar.........
Sinfdoshim b-n birga maktab kutubxonasiga deyarli har kun kirardik, kim ko`p kitob o`qirkin deb bir-birimizga yovqarash qilib kutubxonadagi biz (bolajonlar) u-n ajratilgan hamma kitoblarni o`qib bo`lganmiz shunaqa qilib. Kutubxonachi ayol ham bizdan bezor bo`lgandi.
Lekin hamma ertak kitoblarni o`qiganmiz-u,uqmaganmiz.
***************
Yaqinda sobiq maktabim yonidan o`tib ketayotgan edim, market tomon. Shunaqangi yuragim tez uryaptiki, hozir kimdir maktab xonalarining biridan chiqib shu men qutulgan maskanga olib kirib, sinfxonamga partamga majburlab o`tqizib qo`yayotgandek
Tez-tez, shaxdam-shaxdam qadamlar tashlab yurdim.
Yaxshiyam-ki, hammasi ortda qolgan hech qachon o`sha maktabga qaytmayman.
Ko`pchilik maktab yillarini sog`inadi...........
Tushunmayman.Balki menga o`xshaganlar ham bordir.